O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi. Toshkent davlat agrar universiteti



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/36
tarix05.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#125135
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Tos

2. Birjaning rivojlanish tarixi. 
-O’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan birjaning paydo bo’lishi YAponiyada I 
asrga, Qadimgi Rimda I asrning oxiriga, Florensiyada esa XIII asrga to’g’ri keladi.
XVI-XVII asrlarda yevropa mamlakatlarida birjalarning paydo bo’lishi ulgurji bozor 
faoliyati boshlanishiga olib keldi. 
G’arb mamlakatlarida chop etilgan adabiyotlarda birja savdosining kelib 
chiqishi quyidagicha talqin etiladi, “Birja” so’zi lotincha bursa – hamyon so’zidan 
kelib chiqqan deb hisoblanadi. -Niderlandlarning savdo shahri bo’lmish Bryuggedagi 
savdo yig’ini maydoni yaqinida joylashgan “Burse” mexmonxonasi ham shu yerlik 
mashhur zadogon Van der Burse zoti nomi bilan atalgan Ushbu uchta hamyon tasviri 
tushirilgan tamg’a bilan bezalgan mexmonxonada savdogarlar boshpana topishar, 
tijorat xabarlaridan voqif bo’lishar va turli oldi-sotdi bitimlarini tuzishgan. Shu 
sababli birja so’zining paydo bo’lishini yuqorida qayd etilgan atama va xolatlarga 
ham bog’lanadi. Bir so’z bilan aytganda Birja – bevosita bozorga olib 


chiqilmaydigan, hujjatlar bilan tasdiqlanadigan aniq sifat va miqdoriy hususiyatlarga 
hamda talab va taklif asosida rasman belgilanadigan narxlarga ega bo’lgan muayyan 
tovarlar bilan savdo qilish bo’yicha muntazam ravishda amal qiluvchi bozor sifatida 
yuzaga kelgan. 
-Evropada 1531 yilda Antverpen, 1566 yilda London va 1608 yilda 
Amsterdam tovar birjalari tashkil etilgan. 
Tovar birjalarining o’sishi ya’ni ularning faoliyat doiralarining kengayib 
borishi natijasida ularning safidan alohida birjalarning ajralib chiqishiga olib kelgan. 
Misol uchun fond birjasining paydo bo’lishi iqtisodchi olimlarning e’tirof etishlaricha 
ular dastlab tovar birjalarining yordamchi bo’limlari sifatida faoliyat ko’rsatgan.
Oradan faqat 200 yil o’tib 1792 yilda Amerika Qo’shma Shtatlarida 
jahondagi fond birjalarining eng yirigi – Nyu-York fond birjasi tashkil etilgan. Undan 
keyingina yevropaning qator davlatlarida ko’plab fond birjalari tashkil etila 
boshlangan. E’tiborli jihati shundaki faqat fond birjalarining rivojlanish bosqichi ikki 
yuz yil davom etgan. Birjalarning tashkil etilishi va rivojlanish tarixi ham juda 
qiziqarli jarayonlarni o’z ichiga olar ekan. 
O’zbekistonda ham birja savdosi tamoyillaridan qadim-qadimdan foydalanib 
kelingan bo’lsada bu jarayon birja atamasi bilan atalmagan albatta. Misol uchun naqd 
pullik savdo shartnomalari, nasiya, va’da yoki ma’lum bir muddatdan keyin puli 
to’lanadigan savdo shartnomalari, hamda kim oshdi savdolari yuzasidan bitiladigan 
bitim shartnomalarini keltirizshimiz mumkin. -1925-1930 yillarda Markaziy Osiyo 
jumladan O’zbekiston xududida ham ko’plab tovar birjalari tashkil etilib faoliyat 
ko’rsatgan. Bunday birjalar Toshkent, Buxoro, Samarqand, Qo’qon, Ashxobod va 
Frunze shaharlarida faoliyat ko’rsatganlar. -Ma’lumotlarga ko’ra 1924-1925 yillarda 
Markaziy Osiyoda faoliyat ko’rsatgan birjalarning tovar aylanmasi 159,1 mln. So’mni 
tashkil etgani holda shundan 86,8 mln. so’mi yoki 54.6 foizi Toshkent birjasiga, 25.5 
mln. so’mi yoki 16 foizi Buxoro, 18.2 mln. so’mi yoki 11.4 foizi Samarqand va 
5.9mln. so’mi yoki 3.7 foizi Qo’qon birjasiga to’g’ri kelgan. Bu degani o’sha davrda
Markaziy Osiyodagi birjalardagi jami tovar aylanmasining 85 foizdan ortig’i 
O’zbekiston hissasiga to’g’ri kelgan. Mamlakatimiz xududida Srvet hokimiyati 
o’rnatilgandan so’ng birja savdolari to’xtatilgan.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin