O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Samarqand qishloq xo’jalik instituti



Yüklə 218,21 Kb.
səhifə9/80
tarix26.10.2023
ölçüsü218,21 Kb.
#161491
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   80
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Sama-fayllar.org

Zanjirli bog’lanish usuli. Ushbu usul ham iqtisodiy jarayonlar orasidagi bog’liqlik funksional bo’lgan taqdirda tahlilda qo’llaniladi. Bu usulda har bir ta’sir etuvchi omilning natijaga ta’sirini aniqlash yo’li uslubiy ketma – ketlikka ega. Buning uchun birinchi navbatda rejadagi yoki bazis yilidagi omilli ko’rsatkichlarni hisobot yilidagi omilli ko’rsatkichlar bilan navbatli almashtirish orqali natijaviy ko’rsatkichlarning qatorlari hisoblab olinadi. Ko’rsatkichlarni qatorlashda dastlab miqdoriy ko’rsatkichlar, so’ngra sifat ko’rsatkichlari joylashtiriladi. Bunda, 1-qator rejadagi (bazis yilidagi) dastlabki ko’rsatkichlarni, oxirgi qator hisobot yilidagi ko’rsatkichlarni ifodalaydi. Oraliqdagi qatorlar “Shartli ko’rsatkichlar” bo’lib hisoblanadi. Yonma–yon turgan qatorlar orasidagi farq natijani o’zgarishiga ta’sir etuvchi bir omilni ta’sirini ko’rsatadi. Omillar ta’sirlarini yig’indisi natijaning umumiy o’zgarishiga teng kelish kerak. Buni ish haqi fondining tahlili misolida ko’rib chiqamiz.
Ish haqi fondi hajmining ifodalanishi:
Bunda T- ishchilarning o’rtacha yillik soni
S- 1 ishchining o’rtacha bir yilda ishlagan soatlari miqdori
R- o’rtacha 1 kishi- soat uchun hisoblangan ish haqi summasi
Ish haqi fondining umumiy o’zgarishi:

Demak, ish haqi fondining o’zgarishiga uch omil ta’sir qiladi. Bularning ta’sirini aniqlash uchun quyidagi ish haqi fondi ko’rsatkichlarini (ish haqi fondi qatorlarini) aniqlab olish kerak:


I. T0 S0 P0 – Bazis davridagi ish haqi fondi.
II. T1 S0 P0 – Birinchi shartli ish haqi fondi.
III. T1 S1 P0 - Ikkinchi shartli ish haqi fondi.
IV. T1 S1 P1 – Hisobot davridagi ish haqi fondi.


Ish haqi fondining o’zgarishiga omillar ta’sirini aniqlash:

  1. Ishchilar soni o’zgarishining ta’siri:

II – I = T1 S0 P0 - T0 S0 P0 =T.


  1. Bir ishlovchiningo’rtacha ishlagan soatlari soni o’zgarishining ta’siri.

III – II =T1 S1 P0 - T1 S0 P0 =S.


  1. Bir kishi- soat uchun hisoblangan ish haqi summasi o’zgarishining ta’siri.

IV- III =T1 S1 P1 - T1 S1 P0= R.
Tahlilda qo’llaniladigan usullarning boshqa turlarini talaba mustaqil o’zi o’rganadi.


Yüklə 218,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin