O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

d
i
D
D
B


24 
Bunda, B-ball% D-tuproqlar, i-agroishlab chiqarish guruhining sof foydasi, sum ga: D
d
– 100 ball (etalon) deb qabul qilingan eng yuqori natijaga erishgan agroishlab chiqarish 
guruhining sof foydasi, sum ga. 
Ochiq shkala tuzishda 100 ball deb yalpi ichki mahsulot yoki sof foydaning o’rtacha 
darajasi qabul qilinadi. Boshqa ishlab chiqarish guruhlari tuproqlarini ballarda baholash yopiq 
shkala tuzishdagidek o’tkaziladi. 
Umuman xo’jalik bo’yicha yerni baholash bali qishloq xo’jalik yerlariga kiruvchi ayrim 
tuproq guruhlari chamalangan baholarining o’rtachasi hisoblab chiqiladi. Yerni iqtisodiy 
baholash ma’lumotlari asosida kadastr kartalari tuziladi. 
Taqqoslanishga rioya qilish uchun tuman, viloyat va butun mamlakat bo’yicha yerlarni 
iqtisodiy baholash yagona uslubiyot bo’yicha o’tkazilishi kerak. 
1.4. Melioratsiya qishloq xo’jaligini intensivlash omili sifatida 
 
Qishloq xo’jalik mahsuloti ishlab chiqarishni ko’paytirish mamlakatning asosiy iqtisodiy 
muammosi bo’lib, halq moddiy farovonligining bundan buyog’iga yuksalishi shu muammo hal 
etilishiga bog’liqdir. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini izchil intensivlashga qishloq 
xo’jaligini rivojlantirishning yuqori va barqaror sur’atlarini ta’minlash choralari tizimida hal 
qiluvchi rol berilmoqda. 
«Intensivlik» termini qishloq xo’jaligiga tadbiqan ishlab chiqarishning asosiy vositasi 
bo’lgan yer ishlab turishi aktivligini oshirishni anglatadi. 
Qishloq xo’jaligini intensivlash jarayonini yer maydoni birligiga kapital to’plash sifatida 
tushiniladi. Qishloq xo’jaligidagi intensivlash jarayonining mohiyati mahsulot birligiga eng 
kam mehnat va mablag’ sarflagan holda yer maydoni birligidan mahsulot ishlab chiqarishini 
ko’paytirish maqsadida qo’shimcha ishlab chiqarish mablag’lari sarflashdan iboratdir. Gektar 
hisobiga mahsulot chiqishini ko’paytirish uchun qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga pul 
mablag’lari, goho esa mehnat tobora ko’p sarflanadi. Kompleks mexanizatsiyalash, yerlarni 
ximiyalash va melioratsiyalash qishloq xo’jaligini intensivlashning asosiy yo’llaridir. 
Yer dehqonchilikda qo’shimcha mablag’ sarflashning asosiy ob’ekti xizmatini utaydi. 
Mahsulot chiqishini ko’paytirish uchun maydon birligiga ishlab chiqarish mablag’larini 
to’plash dehqonchilik ishlab chiqarishini intensivlashning moddiy-buyumli mazmunidir. 


25 
Bu tarmoqda tuproqning unumdorligini oshiradigan va mahsulot ishlab chiqarishni 
ko’paytiradigan xarajatlar katta rol o’ynaydi. Aynan kompleks mexanizatsiya va ximiyalashga 
qo’shib o’tkaziladigan melioratsiya qishloq xo’jalik mahsuloti ishlab chiqarishni ko’paytirishga 
yordam berish, hamda unga barqarorlik va dinamiklik baxsh etish vositasi hisoblanadi. 
Qishloq xo’jaligini intensivlash omili bo’lgan melioratsiya yerdan to’g’ri 
foydalanilganda yaxshilanishi va uning unumdorligini muttasil oshirish mumkinligidan iborat 
xususiyatlariga tayanadi. Tuproqning tabiiy xususiyatlari suv, havo, issiqlik va oziqlik 
rejimlarini tartibga solish vositasida ancha yaxshilanadi. 
Melioratsiyaning asosiy roli shundaki, u tuproq bilan suv, o’simlik bilan atmosfera 
o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik murakkab kompleksini optimal hal qilishga, ya’ni asosiy ishlab 
chiqarish vositasi bo’lgan yerning tubdan yaxshilanishiga qaratilgandir. Melioratsiya tadbirlari 
tuproqdagi inson ta’sirida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni belgilab beradi va yuqori hosil 
olinishini ta’minlaydi. Melioratsiya tadbirlarining iqtisodiy mohiyati ham shundadir. 
Ko’p o’n yilliklar mobaynida qishloq xo’jalik mahsuloti ishlab chiqarishini ko’paytirish 
asosan oborotga yangi yerlarni jalb etish, ya’ni ekstensiv yo’l bilan ta’minlab kelindi. 
Mamlakatdagi haydaladigan yerlar maydoni 1913 yildagi 2 mln. gektardan 2005 yildagi 4,3 
mln. gektargacha ko’paydi. Ekinlar hosildorligi shu davr ichida 2-3 martagacha oshdi. 
Qishloq xo’jaligini rivojlantirishning ekstensiv yo’li katta maydonlarga ega bo’lgan 
qo’riq yerlar mavjudligi hamda halq xo’jaligi yetakchi tarmoqlarining muayyan texnika 
darajasi bilan shartlangan edi. Hozirgi vaqtda melioratsiya ishlari o’tkazmasdan, ko’p kapital 
mablag’lar sarflamasdan ekin yerlarini kengaytirish imkoniyatlari tug’iladi. Shuning uchun 
qishloq xo’jaligini olib borishning intensiv yo’lga qat’iyan o’tish masalasi o’rtaga qo’yiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo’jaligini intensivlash oziq-ovqat mahsulotlari va 
xom ashyoga jamiyat ehtiyojlarini eng ko’p darajada qondirishdan iborat. Shu maqsadga 
erishish uchun qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga kapital qo’yilmalar miqdori oshib 
bormoqda. Intensivlashning ob’ektiv zaruriyati yana shundaki, qishloq xo’jalik yerlari maydoni 
cheklangan hamda bir kishi hisobiga yer bilan ta’minlanganlik kamayib bormoqda. 
Melioratsiyaning katta iqtisodiy ahamiyati shundaki, u melioratsiyasiz qishloq xo’jalik 
oborotiga kiritib bo’lmaydigan keng yangi yer maydonlarini o’zlashtirish imkonini beradi. 
Mamlakatimiz ko’p rayonlarining xaydaladigan yerlari melioratsiya tadbirlari hisobiga 
kengaydi. Melioratsiya hosilsiz yerlarni serhosil yerlarga aylantirib, qishloq xo’jaligi 
taraqqiyotini belgilovchi omil bo’lmoqda. Qishloq xo’jaligini intensivlash omili bo’lgan 


26 
melioratsiyaning ahamiyati yana shu bilan ortib bormoqdaki, u iqtisodiy jihatdan zarurgina 
emas, balki uning o’rnini boshqa hech narsa bosa olmaydi. 
Xo’jalikni olib borishning intensiv usuli ekin maydonlari kengayishini istisno qilmaydi. 
Aksincha, yangi yerlar o’zlashtirish mamlakatimizda iqtisodiy zarurat bo’lib kelmoqda. 
Qishloq xo’jalik oborotiga yangi yerlarni jalb qilish hamda ularni unumdorligini oshirish, 
melioratsiyalash, yangi texnikani, fan va ilg’or tajriba yutuqlarini qo’llash asosida amalga 
oshiriladi. 
Yerlarni 
melioratsiyalash-qishloq 
xo’jaligini intensivlashning asosiy kapital 
yo’nalishidir. Yerlarni melioratsiyalash keng dasturini amalga oshirish ancha kapital 
qo’yilmalarni talab qiladi. Kapital qo’yilmalarga asosiy fondlarni tiklash, rekonstruktsiya qilish 
va ko’paytirishga qaratilgan pul mablag’lari kiradi. Melioratsiya va qishloq xo’jalik ishlab 
chiqarish vositalarini oddiy hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, ularning sifatini 
yaxshilash kapital qo’yilmalar hisobiga amalga oshiriladi. qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga, 
shu jumladan melioratsiyaga ham kapital qo’yilmalar miqdori har yili ko’payib bormoqda 
Irrigatsiya-melioratsiya qurilishiga kapital qo’yilmalar so’nggi yillarda qishloq 
xo’jaligiga qo’yilmalar umumiy miqdoriga nisbatan ancha tez sur’atlarida ko’payib bormoqda. 
Ularning o’rtacha yillik o’zlashtirilish 50 mlrd. so’mdan ortadi. Bunda mavjud melioratsiya 
tizimlarini rekonstruktsiya qilishga ancha mablag’ ajratildi. 
Melioratsiyalangan yerlarda qishloq xo’jaligini intensiv olib borishga o’tish 
xarajatlarining shunchaki miqdor jihatdan o’sishini emas, balki ularning texnika taraqqiyoti 
tufayli sifat jihatdan yaxshilashini ham bildiradi. Bu qishloq xo’jaligini intensivlash 
samaradorligini melioratsiyalangan yerlarda ishlab chiqarish vositalarini shunchaki to’plash 
emas, balki ularning sifat jihatdan o’zgarishi va unumli iste’mol qilinishi belgilarini anglatadi. 
Melioratsiya yerdan foydalanish samaradorligini oshirib, dehqonchilikni intensivlash 
chegaralarini kengaytiradi, qishloq xo’jaligini intensivlashning boshqa omillari oshishi uchun 
sharoit yaratadi va bu bilan dehqonchilik madaniyati yuksalishiga yerdam beradi. Bunda shuni 
nazarda tutish kerakki, qo’shimcha qo’yilmalardan maqsad, shu qo’shimcha qo’yilmalar 
samaradorligini oshirishdangina iborat bo’lmaydi. Ularning vazifasi-barcha ko’yilmalarning, 
shu jumladan avval o’tkazilgan qo’yilmalarning ham samaradorligini oshirishdir. Amalda 
maydon birligiga dastlabki va qo’shimcha qo’yilmalardan ishlab chiqarishda o’zaro birlikda 
jami xarajatlar sifatida foydalaniladi. Melioratsiyalangan yerlarda o’g’itlarni qo’llanish 


