41
bir qancha yirik kanallar qurildi. Bularga suv sig’imi 20 mlrd. m
3
keladigan
Norin daryosiga
qurilgan Toktagul suv ombori, har biri 2 mlrd. m
3
suv sig’diradigan Andijon va Chorvoq suv
omborlari, 4 mlrd m
3
hajmiga ega Qayraqqum suv ombori, 3,75 mlrd m
3
suv sig’diradigan
«Chordora»
suv ombori Sirdaryo havzasida, 10 mlrd. m
3
hajmiga ega bo’lgan Amudaryo
havzasidagi Nurak va Tuyamuyun suv omborlari, 2 mlrd. m
3
suv sig’imiga ega bo’lgan
Talimorjan suv omborining qurilishi butun Orol dengizi havzasida tashkil topadigan suv
tanqisligini birmuncha yumshatilishiga olib keladi. Mamlakat viloyatlarida suv ta’minotini
yaxshilash maqsadida bir qancha yirik kanallar qurildi. Bular jumlasiga «katta Farg’ona»,
«katta Andijon», «katta Namangan» kanallari Farg’ona vodiysida, «Janubiy Mirzacho’l» kanali
Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida, «Parkent» va «Toshkent» kanallari Chirchiq daryosi vohasida
qurildi.
Amudaryo vohasida «Qarshi magistral» kanali, Amu–zang Amubuxoro kanali,
Qoraqum va boshqa qator kanallar qurildi.
Bularning hammasi qishloq xo’jaligini,
energetikani, sanoat va halq xo’jaligining
hamma tarmoqlarida mavjud suv zahiralarini tartibga solish va ulardan to’g’ri foydalanishni
yo’lga qo’yishiga qaramasdan tarmoqlarni suv bilan ta’minlashni uddasidan chiqa olmayapti.
Shuning uchun ham sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi taraqqiyotining yuksak
sur’atlar bilan rivojlanishining ichki
rayonlarning iqtisodiy rivojlanishiga jalb etilishi yer usti
suv zahiralaridan ancha oqilona foydalanish va ularni qayta taqsimlashni yaxshi yo’lga
qo’yilishini talab etadi. Buning uchun esa suv xo’jaligi tadbirlarini
hal etishda kompleks
yondoshuv zarur bo’ladi. Suv resurslaridan kompleks foydalanish nafaqat daryolar, havzalari
bo’yicha balkim viloyatlar bo’yicha ham ko’rib chiqilishi kerak. Bunda tabiiy muhitning
tarkibiy qismi bo’lgan suv resurslari moddiy tabiiy resurslarni oqilona ixtisoslashtirish hamda
ulardan samarali foydalanish asosida halq xo’jalik tarmoqlarini hudud jihatdan tashkil etishni
shartlaydi.
Suv resurslarning vujudga kelayotgan tanqisligi sharoitida suvga bo’lgan ehtiyojni
qondirishning mintaqa ko’lamidagi tavsiyalarni ishlab chiqish suv xo’jaliga kompleksining
asosiy vazifasidir. Mantaqa suv resurslardan kompleks foydalanish
tarmoqlaridan har birida
suvni asosli tarzda taqsimlash maqsadida tuzilgan suvdan oqilona foydalanishning yagona
tarmoqlararo sxemasi bo’yicha amalga oshiriladi. Deyarli, barcha yirik havzalarda suv
xo’jaligini rivojlantirish xolatini va istiqbollarini xarakterlovchi suv xo’jaligi sxemalari
mavjuddir.
42
Orol dengizi suv havzasi chuchuk suvlarning katta zahiralariga ega bo’lib, suv resurslari
umumiy mintaqalari bo’yicha dunyoda oldingi o’rinlarda turadi. Suv resurslarining asosiy
qismi daryolar suviga to’g’ri keladi. Daryolar suvining o’rtacha ko’p yillik kattaligi yiliga 126
mlrd m
3
ni
tashkil etadiki, bu kishi boshiga yiliga 17 ming m
3
suv to’g’ri keladi. Suvlarning
ko’pgina resurslari yirik tog’ muzliklari va yer osti havzalaridadir. Chuchuk va kam mineralli
yer osti suvlarining ishlatiladigan resurslari 65 km
3
dir.
Lekin suv resurslari Orol dengizi hududida juda notekis taqsimlangan. Ularning 80% ga
yaqini hozircha kam o’zlashtirilgan va qishloq xo’jaligi tabiiy yog’inlar hisobiga rivojlana
oladigan tog’li sharqiy rayonlarga to’g’ri keladi. Ayni vaqtda aholi sanoat va qishloq xo’jalik
ishlab chiqarishning 80% joylashgan g’arbiy va janubiy rayonlargi suv resurslarining 12%
igina to’g’ri keladi.
Sanoatning rivojlanishi, qishloq xo’jaligini intensivlash
darajasining yuksalishi, aholi
sonining o’sishi bilan chuchuk suv iste’moli yil sayin oshib bormoqda. 1950 yilda umumiy suv
olish mamlakat bo’yicha 40 km
3
ni tashkil etgan bo’lsa, 1960 yilda 50 km
3
ni. 1970 yilda 55
km
3
ni, 1980 yilda 57 km
3
ni, 1985 yilda 60 km
3
ni, va 2002 yilda esa 56 km
3
ni tashkil etdi.
Suv sarfi jadal sur’atlarda ko’payib bormoqda, 50 yil ichida u 1,5 marta o’sdi. Yaqin kelajakda
suvga bo’lgan ehtiyoj yanada oshadi.
Viloyatlar bo’yicha aholi jon boshiga va qishloq xo’jalik yerlari birligiga hisoblaganda
suv resurslari bilan ta’minlanganlik 2.2-jadvalda keltirilgan.
2.2-jadval
Dostları ilə paylaş: