3.2. Suv xo’jaligini boshqarishni samarali tashkil etishda irrigatsiya tizimlari havza
boshqarmalarining o’rni
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari faoliyatini ma’muriy qishloq va suv xo’jaligi
boshqarmalari faoliyatidan tubdan farq qilgan holda, ya’ni bozor iqtisodiyoti tamoyillari
asosida tashkil qilish ko’zda tutilgan. Biroq, xududiy irrigatsiya tizimlari havza
boshqarmalarining qisqa davrdagi faoliyatini monografik tahlil qilish natijalari ko’rsatishicha,
ularning suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlashda, iste’molchilarga o’z vaqtida
sifatli suv resurslarini yetkazib berishda va sug’orish inshootlarining unumdorligini
oshirishdagi texnik-iqtisodiy imkoniyatlari nihoyatda cheklangan. Jumladan Chirchiq-
Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi (kelgusida ChOITXB) Toshkent viloyati
qishoq va suv xo’jaligi boshqarmasining «Suv xo’jaligi va melioratsiyasi» bo’limi zaminida
tashkil etilgan. Uning tarkibiga «Toshkent magistral kanali boshqarmasi», «Bo’zsuv irrigatsiya
tizimi boshqarmasi», «Parkent-Qorasuv irrigatsiya tizimi boshqarmasi», «Oxangaron-
Dalvarzin» irrigatsiya tizimi boshqarmasi», va «Toshkent shahar suv xo’jaligi» boshqarmalari
kiritilgan. ChOITXB Toshkent viloyati qishloq xo’jalik korxonalariga suv yetkazib berishga
xizmat qiladi.
64
Toshkent viloyatining umumiy yer maydoni 1565,1 ming gektarni tashkil etib,
Sirdaryoning o’ng qirg’og’ida joylashgan. Viloyat hududida Chirchiq, Ohangaron daryolari,
Dalvarzin, Peskent va Qo’qi Orol massivlari mavjud. Viloyatda 385,4 ming gektar
sug’oriladigan yerlarda qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtiriladi. Viloyatning asosiy suv
manbasi Chirchiq daryosi hisoblanib, u qor va muzliklar erishi hisobiga to’yinadi. Chirchiq
daryosining asosiy yirik irmoqlari bo’lib Pskom, Chotqol va Kuk-su hisoblanadi. Bu
irmoqlardan oqib kelgan suvlar Chorboq suv omboriga kelib quyiladi. Chorboq suv
omborining suv sig’dirish qobiliyati 2 mlrd m
3
ni tashkil qiladi.
Chorboq suv omborining quyi qismidagi daryoning o’ng qismida Ugam va chap
qismidan Oqsoq-ota daryolari oqib kelib. Chirchiq daryosiga quyiladi.
Viloyat sug’oriladigan maydonining 80 foizi Chirchiq daryosidan sug’oriladi. Chirchiq
daryosining to’g’onidan boshlab to Sirdaryoga quyilishi joyigacha bo’lgan oraliqda 4 ta GES
kaskadi joylashgan.
ChOITXB tarkibidagi ikkinchi yirik daryolardan biri Ohangaron daryosi hisoblanadi.
Daryo uzani bosh qismda Ohangaron va o’rta qismida Toshkent suv omborlari joylashgan.
Ohangaron daryosi Chotqol va Ko’rama tizimlari irmoqlaridan hosil bo’lgan. Toshkent suv
ombori hajmi 2003 yil 1-may holatiga 217,2 mln m
3
ni tashkil etgan Tahlil qilinayotgan davrda
Ohangaron suv omborining umumiy hajmi 210 mln m
3
dan iborat bo’lib suv ustki maydoni 5,9
mln m
2
ni tashkil etadi.
ChOITXB viloyatdagi qishloq xo’jaligi korxonalariga suv yetkazib beradi. Bundan
tashqarii viloyatdagi dehqon xo’jaliklari ham suv resurslari iste’molchilari hisoblanadi. Viloyat
qishloq xo’jalik korxonalari tomonidan 2005 yilda jami 385,4 ming gektar yerga, shu jumladan
115 ming gektarga g’alla, 108 ming gektarga paxta 37,8 ming gektarga ozuqa ekinlari, 39,1
ming gektarga ko’p yillik o’simliklar va 38,9 ming gektarga takroriy ekinlar ekilgan.
Shuningdek, dehqonlarning 38,6 ming gektar yerlarida ham qishloq xo’jalik ekinlari
yetishtirilgan.
Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan suv
iste’molchilariga 2005 yilda jami 5392 mln m
3
suv yetkazib berilgan. Uning 3390,0 mln m
3
qishloq xo’jalik ekinlari sug’orish maqsadida va 1999 mln m
3
esa boshqa extiyotlar uchun
ishlatilgan. Yetkazib berilgan jami suv resurslarining 496,8 mln m
3
o’zanlardan, 462,1 mln m
3
kichik daryolardan, 10,9 mln m
3
yer osti suvlaridan, 183,3 mln m
3
zovurlardan va 278 mln m
3
soy, buloq va oqava suvlardan tashkil topgan. Yetkazib berilgan suv resurslarining 5590 mln
65
m
3
tumanlar chegarasida, shu jumladan 4568 mln m
3
xo’jaliklar chegarasida va boshqa suvdan
foydalanuvchilar tomonidan ishlatilgan. Tahlillar natijasi shuni ko’rsatadiki, viloyatda faqat
Bekobod tumani xo’jaliklarigina asosan o’zan suvlaridan suv bilan ta’minlanadi. Qolgan
tumanlarning suv manbalari bo’lib kichik daryolar hisoblanadi. Yer osti suvlaridan esa
Bekobod va qisman Parkent tumanida foydalanishadi. 2005 yilda Bustonlig’, Bo’ka, Parkent va
Chinoz tumanlarida zovur suvlaridan sug’orish manbai sifatida ishlatilmagan.
Soy va oqova suvlarini suv manbai sifatida ishlatish bo’yicha esa Quyi-Chirchiq
tumanida yaxshi imkoniyatlar yuzaga kelgan.
Agarda 2005 xo’jalik yilida Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
tomonidan tumanlar chegarasigacha oyma-oy sug’orish uchun suv yetkazib berish holatini
tahlil qiladigan bo’lsak, birinchidan qishloq xo’jalik ekinlarining mavsumiyligiga qarab suv
yetkazib berilayotganligini va rejaga ùamda belgilangan limitga asosan amalda olingan suv
resurslari hajmining farqlanishini ko’rish mumkin yoki, qishloq xo’jalik korxonalari yerlarini
sug’orish uchun me’yorga nisbatan suv resurslariga bo’lgan talabni ko’proq qilib
ko’rsatmoqda, limit esa me’yordan kelib chiqib belgilansa ham haqiqiy ahvol reja va limitga
nisbatan ko’p yoki kamni tashkil qilmoqda.
Jumladan 2005 xo’jalik yilida hosil olish uchun 2004 yilning oktabr oyida ko’zgi
bug’doy va takroriy ekinlar ekishga viloyat tumanlari bo’yicha jami 232,3 ming m
3
suv olish
rejalashtirilgan. Limit esa 110 ming m
3
qilib belgilangan va amalda esa yetkazib berilgan jami
suv hajmi rejaga nisbatan 93,2 ming m
3
kam bo’lsa, limitga nisbatan esa 215,5 ming m
3
ko’pni
tashkil etgan. Iyul oyida suv olish holati ham tahlilga loyiq. Ya’ni iyul oyida viloyat tumanlari
bo’yicha qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orish uchun 455,8 ming m
3
suv olish rejalashtirilgan,
belgilangan limit esa 719,7 ming m
3
ni tashkil etgan.
Amalda esa 738,6 ming m
3
suv olingan yoki, qishloq xo’jalik korxonalarining 2005 yil
iyul oyida ekinlarni sug’orish uchun olgan suv hajmi rejaga nisbatan 282,8 ming m
3
va limitga
nisbatan esa 18,9 ming m
3
ko’pni tashkil etgan. Bunday holat barcha sug’orish oylariga xosdir.
Qishloq xo’jalik korxonalarining sug’orish suvlarini bir gektar ekin maydoni hisobiga olish
rejasi, belgilangan limit va amaliy ta’minlanishini tahlili yanada yaqqol ifoda qiladi.
Masalan, ChOITXB bo’yicha bir gektar ekin maydoni hisobiga 2005 yilda 9 ming m
3
suv yetkazib berish rejalashtirilgan bo’lsa, limit 7,9 ming m
3
qilib belgilangan. Amalda esa 7,3
ming m
3
suv olingan. Bir gektar hisobiga suv olingan eng yuqori rejasi va limiti Bekobod
tumanida (14,8:14,5 ming m
3
) eng past reja va limit O’rta-Chirchiq tumanida (6.1:5,2 ming
66
m
3
)-belgilangan. Irrigatsiya tizimi havza boshqarmasi tomonidan faqat O’rta-Chirchiq tumani
xo’jaliklariga limit doirasida, Ohangaron, Bustonliq, va Yangiyo’l tumanlarida limitdan ortiq
suv yetkazib berilgan.
Dostları ilə paylaş: |