27 
samaradorligi oshadi, yuqori hosildor navlarning afzalliklari ancha to’laroq namoyon bo’ladi, 
ekin maydonlari tarkibida intensiv va yuqori hosildor ekinlar ko’p bo’ladi. 
Sug’orish takroriy ang’iz yerlariga ekin ekishni keng qo’llanish imkonini beradi. Bu 
narsa yiliga ikkita hosil olishnigina ta’minlab qolmay, balki katta tashkiliy–iqtisodiy ahamiyat 
ham kasb etadi. Takroriy ekinlar ekib o’stirish xo’jaliklarga moddiy va mehnat resurslari 
texnika, ish kuchi sug’oruv suvi va boshqa ishlab chiqarish vositalaridan yanada to’laroq 
foydalanish imkonini beradi. Takroriy va angiz yerlarga ekin ekishni joriy qilish hisobiga 
sug’oriladigan yerlardan foydalanish koeffitsiyentini 1,4 gacha oshirish mumkin. 
Shunday qilib, melioratsiya qishloq xo’jalik yerlari unumdorligini oshirishning eng 
muhim vositasi hisoblanadi. U tuproqning iqtisodiy unumdorligi ortishini ta’minlaydi, yer 
mehnat va ishlab chiqarish vositalaridan ancha to’liq va samarali foydalanish uchun sharoit 
yaratadi. 
Shuni nazarda tutish kerakki, xo’jalikni intensiv va ekstensiv olib borish degan 
tushunchalar–nisbiy tushunchalardir: ikkala holda ham ular aniq ifodalangan miqdoriy 
o’lchamlarga ega bo’lishi kerak. Bu tushunchalarning shartliligi jami xarajatlar (jonli va 
buyumlashgan mehnat)ning yer maydoni birligiga nisbati sifatida ularning mohiyatidan kelib 
chiqadi. Bu nisbat qancha ko’p bo’lsa, intensivlik darajasi shuncha yuqori bo’ladi va aksincha. 
Dehqonchilikning texnika bilan ta’minlanishi ortib borgani sari sug’oriladigan 
yerlardagi ishlab chiqarish intensivligi o’saveradi. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, jonli va 
buyumlashgan mehnat nisbati ancha o’zgaradi, buyumlashgan mehnatning hissasi ko’payadi, 
mahsulot birligiga mehnat umumiy sarfi kamayadi. Shunday qilib, ishlab chiqarishni 
intensivlash ijtimoiy mehnat unumdorligi o’sishiga olib keladi. 
Qishloq xo’jaligini intensivlash jarayonini ko’rib chiqishda quyidagi ikki jihatni hisobga 
olish kerak: birinchidan, ishlab chiqarishni intensivlash darajasi, ikkinchidan, intensivlash 
vositalarini qo’llanish samaradorligi. Intensivlash darajasi va samaradorligi ko’rsatkichlari 
qiymat va tabiiy shaklda ifodalanishi mumkin. 
Qishloq 
xo’jaligini 
intensivlash 
darajasi 
quyidagi 
ko’rsatkichlar 
bilan 
(melioratsiyalangan maydonning bir gektari hisobida) xarakterlanadi:
-asosiy ishlab chiqarish fondlari (shu jumladan meliorativ fondlar va joriy ishlab 
chiqarish (yeyilishdan mustasno) xarajatlarning qiymati; 
-asosiy ishlab chiqarish fondlari (shu jumladan meliorativ fondlar) qiymati; 
-joriy ishlab chiqarish xarajatlari; 


28 
-mehnat xarajatlari hajmi, energiya bilan ta’minlanganlik, sarflangan sug’oruv suvi 
miqdori, qo’llaniladigan o’g’itlar miqdori va hokazo. 
Intensivlashning iqtisodiy samaradorligi xarajatlar ko’payishi mahsulot ko’payishini 
ta’minlashida ifodalanadi. Intensivlashdan ko’zlangan maqsad-yer maydoni birligidan eng ko’p 
mahsulot olishdir. quyidagilar qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini intensivlashning asosiy 
ko’rsatkichlaridir; 
-melioratsiyalangan maydonining bir gektari hisobida yalpi va sof mahsulot chiqishi; 
-qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligi; 
-melioratsiyalangan maydonning bir gektari hisobida sof daromad yoki foyda chiqish; 
-mehnat unumdorligining o’sishi; 
-fond samarasining oshishi. 
Yerlarni melioratsiyalash qishloq xo’jaligini intensivlashning boshqa omillari bilan 
to’g’ri qo’shib o’tkazilsa, eng katta samara beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin