Mehnat birjasi. Ishchilar va tadbirkorlar o’rtasida ishchi kuchi sotish va
sotib olish bitimlarini tuzishni amalga oshiruvchi muossasa. Mehnat birjasi ishsizlarni
hamda boshqa ishga o’tmoqchi bo’lgan shaxslarni ishga joylashtirishda vositachilik
qiladi. Ishchi kuchiga bo’lgan ehtiyojni va mavjud ishchi kuchi imkoniyatlarini
o’rganadi, bo’sh ishchi o’rinlari to’g’risida ma’lumotlar berib boradi. Shuningdek
mehnat birjasi ishsizlar sonini hisobga olib boradi va ularga ishsizligi uchun nafaqalar
to’laydi.
3.
Fond birjasi. – Qimmatbaho qog’ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar) savdo
sotig’ini doimiy amalga oshiradigan va boshqariladigan bozor. Qimmatli qog’ozlar
kursi talab va taklifga bevosita bog’liqdir. Bu esa o’z navbatida qimmatli qog’ozlar
uchun olinadigan daromad (dividend yoki foyda) miqdorining o’zgarishiga olib
keladi.
Bundan tashqari alohida ta’kidlash lozimki respublikamizda keng va samarali
uslublardan biri birja tizimida ko’rgazma yarmarka savdolarini tashkil etish va
o’tkazish bo’yicha ham katta va boy tajriba to’plangan bo’lib, savdolarni tashkil
etishning ushbu turidan ham samarali foydalanilmoqda. YArmarka so’zining lug’aviy
ma’nosi YAr-nemischa-yil, marka esa-tovar, mahsulot degan ma’noni beradi. Demak
yarmarka har yili o’tkaziladigan tovarlar savdosi, degan xulosa qilishimiz mumkin.
Vatanimizda ko’plab saqlanib qolgan me’morchilik yodgorliklari orasida
karvonsaroylarni deyarli barcha shahar, hatto qishloqlarimizda ham uchratishimiz
mumkin. YArmarka savdosini to’g’ridan-to’g’ri karvon savdosining taraqqiyoti
natijasida paydo bo’lgan deyish mumkin.
Hozirgi zamonaviy adabiyotlarda “YArmarka” atamasiga quyidagicha ta’rif
beriladi. YArmarka savdosi: - Keng xalq iste’mol tovarlari va sanoat – texnika
maxsulotlarini qisqa muddatli, vaqti-vaqti bilan qaytarilib turuvchi, oldindan
namunalarni ko’rib, tanlab olish orqali amalga oshiriladigan hamda oldi-sotdi
kontraktlari tuzish bilan yakunlanadigan ulgurji savdoning turidir.