31
ahamiyatga ham egadir; davlat va kooperativ mulk shakllarining qo’shilib ketishi sodir
bo’lmoqda. Binobarin, melioratsiya qishloq xo’jaligining moddiy-texnika bazasini
mustahkamlabgina qolmay, balki davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarishga yordam
bermoqda.
Yerlarni melioratsiya qilish qishloq xo’jaligidagi fan-texnika taraqqiyotining asosiy
yo’nalishi hisoblanadi, yondashuvning zamonaviy bo’lishini kadrlardan yuqori malakali,
texnikani samarali boshqarishni bilishni talab qiladi. Gidromelioratsiya tizimlarini ishlatish
sohasida band bo’lgan oliy va o’rta ma’lumotli mutaxassislar hissasi butun qishloq
xo’jaligidagi shunday mutahassislardan ikki baravar ortiqdir. Bu qishloq xodimlari sotsial
tarkibining takomillashuviga olib kelmoqda. Qishloqda gidrotexnik, yomg’ir mashinalari
mashinisti, operator degan yangi kasblar paydo bo’ldi. Melioratorlar uchun shahar tipidagi
yangi poselkalar qurilgan. Bu poselkalarning hammasi yuqori darajada obodonlashtirilganligi
va ko’kalamzorlashtirilganligi bilan ajralib turadi.
Irrigatsiya inshootlari joyning o’zgarishiga yordam beradi. Ko’pgina gidrotexnika
inshootlari ajoyib arxitektura bezaklariga egadir. Bu esa tabiiy manzarani boyitadi.
Irrigatsiya mintaqasida dam olishni tashkil qilish uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
Ko’pgina yirik suv omborlari dam olishning barcha turlari uchun baza xizmatini o’taydi.
Bunga yana shuni qo’shimcha qilish kerakki, yerlarni melioratsiyalash qishloq xo’jaligi
oldiga qo’yilgan joriy vazifalarni hal qilishgagina emas, balki yaqin oradagi va olis kelajakdagi
vazifalarni ham hal qilishga qaratilgandir. Bu esa melioratsiya tadbirlarining iqtisodiy va
sotsial ahamiyatini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: