O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Samarqand qishloq xo’jalik instituti


Iqtisodiy tahlil metodi deganda nima tushuniladi?



Yüklə 218,21 Kb.
səhifə8/80
tarix26.10.2023
ölçüsü218,21 Kb.
#161491
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Sama-fayllar.org

Iqtisodiy tahlil metodi deganda nima tushuniladi?.

Iqtisodiy tahlil metodi deganda xo’jalik faoliyatida obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida yuzaga kelgan va kelayotgan jarayonlar va ularning natijalarini o’rganishda qo’llaniladigan usullar majmuasi tushuniladi

.Iqtisodiy tahlilda uning predmetini o’rganishda juda ko’p usullar qo’llaniladi.
Mikroiqtisodiy tahlilda eng ko’p qo’llaniladigan usullar bo’lib, iqtisodiy-statistik usullar hisoblanadi. Shularning ayrimlrining mazmuniga to’xtalamiz.
Solishtirish usul. Har qanday jarayon tahlili ushbu usulni qo’llash bilan boshlanadi. Ushbu usul yordamida tahlil qilinadigan jarayon ko’rsatkichlari taqqoslanib, farqi aniqlanadi. Qolgan barcha usullar solishtirish natijasida aniqlangan farqning sabablarini topishga qaratilgan bo’ladi.
Bu usulni to’g’ri qo’llash uchun tahlil qilinayotgan ko’rsatkichlar albatta taqqoslama xususiyatga ega bo’lish kerak. Buni quyidagi chizmadan ko’rish mumkin.
1.Ko’rsatkichlarni aniqlash usuli aynan bir xil bo’lishi kerak
2.Tahlil qilinadigan davrdagi ko’rsatkichlar bir xil baholarda hisoblangan bo’lishi kerak
3.Taqqoqslab o’rganilayotgan jarayonlarning zamonlari bir xil davriylikka ega bo’lishi kerak
4.O’zaro o’xshash, bir biriga yaqin bo’lgan, yo’nalishi bir xil bo’lgan korxonalar ko’rsatkichlari


Farqlash usuli . Ushbu usul o’rganilayotgan jarayonlar orasidagi bog’liqlik funksional bo’lgan taqdirda ishlatiladi.
Farqlash usulining mohiyati shundaki, natija ko’rsatkichiga omillar ta’sirini aniqlash uchun ta’siri aniqlanayotgan omillar orasidagi farqni qolgan omillarning joylashish tartibiga qarab asos yoki hisobot davridagi miqdoriga ko’paytiriladi.
O’rganilayotgan jarayonning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar miqdoriy va sifatiy omillarga bo’linadi.
Natijaning o’zgarishiga miqdoriy omilning ta’sirini aniqlash uchun hisobot va bazis davridagi miqdor omillari orasidagi farqni bazis davridagi sifat omiliga ko’paytiriladi.
Natijaning o’zgarishiga sifatiy omilning ta’sirini aniqlash uchun hisobot va bazis davridagi sifat omillari orasidagi farqni hisobot davridagi miqdor omiliga ko’paytiriladi.

Yüklə 218,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin