O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

(2005 yil) 
Viloyatlar 
Haydov 
yerlari 
Bog’lar 
uzumzorlar 
Yem-xashak 
ekinlari 
Boshqa qishloq 
xo’jalik yerlari 
Qaraqolpog’iston 
Respublikasi 
360 
380 
150 
110 
Andijon 
210 
260 
110 
100 
Buxoro 
250 
280 
115 
105 
Jizzax 
225 
275 
125 
110 
Qashqadaryo 
260 
290 
130 
120 
Navoiy 
270 
310 
135 
115 
Namangan 
220 
270 
110 
95 
Samarqand 
250 
290 
130 
110 
Surxondaryo 
250 
300 
140 
120 
Sirdaryo 
220 
280 
130 
125 
Toshkent 
210 
270 
140 
120 
Farg’ona 
220 
260 
130 
115 
Xorazm 
350 
320 
160 
130 
Yangi yerlar o’zlashtirish qiymati hisobining asosiy mintaqa texnologiyasini aks 
ettiradigan ishlar loyiha analoglari, texnologik kartalar va sxemalar tashkil etadi. Bunda yer 
o’zlashtirishda bajariladigan ishlarni o’tkazish me’yoriy hujjatlari va baholaridan foydalaniladi. 
Nobudgarchiliklar hajmi tuman hokimiyatlari qoshida tashkil qilingan baholash 
komissiyalari tomonidan belgilanadi. 
Komissiya qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning qoplanish zarur bo’lgan 
nobudgarchiliklari hajmini ko’rsatib akt tuzadi. Bu akt hokimiyatni mutasaddi bo’limlari 
tomonidan ko’rib chiqib ma’qullangandan keyin xokim tomonidan tasdiqlanadi. 
Qishloq xo’jalik ehtiyojlaridan tashqari yer uchastkalari ajratiladigan korxonalar tegishli 
smetalarda yer olish bilan bog’liq qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarini 
qoplash uchun zarur bo’ladigan mablag’larni ko’zda tutadilar. Bu xil mablag’lar yer oluvchi 
korxona mablag’lari, ayrim hollarda byudjet mablag’lari bo’lishi mumkin. Lekin ajratiladigan 
bir gektar xaydov yer badalining hajmiga yangi yerlar ishga tushirilgunga qadar uchastka olish 
davri maboiynida yalpi hosil olinmagani natijasida xo’jalikka yetkazilgan zarar ko’rinmaydi. 
Shuning uchun qishloq xo’jalik yerlarini ajratishga teng maydonli yerlarni va yer uchastkasi 


19 
olishdan yangisini ishga tushirishgacha bo’lgan davr ichida yo’qotiladigan sof foydani qayta 
tiklashning bir yo’la xarajatlari hisobiga olingan holda badal to’lash maqsadga muvofiqdir. 
Bunda 0,15 kapital qo’yilmalar samaradorligi me’yoriy koeffitsentiga muvofiq 
keladigan 7 yillik davr hisobga olinishi kerak. Bu holda badal (kompensatsiya)ning umumiy 
hajmi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: 
15
,
0
ur
b
d
k
ad
X
X
W
S
B
Bunda S
k
– yerlarni qayta tiklash smeta qiymati, bunga melioratsiya va qishloq xo’jalik 
o’zlashtirish kiradi, so’m 
Wd – olib qo’yiladigan yer maydoni, gektar 
X
b
– harid bahosi, sum s 
X
ur
– o’rtacha hosildorlik 
Yer egalari yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijrachilarga va mulkdorlarga 
yetkazilgan zararning o’rni (shu jumladan boy berilgan foyda) quyidagi hollarda to’la hajmda 
qoplanishi kerak: 
-yerlar olib qo’yilgan kayta sotib olingan yoki vaqtincha egallab turilganda; 
-davlat qo’riqxonalari buyurtmachilar, milliy tabiat bog’lari tabiat yodgorliklari, 
madaniy tarixiy yodgorliklar, suv xovzalari, suv ta’minoti manbalari, kurortlar atrofida, 
daryolar kanallar, suv tashlamalari yo’llari, truboprovodlar, aloqa liniyalari va elektr uzatish 
liniyalari bo’ylab muhofaza sanitariya va ixota mintaqalari belgilanishi munosabati bilan 
ularning huquqlari cheklanganda; 
Suv havzalari kanallar kollektorlar shuningdek qishloq xo’jalik ekinlari va dov-daraxtlar 
uchun zararli moddalar chiqaradigan boshqa ob’ektlar qurish va ulardan foydalanishning ta’siri 
hamda yuridik va jismoniy shaxslarning hosil kamayishiga va qishloq xo’jaligi mahsulotining 
sifati yomonlashuviga olib boradigan boshqa xatti harakatlari oqibatida yerlarning sifati 
yomonlashgan taqdirda. 
Zararning o’rni olib ko’ylayotgan yer uchastkalari ajratib beriladigan korxonalar, 
muassasalar va tashkilotlar tomonidan, shuningdek faoliyat yer egalari, yerdan 
foydalanuvchilar yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarning huquqlari cheklanishiga yoki 
yaqin atrofidagi yerlarning sifati yomonlashuviga olib borgan korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlar tomonidan qonun xujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi. 


20 
Qishloq xo’jaligi yerlarini, shu jumladan jismoniy shaxslar egaligidagi va 
foydalanishdagi qishloq xo’jalik yerlarini qishloq xo’jaligini yuritish bilan bog’liq bo’lmagan 
maqsadlarga foydalanish uchun olib qo’yilganida yerlarning sifati yomonlashuvi tufayli 
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o’rni shunga sababchi bo’lgan 
korxonalar muassasalar va tashkilotlar tomonidan qoplanadi. 
Mamlakatimizda qabul qilingan yer kodeksi asosida yer resurslaridan oqilona 
foydalanishni ta’minlash uchun davlat yer kadastri joriy etilgan. Yer kadastrida yerlarning 
tabiiy, xo’jalik va huquqiy holati to’g’risidagi ma’lumotlar majmui keltirilgan. Yer kadastri 
ma’lumotlaridan qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini joylashtirish va ixtisoslashtirish, qishloq 
xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va harid miqdorini rejalashtirish, yerlarni 
melioratsiyalash va qishloq xo’jaligini ximiyalashga kapital qo’yilmalar samaradorligini 
baholash, mamlakat mintaqalari bo’yicha harid baholarini takomillashtirish masalalarini hal 
qilish hamda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishga qaratilgan boshqa tadbirlarni 
amalga oshirish uchun foydalaniladi. 
Yer kadastri halq xo’jalik ahamiyatiga egadir va davlat tadbiri sifatida amal qiladi. U 
yagona tizim bo’yicha olib boriladi va o’z ichiga quyidagi tarkibiy qismlarini oladi: yerdan 
foydalanuvchilarni qayd etish, yerning miqdori hamda sifatini hisobga olish: tuproqlarni 
bonitirovka qilish va yerni iqtisodiy baholash. 
Yerdan foydalanuvchilarni qayd etish yerdan foydalanishda yuridik huquqni 
rasmiylashtirishdir. U yerni egasiga topshirish printsiplariga rioya, qilishini ta’minlaydi va 
davlat yer mulkchiligini muhofaza qilishga qaratilgandir. Yerdan foydalanuvchi kishi 
davlatdan o’ziga yer egaligi huquqi berilganligini tasdiqlaydigan dalolatnoma oladi. Yerdan 
foydalanishning davlat ro’yxatidan o’tkazishi yerdan foydalanuvchilar kategoriyalari bo’yicha 
belgilangan tartibda tuman hokimligida amalga oshiriladi. 
Yerlar foydalanilishi bo’yicha davlat xo’jaliklariga jamoa va shirkat xo’jaliklariga 
muddatsiz davrga foydalanish uchun berilsa fermer xo’jaliklariga uzoq, muddatga (30-50) yilga 
ijaraga beriladi. Oilaviy pudrat asosida ishlayotganlarga qisqa muddatga (5-10) yil foydalanish 
uchun beriladi. Davlat yer kadastri kitobi asosiy yer egaligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. 
Yerdan foydalanishlarni qayd etish ularni hisobga olish bilan chambarchas aloqada 
o’tkaziladi. Yerlarni quyidagicha hisobga olinadi: 


21 
-yer fondlari kotegoriyalari bo’yicha qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar, aholi 
punktlari yerlari, sanoat transport ko’plab qishloq xo’jaligidan tashqari yerlar, davlat o’rmon 
fondi yerlari, davlat suv fondi yerlari, davlat zahira yerlari; 
-yerdan foydalanuvchilar kotegoriyalari bo’yicha-davlat xo’jaliklari, jamoa xo’jaliklari 
shirkat xo’jaliklari, fermer xo’jaliklari, dehqon xo’jaliklari, ijara va pudrat jamoalari va 
boshqalar; 
-ekin turlari bo’yicha–haydaladigan yerlar, ko’p yillik daraxtzorlar bo’z yerlar, 
pichanzorlar, yaylovlar va boshqa yerlar 
-yerlarning sifatini holati bo’yicha–toza yaxshilangan butazor, erroziyaga uchragan, 
sho’rlangan va boshqa yerlar; 
-qishloq xo’jalik ekinzorlari bo’yicha–ekinzorlar tarkibida sug’oriladigan va zaxi 
qochirilgan yerlar alohida hisobga olinadi. Sug’oriladigan yerlar–muntazam sug’oriladigan va 
shartli sug’oriladigan yerlarga ajratiladi. Muntazam sug’oriladigan yerlar optimal muddatlarda 
belgilangan me’yorlarda sug’oriladi. Shartli sug’oriladigan yerlar, ayrim davrlardagina 
sug’oriladi. Ular odatda doimiy suv manbaida kam suvli tizimlardir. 
Liman usulida sug’oriladigan yerlar–tuproq uyumlaridan iborat dambalar va qor-muz 
suvlarini bahorgi sellarni tutib qoladigan har xil gidrotexnik inshootlarga ega bo’lgan 
uchastkalar alohida-alohida hisobga olinadi. 
Yerlarni hisobga olish ham davlat ham tarmoq ham yer egallarining manfaatni ko’zda 
tutish kerak. U ma’muriy-territorial bo’lishi bo’yicha amalga oshiriladi. Ma’muriy tuman yerni 
hisobga olishda asosiy bo’g’ini hisoblanadi. Sug’oriladigan yerlarni sug’orish tizimlari 
boshqarmalari, qishloq va suv xo’jalik hamda statistika organlari hisobga oladilar. 
Sug’oriladigan yerlarga egalik qiladigan xo’jaliklar har yili noyabr oyida statistika organlariga 
ulardan foydalanish to’g’risida hisobot berib turadilar. 
Yer resurslarining miqdor ko’rsatkichlari bilan birga sifat ko’rsatkichlarini ham hisobga 
olmoq kerak. Yerning tabiiy xususiyatlari sifat jihatdan baholash predmeti hisoblanadi. Sifat 
jihatdan hisobga olish tuproq unumdorligi bilan xarakterlangan tabiiy resurs bo’lgan yerning 
sifatini aks ettiradi. Yerni sifat jihatdan hisobga olish tuproqning tabiiy mintaqalar iqlim 
sharoiti hisobiga olingan klassifikatsiyalari bo’yicha o’tkaziladi. Hozirgi vaqtda tuproqlarni 
sifat belgilari: kimyoviy, fizik-kimyoviy xususiyatlari va oziq modda zahiralari bo’yicha 
agrosanoat guruhlanishining yagona tizimi ishlab chiqilgan. 


22 
Sug’oriladigan yerlarni hisobga olishda ularning sifat xolatini va avvalo sho’r bosish 
darajasini aniqlashga alohida ahamiyat beriladi. Sho’r bosish darajasiga bog’liq holda ular 
sho’rlanmagan, yengil sho’rlangan, o’rta sho’rlangan va kuchli sho’rlangan hamda taqir yerlar 
guruhlarga bo’linadi. Sug’oriladigan yerlar meliorativ holatiga ko’ra ularning umumiy 
maydonidan ochiq, yopiq, tik va kombinatsiyalashgan zovurlar o’tkaziladi va har qaysi zovur 
o’tkazilgan yerlar alohida hisobga olinadi. Sug’orish shaxobchasi qayta quriladigan yer yuzasi 
tekislanadigan, kollektor zovur shaxobchalari qayta quriladigan, rekonstruktsiya qilinadigan 
yerlar ham alohida hisobga olinadi. Sug’oriladigan yerlarning suv bilan ta’minlanganlik 
darajasi ham hisob qilinadi. 
Tuproq bonitirovkasi–tuproq (yer) sifatini ular unumdorligi bo’yicha nisbiy baholash 
(ballarda) sifat jihatidan baholashning tugallovchi bosqichi hisoblanadi. Tuproq turlari o’z 
tabiiy belgilari va xususiyatlariga ko’ra bonitirovka qilinishi kerak. Baholash 100 ballik tizim 
bo’yicha o’tkaziladi. Bunda ekinlar hosildorligidan ham tuproqlarning asosiy xususiyatlaridan 
ham foydalaniladi. Odatda hosildorlik va tuproqlar tabiiy xususiyatlari bo’yicha tor baholash 
shakllari tuziladi, keyin ular o’zaro birlashtiriladi bunda oliy sifat tuproq 100 ball deb qabul 
qilinadi (eng yuqori hosildorlik) bunda tuproqlarning tabiiy hosildorlik boniteti bilan 
to’g’irlanadi. Hosildorlikni aniqlashda dehqonchilik intensivligi va «me’yor» hosildorlik olish 
omillarini tenglashtirishni o’tkazish tavsiya etiladi. Tuproq banitirovkasi va uni iqtisodiy 
baholash yerning unumdorlik qobiliyatini aniqlashning yagona jarayoni hisoblanadi. Bunda 
tuproqni banitirovka qilish keyinchalik iqtisodiy baholanadigan tuproq agroishlab chiqarish 
guruhlarini ajratishini ta’minlaydi. 
Tuproqlarning agroishlab chiqarish guruhlari melioratsiyalanmagan, sug’oriladigan va 
zahi qochirilgan yerlar uchun alohida–alohida ajratiladi. Sug’oriladigan yerlarning agroishlab 
chiqarish guruhlashda quyidagi omillar qo’shimcha ravishda hisobga olinadi:
A) qadimdan sug’orilib kelinayotgan yaqinda sug’orila boshlagan va yaqinda 
o’zlashtirilgan yerlar; 
B) suv ta’minoti-mutassil sug’orilib kelinayotgan va shartli sug’oriladigan, yomg’irlatib 
sug’oriladigan yerlar alohida-alohida hisobga olinadi; 
V) Sug’oriladigan yerlarning kollektor–zovur shaxobchalari bilan jixozlanganligi. 
Yerni iqtisodiy baholash deganda qishloq xo’jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi 
bo’lganligini baholash tushiniladi. Yerning joylashgan o’rni va sifati iqtisodiy bo’yicha miqdor 
jihatdan o’lchangan baholangan bo’lishi kerak. Iqtisodiy baholash yer resurslaridan ularning 


23 
potentsial imkoniyatlarini hisobga olgan holda samarali foydalanishga qaratilgandir. U qiyosiy 
baholash hisoblanadi. 
Baholash mezonini tanlashning asoslanganligi yerni iqtisodiy baholashning muhim 
shartidir. Bu masala murakkab bo’lib, baxsli masala bo’lib kelmoqda. 
Bozor iqtisodiyoti qonunlarining talabini hisobga olgan holda iqtisodiy baholash mezoni 
sifatida bir gektar yerdan olinadigan dehqonchilik yalpi ichki mahsuloti chiqishidan 
foydalanish zarur. Mahsulot chiqishi ishlab chiqarish chiqimlari bilan muayyan aloqada 
hisobga olinadi. 
Bunda xarajatlar ta’sirini chiqarib tashlash zururiyati tug’iladi. 
Teng ishlab chiqarish xarajatlariga qo’shilgan mahsulot miqdori iqtisodiy jihatdan 
yerning sifatini ifodalaydi. Teng xarajatlar qilinib, ko’p mahsulot ishlab chiqarilgan yergina 
miqdor jihatdan yaxshidir. Olingan mahsulotdagi tafovut yer sifati tafovutini miqdor jihatdan 
ifodalaydi. 
Asosiy ko’rsatkichdan, ya’ni bir gektar yerdan yalpi ichki mahsulot chiqishidan tashqari 
shu maqsadda xarajatlarni (bir so’mlik xarajatlarga mahsulot qiymati) qoplash va sof foydaning 
umumiy hajmi bilan eng kam ijtimoiy zarur foydaning o’rtasidagi tafovutdan iborat 
differentsial foydadan ham foydalanish mumkin. Taqqoslanishga mamlakat mintaqalari 
bo’yicha rioya qilish uchun yalpi ichki mahsulot qiymati yagona kadastr baholarida hisoblab 
chiqiladi. 
Yerni iqtisodiy baholash ham mutloq, ham nisbiy kattaliklarda (ballarda) ifodalanishi 
mumkin. Tuproqlar agroishlab chiqarish guruhlari bo’yicha baholanadi. Bunda tuproq 
ko’rsatkichlarining hisob kitobi natijasida baholash shkalasi tuziladi. Bu shkala turli xil yerlar 
sifatini miqdor jihatdan xarakterlaydigan baholash ko’rsatkichlari tizimidan iboratdir. Avval 
baholash shkalasi mutloq (absalyut) ko’rsatkichlarida (so’mlarda) so’ngra ish asosida nisbiy 
ko’rsatkichlarda (ballarida) tuziladi. Nisbiy ko’rsatkichlar shkalasi yopiq yoki ochiq bo’lishi 
mumkin. Yopiq shkala tuzishda yaxshi agroishlab chiqarish guruhining eng yuqori mutloq 
ko’rsatkichi 100 ball deb qabul qilinadi. 
Boshqa guruhlarning ballarda baholanishi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi. 
%
100
*

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin