Dars o’quv maqsadi. Ushbu mavzu bo’yicha darsning o’quv maqsadi bo’lib, Hosil va hosildorlik ko,rsatkichlari va ularni hisoblash hamda iqtisodiy-statistik tahlil qilish usullarini talabalarga o’rgatish hisoblanadi.
Tushunchalar va tayanch iboralar. Qishloq xo’jalik yerlari. Ekin maydoni kategoriyalari. Urug’langan maydon.Bahorgi mahsuldor maydon. Yalpi hosil.Hosildorlik. Terim oldidagi hosil va hosildorlik. Sof hosil. Sof hosildorlik.
Maruzani o’tish metodi.Maruzani “Bilaman,bilishni xohlayman,bilib oldim”, blis –so’rov va aqliy hujum” metodlarini qo’llagan holda o’tish ko’zda tutiladi
10.1.Hosil va hosildorlik statistikasining vazifalari
Hosil va hosildorlik statistikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1.Qishloq xo’jalik ekinlarining turlari va guruhlari bo’yicha yalpi hosil miqdorini va hosildorlik darajasini xo’jaliklar, tumanlar, viloyat va respublikalar bo’yicha aniqlash,
2.Hisotot davridagi yalpi hosil miqdori va hosildorlik darajasini reja va o’tgan davrlar ko’rsatkichlariga nisbatan o’zgarishini aniqlash;
3.Yalpi hosil miqdori va hosildorlik darajasining o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va har birining ta’sir etish doirasi miqdorini hisoblash;
4.Yalpi hosil miqdori va hosildorlik darajasini oshirish imkoniyatlarini aniqlash.
10.2. Hosil va hosildorlik ko,rsatkichlari va ularni hisoblash
Statisika Hosil va hosildorlikni kuyidagi ko,rsatkichlar bilan ifodalaydi:
1.Ko’kati ekin hosili va hosildorligi;
2.Ekinlarning terim oldidagi hosili va hosildorligi;
3.Haqiqiy o’rib-yig’ib olingan hosil va hosildorligi;
4.Sof hosil va hosildorligi.