O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Qurilish va gidromeliorativ tizimlarni rekonstruktsiyalash hamda ishlatishdagi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

1.8. Qurilish va gidromeliorativ tizimlarni rekonstruktsiyalash hamda ishlatishdagi 
texnika taraqqiyoti 
Yerlarni melioratsiyalashdagi fan-texnika taraqqiyoti mahsulot birligiga eng kam 
mehnat va mablag’lar sarflab, qishloq xo’jalik ekinlarining yuqori ùosildorligiga erishishni 
ta’minlaydigan texnika jihatdan mukammal tizimlarni yaratish bilan xarakterlanadi. 
Hozirgi vaqtda yopiq sug’orish tizimlari qurilishning sug’orishdagi texnika taraqqiyoti 
bilan bog’liq yangi bosqichi boshlandi. Yangi sug’orish tizimlarini qurishda va eskilarini 
rekonstruktsiya qilishda kanallarni shimilishga qarshi qoplama bilan qoplash, tizimlarning 
tartibga 
solib 
turuvchi 
inshootlar 
bilan ta’minlanganligini oshirish, sug’orishni 
mexanizatsiyalagan va boshqarishni avtomatlashtirgan ùolda suvni dalaga yopiq quvur 
shaxobchasi orqali berish singari ilg’or texnika yechimlari keng qo’llanilmoqda. 
Yer uzanida qurilayotgan kanallar ulushi 1965 yildagi 90%dan 2002 yilda 12%ga 
kamaydi, qoplama bilan qoplagan kanallar ulushi esa shu vaqt ichida 1,5% dan 56% gacha 
ko’paydi. Natijada xo’jaliklararo sug’orish tizimlarida foydali ish koeffitsiyenti (KPD) shu 
davr ichida 0,75 dan 0,85 gacha oshdi. 
Gidrotexnika tizimlari qurish vazifalari yildan–yilga murakkablashib bormoqda. 
To’g’onlar qurish va yirik suv omborlari yaratish, suvni nasos stantsiyalari yordamida yuqori 
joylarga ko’tarib berish tobora ko’proq zarur bo’lmoqda. Sug’orish manbalaridan suvni 
mashina yordamida berishning hissasi yanada ko’paymoqda. 
Texnika jihatdan mukkamal tizimlarni qurishga o’tish yerdan ancha oqilona foydalanish, 
sug’oruv suvi yo’qotilishini kamaytirish, suv chiqarish texnikasini unumli qo’llanish uchun 
sharoit yaratish, sug’orish tizimlarni mexanizatsiyalash va ishlatishni avtomatlashtirish, 
tuproqlarning tegishli suv rejimini saqlash zaruriyati tufayli sodir bo’ldi. Yopiq shaxobchali 
texnika jihatdan mukammal tizimlarni joriy etish suvni 30-40% tejash, yerdan foydalanish 
koeffitsiyentini oshirish, qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori va barqaror hosil olishni dasturlash 
imkonini beradi. 
G’alla mintaqasida keng qamrovli yomg’ir yog’dirib sug’orish texnikasiga ega bo’lgan 
yopiq sug’orish tizimlari qurilmoqda. Keng qamrovli yomg’ir yog’dirib sug’orish texnikasini 
joriy qilish suvchining smenadagi mehnat unumdorligini 10-15 gektargacha oshiradi. Ayni 
vaqtda egatlar bilan sug’orishda mehnat unumdorligi kishi-kuniga 2 gektardan oshmaydi. 
Yuqori unumdor keng qamrovli texnikani qo’llangan holda yomg’irlatib sug’orish usulini 


35 
qo’llash yuqori samara beradi. Yomg’irlatib sug’orishga o’tish sug’oriladigan maydonlarni suv 
bilan ta’minlashni yaxshilash va suv resurslaridan samarali foydalanish imkonini beradi. 
So’nggi yillarda-tomchilatib sug’orish usuli joriy qilina boshlandi. Bunda shimilib ketish 
va bug’lanishga juda kam suv sarf bo’ladi, yer osti suvlarining ko’tarilish havfi bo’lmaydi. 
Bunday usulda sug’orishda suv egatlab sug’orishga nisbatan 25-75% tejaladi, ayni vaqtda 
hosildorlik ham o’sadi. Tomchilatib sug’orish butun vegetatsiya sug’orishi davri mobaynida 
tuproqda berilgan namlik darajasini saqlab turish va uning ko’p tebranishiga yo’l qo’ymaslik 
imkonini beradi. Tog’ etaklarida bog’lar va tokzorlar barpo etish uchun o’zlashtirilayotgan 
yerlarda tomchilatib sug’orishni qo’llash samaralidir. 
Irrigatsiya tizimlari ishlashi ekspluatatsiya ko’rsatkichlarining yaxshilanishi, ularni 
texnik jihatdan takomillashtirish shaxobcha va inshootlarini rekonstruktsiyalash sug’oriladigan 
yerlarni suv bilan ta’minlash, melioratsiya holatini yaxshilash va kapital rejalashtirish bilan 
chambarchas bog’liqdir. 
Keyingi yillarda xo’jalik xodimlari mamlakat iqtisodiyotidagi o’zgarishlar bilan 
xisoblanmay, yangi yerlarni o’zlashtirishga ortiq darajada berilib ketdilar. Natijada suv 
resurslarining o’zlashtirilayotgan yerlar hajmiga keskin nomuvofiqligi kuzatilmoqdaki, bu 
narsa yerlarning meliorativ xolati ancha yomonlashishiga, suvdan foydalanish balansi 
buzilishiga va binobarin ekologiya buzilishiga hamda sug’oriladigan yerlar samaradorligi 
pasayishiga olib keladi. Shu munosabat bilan mamlakatning ko’pchilik rayonlarida 
melioratsiyaga sarflanadigan kapital mablag’lar tarkibi rekonstruktsiya va yerlarning meliorativ 
holatini yaxshilash foydasiga qayta qurib chiqiladi. O’zbekistonda kapital mablag’larning 
70%i endi rekonstruktsiya va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda suvni tejaydigan 
texnologiyaga sarflanmoqda.
Suv berish tizimlarini avtomatlashtirish va telemexanizatsiyalash vositalarini joriy qilish 
tizimlarni boshqarishni takomillashtirishga qaratilgan asosiy tadbirlardan biridir. 
Sug’orish tizimlarining texnika xolati yer va suvdan foydalanish samaradorligi darajasi 
bilan bevosita bog’liqdir. Tajriba shuni ko’rsatadiki, gidromeliorativ tizim texnika jihatdan 
qanchalik mukammal bo’lsa, u qishloq xo’jaligida yer va suv resurslaridan foydalanish 
samaradorligi oshishiga shunchalik ko’p ta’sir etadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin