8
Kurs ishining kirish qismida uning maqsadi,
vazifalari, sub’ekti va
ob’ekti, erishilgan natijalar, ularning ahamiyati, Kurs ishining xajmi va tarkibi
yoritiladi.
Kurs ishining taxliliy (asosiy) qismida kurs ishi dasturiga kiritilgan
mavzular (savollar) bo’yicha o’rganish
natijalari, ya’ni korxonada u yoki bu
ob’ektni hisobga
olishning amaldagi xolati, undagi kamchiliklar ochib
beriladi. Ushbu qismda o’rganilgan mavzu (savol)larni
yoritishda quyidagi
ketma-ketlikka amal qilish tavsiya etiladi:
•
hisob va audit ob’ektining qisqacha moxiyati;
•
hisob va audit ob’ektini hujjatlar bilan rasmiylashtirish tartibi;
•
hisob va audit ob’ekti bo’yicha jurnal-orderlar va qaydnomalarni
yuritish tartibi;
•
hisob va audit ob’ekti bo’yicha bosh kitobni yuritish tartibi;
•
hisob ob’ektini audit tekshiruvidan o’tkazish tartibi,
aniklangan
natijalarni auditorlik hisobotida aks ettirish va auditorlik xulosasini
tayyorlash.
Rasmiylashtirilishi va mazmuni jixatdan qo’yilgan talablarga javob
bermaydigan ishlar himoyaga qo’yilmaydi. Bunday
xollarda talaba taqrizda
ko’rsatilgan kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf qilishi va ishni
qaytadan taqrizga berishi kerak. Oldingi taqrizda keltirilgan kamchiliklar to’liq
bartaraf qilingan takdirda kurs ishi himoyaga qo’yiladi.
Ijobiy taqriz berilgan kurs ishilar kafedra yig’ilish karori bilan tasdiqlangan
komissiya oldida himoya qilinadi. Ximoyada, dastlab, talabaga o’z kurs shi ning
mazmunini, xulosa va takliflarini bayon qilishi uchun 5-10
daqiqa muxlat
beriladi.
So’ngra, komissiya a’zolari kurs ishi bo’yicha savollar berish orqali
talabaning bilimiga oydinlik kiritadilar.
Kurs ishi himoyasi komissiya a’zolari tomonidan kurs ishining mazmuni,
savollarga berilgan javoblar inobatga olingan xolda baholanadi.
Bunda, «a’lo» baho uchun 86-100 ball,
«yaxshi» baho uchun 71-85 ball,
«qoniqarli» baho uchun 55-70 ball qo’yiladi.
Kurs ishini himoya qilmagan talaba kursda qoldiriladi.
Himoya vaqtida talaba berilgan savollarga
yetarlicha javob bera
olmaganda «qoniqarsiz» baho qo’yiladi. «Qoniqarsiz» baho olgan talaba kurs
ishini belgilangan tartibda qaytadan himoya qiladi.