O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

 
 
 
1.3. Yerdan foydalanish samaradorligini oshirish va uni saqlash tadbirlari 
Yerdan unumli foydalanish va uni saqlash sug’oriladigan dehqonchilik bilan
shug’ullanadigan mamlakatlarda, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi agrarsiyosatida 
doimo markaziy o’rinni egallab kelmoqda. Bizning mamlakatimizda yer resurslaridan 
samarali foydalanish bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tishni amalga oshirishda 
muhim ahamiyat kasb etadi, chunki halqimizning 60% dan ko’prog’i qishloqlarda yashaydi
ularni oziq-ovqat bilan me’yor ta’minlab turish sug’oriiladiigan dehqonchilikning 
rivojlanishiga bevosita bog’liqdir. 
Yerni saqlash uni talon-taroj qilishga yo’l ko’ymaslik ulardan oqilona foydalanishning 
ahamiiiyati 1998 yilda qabul qilingan yer kodeksida o’z aksini topgan. Unda «Mamlakatimizda 
hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko’zlab, yer va yer osti boyliklarini, suv 
resurslarini, o’simliklar va hayvonot dunyosini qo’riqlash, ulardan ilmiy asosda, oqilona 
foydalanish havo va suvni toza saqlash, tabiiy boyliklarni uzluksiz ko’paytirib borishni 
ta’minlash va atrof muhitni yaxshilash uchun zarur choralar ko’riladi» deyilgan. 
Yer resurslarining halq xo’jaligi kompleksidagi iqtisodiy roli muttasil oshib bormoqda. 
Fan-texnika taraqqiyoti sharoitida yerdan foydalanish har tomonlama xarakter kasb etmoqda. 


15 
Bunda qishloq xo’jaligi manfaatlari sanoat talablari va sotsial jihatlar hisobga olinmoqda. 
Yerdan oqilona foydalanish va uni saqlash qo’llanilayotgan iqtisodiy, huquqiy hamda texnika 
choralarining optimal uyg’unlashuvini o’z ichiga oladi. 
Yerdan foydalanish va uni saqlash amaliyoti tabiiy muhitning halq manfaatlari yo’lidagi 
biologik barqarorligini ko’p jihatdan belgilab beradi. Shuning uchun yer resurslaridan 
foydalanishning tabiatni asrashni zarur darajada ta’minlaydigan va tabiiy hududlari 
madaniylashuviga olib keladigan usulgina oqilona usul hisoblanishi mumkin. 
Sho’rolar davrida yer umumhalq mulki bo’lganligi sababli undan oqilona foydalanishni 
tashkil qilish mumkin bo’lmadi. Chunki tayin yerning aniq egasi yo’q bo’lganligi sababli 
dehqon yerga mulk sifatida emas, balki umumiy ishlab chiqarish bazasi sifatida qarar edi. 
1997 yil Oliy Majlisning 11 sessiyasida mamlakat Prezidenti I.A.Karimov shunday 
degan edi. «Dehqonlarimizga shunday sharoit yaratish kerakki, natijada ular yerga o’z mulki 
deb qarasin, unga ishlov berib, hosildorligini oshirsin, o’z mahsulotiga o’zi xo’jayin bo’lsin 
o’zini shu yerning egasi ekanligini xis qilsin». Hozirgi kunda yangi yerlarni o’zlashtirish, yirik 
maydonlarda meliorativ tadbirlar o’tkazish, yirik suv inshootlarini qurish kabi ishlar davlat 
byudjeti hisobiga bajarilmoqda va bu ishlarni tartibga soluvchi qonun qabul qilingan hamda 
davlat dasturi ishlab chiqilgan. 
Melioratsiya hisobiga yangi yerlar o’zlashtirilishiga qaramay haydaladigan maydonlar 
ko’paymayotir, balki kamayish tendentsiyasi sodir bo’lmoqda. Bu narsa haydaladigan 
yerlardan boshqa ehtiyojlar uchun foydalanish, shuningdek, meliorativ tadbirlar o’tkazish ham 
sodir bo’lmoqda. 
Haydaladigan yerlarni halq xo’jaligini boshqa tarmoqlarida ishlatish uchun ajratish 
tufayli maydonlarning qisqarishi qishloq xo’jaligi uchun qaytmas yo’qotish xarakteriga ega. 
Bunday yerlarga zavod, fabrikalar qurish, avtomobil va poyezd yo’llari qurish, suv 
omborlari, kanallar, zovurlar qurish uchun ajratiladigan yerlar kiradi. 
Bug’lanish yog’inlar summasidan ortiq bo’lgan rayonlarda tuproqning sho’rlanish 
jarayonlari keng tarqalgan. Bunday sharoitda tuproq nami bug’lanib, undagi tuzlar yerning 
yuqori gorizontlariga o’tirib qoladi. Sho’r bosishning ikki turi farq qilinadi. Tuproqning 
birlamchi sho’rlanishi noqulay tabiiy sharoitlar ta’sirida tabiiy yo’l bilan sodir bo’ladigan 
birlamchi sho’r bosish. Tuproqning birlamchi sho’rlanish markaziy osiyo davlatlarida uchrab 
turadi. Ikkilamchi sho’r bosish zovurlar noto’g’ri qazilgan tuproqlarda noto’g’ri sug’orish 
natijasida, sug’orish rejimi buzilganda, tuproq suv o’tkazish xususiyatlari hisobga olinmay 


16 
katta me’yorda sug’orilganda sodir bo’ladi. Bu jarayon sizot suvlari sathi ko’tarilganda 
kuchayadi. 
Sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida suv tarkibidagi tuz ham tuproq sho’rlanishiga 
sabab bo’lishi mumkin. Yerning sho’r bosishi qishloq xo’jaligiga katta zarar yetkazadi. Sho’r 
bosgan dalalarda ekinlar hosildorligi pasayadi, mineral o’g’itlarni qo’llanish samaradorligi 
kamayadi, mahsulot, ayniqsa paxta sifati yomonlashadi. Sho’r bosishi natijasida haydaladigan 
yerlarning ko’pgina qismi oborotdan chiqib qoladi. 
Sug’oriladigan yerlarning sho’r bosishiga qarshi kurash yer va suv resurslarini saqlash 
ulardan oqilona foydalanish umumiy muammosini bir qismidir. 
Zovurlarni qazish, yerlarning sho’rini yuvish bir qancha agrotexnik tadbirlar (almashib 
ekish, yerga ishlov berishning tegishli usullari ximiyalash va xokazolar)ni qo’llash tuproqni 
ikkilamchi sho’r bosishning oldini oladi. 
Tuproqni yuvilishdan, nurashdan va changga aylanishdan saqlash murakkab 
muammodir. Erroziya tufayli mamlakatda har yili ko’plab haydaladigan yerlar qishloq xo’jalik 
oborotidan chiqib ketmoqda. Erroziya-noqulay tabiiy-iqlim sharoitlari foydalanishni oqilona 
tashkil etish qo’llaniladigan deùqonchilik tizimi qiyinchiliklarining oqibatidir. Tuproqni 
shamol va suv erroziyasidan saqlashning zarur choralari, yerlarning erroziyaga qarshi 
himoyalashning yo’llari turlicha bo’lib-tashkiliy xo’jalik, agrotexnik, o’rmon-melioratsiya va 
gidrotexnika tadbirlari kompleksini amalga oshirishdan iboratdir. 
Mamlakatda joriy etilgan erroziyaga qarshi tadbirlarni uyushtirish tizimiga quyidagi 
bosqichlar kiradi: yirik hududiy-ma’muriy birliklarga, erroziyaga qarshi tadbirlarning bosh 
sxemalarini tuzish ayrim suv havzalari va shamol erroziyasi rayonlariga erroziyaga qarshi 
tadbirlarning bosh sxemalarini tuzish, ayrim suv havzalari va shamol erroziyasi rayonlariga 
erroziyaga qarshi tadbirlar sxemalarini ishlab-chiqish: Ichki-xo’jalik yer tuzishidagi erroziyaga 
qarshi kompleks loyihalash: o’rmon-meliorativ ob’ektlarini va gidrotexnika inshootlarini 
texnik jihatdan loyihalash va boshqa shunga o’xshash erroziyaga qarshi o’tkaziladigan tadbirlar 
davlat byudjeti mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi. 
Erroziyaga uchragan katta maydonlarda erroziyaga qarshi ishlar bajarilgan va amalda 
dehqonchilikni erroziyaga qarshi regional tizimlari joriy qilingan bir qancha joilarda bu 
choralar tuproqning shamol erroziyasini tuxtatish, unumdor tuproq qoplami yuvilishini 
kamaytirish, jarliklarning ko’payishiga barham berish, qishloq xo’jalik mahsuloti 
isrofgarchiligini kamaytirish, yer unumdorligini oshirish imkonini beradi. 


17 
Hozirgi vaqtda foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish ko’payib bormoqda. Bu 
narsa aholi zich yashaydigan va qishloq ho’jaligi uchun qulay yerlarda buzilib, ishdan chiqib 
qoladigan maydonlarni ko’payishiga olib keladi. Shu munosabat bilan buzilgan yerlarni qayta 
tiklash, haydash, ulardan dehqonchilik, yaylovlar, o’rmonlar va suv havzalari qurish uchun 
foydalanish hamda xo’jalik qiymatini tiklash juda zarurdir. 
Qum va shag’allari qazib olingan yerlarni qayta tiklash, ayniqsa ishlatilib bo’lingan 
konlarni qayta tekislab, ekin ekadigan yerlarga aylantirish natijasida bu maydonlarni 
unumdorligini saqlabgina qolmay balki uni oshiradi ham. 
1998 yilda Oliy Majlis qabul kilgan yer kodeksida yerdan foydalanish tartibi, yerga 
egalik qilish va undan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish bo’yicha iqtisodiy hamda huquqiy 
chora-tadbirlar ishlab chiqildi, natijada yer munosabatlarini yaxshi yo’lga ko’yish uchun, ularni 
muhofaza qilish va samarali foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin