49
KIVS Ye•F Wbr
bunda:
Ye–qishloq xo’jalik ekinlarining muayyan vaqt ichida foydali suv iste’mol qilishi, m
3
ga
F – sug’oriladigan maydonga
Wbr – sug’orish manbaidan olingan suv miqdori, m
3
Tizimdagi suvdan foydalanish koeffitsiyenti o’simliklar hosil yaratish uchun sug’orish
manbaidan olingan suvning qanchasini iste’mol
qilishini, [(1-KIVs)•100)] ifodasi tizim va
daladagi suv sarfining umumiy foizini ko’rsatadi. Sug’oruv suvining umumiy yo’qolishlari
sug’orish tizimlaridagi suvdan ularni texnika jihatdan ishlatishni yaxshilash hisobiga oqilona
ishlatish rezervlari mavjudligini ko’rsatadi. Sug’oruv suvidan
foydalanish unumdorligining
ko’rsatkichi suvdan foydalanish samaradorligining umumlashuvchi ko’rsatkichidir. Sug’oruv
suvidan foydalanish unumdorligi (POV) ko’rsatkichi esa tabiiy yoki qiymat ko’rinishida (AVP)
ishlab chiqarilgan mahsulotning sug’orish manbai (Wbr) dan olingan suvning umumiy hajmiga
nisbati sifatida aniqlanadi.
POV AVP Wbr
Suv tanqis bo’lgan qurg’oqchilik rayonlarida yer maydoni gektaridan emas, balki 1 m
3
suv hisobiga eng ko’p mahsulot olish vazifasi qo’yiladi.
Sug’oruv suvi unumdorligining ko’rsatkichi sintetik ko’rsatkichdir. U tuproqning
mahsulot ishlab chiqarish hajmida ifodalanadigan iqtisodiy unumdorligi bilan chambarchas
bog’liqdir. Bu ko’rsatkich qishloq xo’jalik korxonalarining xo’jalik faoliyati va sug’orish
tizimlarini ishlatish darajasini xarakterlab beradi.
Sug’oruv suvidan oqilona foydalanish muammosi hozirgi
vaqtda favqulotda ahamiyat
kasb etmoqda. Sug’orish texnikasini takomillashtirish va mavjud tizimlarni rekonstruktsiya
qilish bo’yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Sug’orish tizimlarining texnika darajasini
oshirish (tizimlarini gidrotexnika va suv o’lchagich
inshootlari bilan jihozlash, kanallarga
shimilishga qarshi qoplamalar o’rnatish, yopiq truboprovodlar qurish, sug’orishning ilg’or
usullarini qo’llash) yer va suvdan foydalanishni yaxshilashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: