4. Birjalarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi tutgan o’rni va ahamiyati.
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirishning
eng muhim ustivor yo’nalishlarini belgilab, Prezident I. Karimov 2006yil 10 fevral
kuni Vazirlar Mahkamasining 2005 yilda mamlakatni ijtimoiy –
iqtisodiy
rivojlantirish yakunlari va 2006 yildagi yo’nalishlariga bag’ishlangan majlisda
“Erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, yangi marralar sari
izchil harakat qilishimiz
lozim” deb nomlangan ma’ruzasida – “Bugun to’la ishonch bilan aytishimiz
mumkinki, tadbirkorlarga, avvalo kichik biznes sub’ektlariga, asosiy,
shu jumladan
talab katta bo’lgan moddiy resurslardanfoydalanish imkoniyatini beruvchi barqaror
bozor mexanizmi shakllandi ...” deb ta’kidlab o’tdilar.(1)
Shunday bozor mexanizmlarining muhim tarkibi bo’lgan birjalar va ularda
o’tkazilayotgan birja savdolari ekanligini alohida ta’kidlash o’rinli bo’ladi.
Chunki
Bugungi kunda kichik biznes sub’ektlarining tovar-moddiy resurslarga bo’lgan o’z
ehtiyojlarining qariyb 70 foizini birja savdolarida qilinadigan xaridlari hisobidan
ta’minlanmoqda. Birja savdolarida aylanma mablag’lar hajmi 2001-2005 yillar
mobaynida 5.5 barobar ortgan. Hozirgi kunda ulgurji
savdo aylanmasining uchdan
ikki qismi birja savdolari hissasiga to’g’ri kelmoqda. Vaholanki 2000 yilda bu
ko’rsatkich atigi 8.5 foizni tashkil etgan. YUqorida keltirilgan raqamlardan ham
ko’rinib turibdiki birjalarning mamlakatimiz iqtisodiyotini
rivojlantirishda muhim
ahamiyatga ega ekan.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak iqtisodiy islohotlarning ustivor yo’nalishi
sifatida xususiy mulkchilik tarmog’inikengaytirish, biznes uchun qulay muhit yaratish
va uning kafolatlarini mustahkamlash vazifalarini hal qilishga xizmat qiluvchi birjalar
va ularda amalga oshiriladigan birja savdolarini rivojlanishi, uning samaradorligini
oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Savollar:
1. Birja
tushunchasi, faoliyati va o’ziga xos xususiyatlari qanday?
2. Birjaning rivojlanish tarixi?
3. Respublikada birja turlari, ularning faoliyat yo’nalishlari aniqlab bering?
4. Birjalarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi tutgan o’rni va ahamiyati
qanaqa?
Dostları ilə paylaş: