O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish samaradorligini oshirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

2.3. Suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish samaradorligini oshirish 
tadbirlari 


50 
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida tabiiy resurslardan va xususan suv resurslaridan 
oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Suvni 
muhofaza qilish choralari noto’g’ri harakatlar yoki tadbirlarni to’xtatishgagina emas, balki 
asosan suv resurslari ifloslanishi va tugab qolishi oldini olishga qaratilgandir. Hovuzlardagi 
turli xil ingrediyentlarning yo’l qo’yiladigan yig’indilari me’yorlari mavjud. Ular suvdan 
xo’jalik va maishiy ehtiyojlar uchun kishilar sog’lig’iga zarar yetkazmay foydalanishga 
qaratilgan. 
Halq xo’jaligi iqtisodiyotining tez o’sishi va shahar qurilishining rivojlanishi bilan suvga 
ehtiyoj ko’payadi. Bu esa suvdan oqilona foydalanish va uni muxofaza qilishning ahamiyatini 
oshiradi. 
Sanoatning rivojlanishi, qishloq xo’jaligining industrial negizga o’tkazilishi va 
kommunal–maishiy xo’jalikning o’sishi ishlatilgan suvlar hajmi ko’payishiga olib keladi. 
Ishlatilgan suvlarni ajratish suv muhitini ifloslanishining asosiy sababidir. 
Xovuzlar kislorod mintaqasini ancha yomonlashtiradigan ko’k-yashil suv o’tlarining 
rivojlanishi natijasida suv omborlaridagi suvlar sifati yomonlashmoqda. Daryolarga iliq 
suvlarni oqizish va qishloq xo’jalik yerlari o’g’itlari qoldiqlarini tashlash, ko’k-yashil suv 
o’tlari o’sishi sabablaridan biridir. 
Qishloq xo’jaligini ximizatsiyalash suv manbalarining zaharli ximikat va o’g’itlar bilan 
bevosita ifloslanishga olib keladi. Bu ximikat va o’g’itlar daryolarga tuproq yer osti va 
sug’orish tizimlarining drenaj suvlari bilan birga tushadi. Bu narsa sug’orma sholikorlik 
tizimlarida ko’proq uchraydi. 
Xovuzlarning oqova suvlar bilan ifloslanishi halq xo’jaligiga katta zarar keltiradi. 
Xukumatimiz suv resurslari muhofazasi bo’yicha bir qancha choralar belgilaganlar. 1996 yilda 
Vazirlar Mahkamasi «mamlakat suv resurslaridan foydalanishni tartibga solish va ular 
muhofazasini kuchaytirish choralari to’g’risida» qaror qabul qildi. 1997 yilda Suv muammolari 
instituti tuziladi. 1996 yilda O’zbekiston Oliy Majlisi suv to’g’risidagi qonunni tasdiqladi. 
Davlat bu qonun bilan suv resurslari umum halq boyligi va ulardan oqilona foydalanish hamda 
ularni ifloslanishdan muhofaza qilish–davlat ahamiyatiga ega ish ekanligini yana bir bor 
tasdiqladi. Qonunda aholining xo’jalikning–ichish ehtiyojlari birinchi galda qondirilishi 
printsipi ta’kidlangan. Bu har qanday xo’jalik faoliyati axolini toza suv bilan me’yor 
ta’minlashga to’siq bo’lmasligi kerakligini bildirdi. 


51 
Suv to’g’risidagi qonunlar asoslarida markaziy muammolardan biri bo’lgan suv 
resurslari muhofazasi juda muhim o’rin tutadi. Xovuzlar ifloslanishi oldini oladigan tozalash 
inshootlariga ega bo’lmagan ishlab chiqarish ob’ektlarini ishga tushirish qonun yo’li bilan 
ta’qiqlanadi. Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi suvlardan foydalanish va ularni muhofaza 
qilishni tartibga solib turuvchi davlat organi hisoblanadi. Vazirlikning suvlardan foydalanish va 
ularni muhofaza qilish masalalari yuzasidan beradigan ko’rsatmalari idoraviy tobeliklaridan 
qat’iy nazar barcha korxona, tashkilot hamda muassasalar uchun majburiydir. 
Suvlarni tartibga solish va muhofaza qilishni nazorat qilish uchun Vazirlar Mahkamasi 
qoshida davlat suv nazorat inspektsiyasi tuzilgan. Ular faoliyati mintaqasiga havzalarga yaqin 
iqtisodiy rayonlar bilan birga bir yoki bir nechta daryoning havzasi kiradi. Masalan 
Amudaryoni boshqarish boshqarmasi va Sirdaryoni boshqarish boshqarmasi hamda 
Qoraqalpog’iston va viloyatlar inspektsiyasi. 
Suv manbalarini ifloslanishdan muhofaza qilish muammosi hozirgi vaqtda uch 
yo’nalishda hal qilinmoqda. Birinchidan, suvlarni tozalash ishlari qo’llamini kengaytirish 
ishlari olib borilmoqda. Buning uchun tozalash va boshqa suv muhofazasi inshootlarini qurish 
sur’atlarining tozalanmagan oqova suvlar tashlab yuborilishi o’sishining sur’atlaridan orkada 
qolishiga barxam berish kerak. 
Ikkinchidan, oqova suvlardan sug’orma dehqonchilikda foydalanish kengayib 
bormoqda. Shaharlar maishiy oqova suvlaridan foydalanish uchun sug’orishning dehqonchilik 
maydonlari deb atalgan maxsus sug’orish tizimlari qurilmoqda, tuproq va o’stiriladigan ekinlar 
yordamida oqova suvlarning tabiiy bioximik to’la tozalanishi sodir bo’ladi. Bunday dalalarda 
sanitariya gigiyena muxofazalariga ko’ra asosan texnika va ozuqa ekinlari o’stiriladi. 
Oqova suvlari bilan sug’orishning muayyan maqulligi bor. Bunda tuproq oqova suvlarni 
tozalabgina qolmay, balki hosildorlikni ham oshiradi. Tuproqqa nam bilan birga zarur ozuqa 
moddalari–azot, fosfor, kaliy va mikromoddalar kiradi. Bu moddalar oqova suvlarda yetarli 
miqdorda hamda o’simliklar uchun qulay shaklda mavjuddir. Bu narsa qishloq xo’jalik 
ekinlaridan yuqori va barqaror hosil olinishini ta’minlaydi. 
Kelajakda oqova suvlar bilan sug’oriladigan maydonlarni yirik shaharlar va sanoat 
markazlari atrofida ko’paytirish mo’ljallanmoqda. Bu chuchuk suvlarni tejashning qo’shimcha 
manbai, suv havzalari ifloslanishiga qarshi ishonchli kurash vositasi va qishloq xo’jalik 
mahsuloti ishlab chiqarishni ko’paytirishning muhim omili xizmatini o’taydi. 


52 
Uchinchidan, sanoat korxonalarida suvdan yopiq sikl bo’yicha qayta-qayta 
foydalanishga qaratilgan texnologik jarayonlar mutasil takomillashtirilmoqda. Ishlab 
chiqarishga suv bilan ta’minlashning yopiq tizimlarini joriy qilishga sanoatning ximiya, 
metallurgiya neftni qayta ishlash va boshqa tarmoqlarida katta ahamiyat berilmoqda. Suv 
ta’minotining yopiq jarayonlariga o’tish suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni 
muhofaza qilish muammosini ancha to’liq hal etish imkonini beradi. 
Suv resurslarini ifloslanish va tugab qolishdan saqlash ulardan halq xo’jaligining barcha 
tarmoqlarida oqilona foydalanish kompleks dasturining tarkibiy qismidir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin