95
Melioratsiya fondlari
guruh va
turlari
Amortizatsiya
ajratmalari umumiy
me’yori %
Shu jumladan
kapital
remontga %
Fondlar xizmat
qilishining me’yor
muddati, yil.
Fondlar xizmat
ko’rsatishi muddati
uchun kap.rem
qiymati %
Xo’jalilararo va ichki xo’jalik
sug’orish kanallari (qoplamasiz
yer, tosh, beton va temir beton
qoplamalari kanallar)
Ochiq yer kanallaridan qurilgan
xo’jaliklararo va xo’jalik ichki suv
olish va tashlash hamda kollektor-
drenaj shaxobchasi
Kanallardagi gidrotexnik
inshootlar (tartibga soluvchi
shlyuzlar, mastoprovodlar, suv
tushirgichlar, tezokarlar,
dyukerlar, akveduklar, tosh, beton
va temir beton kanallar)
Asbtsiment sopol va plastmassa
trubalaridan kurilgan yepiq
kollektor-drenaj shaxobchasi
Yer tug’risidagi
suv omborlari
Ko’chma nasos stantsiyalari
Yemg’ir mashinalari va
qurilmalari
Yerlarni yaxshilashga kapital
xarajatlar
3,8
4,0
3,8
3,2
1,35
12,5
12,5
12,0
1,8
2,0
1,3
0,7
-
6,5
6,5
-
50
50
40
40
75
8
8
8,5
90
100
52
28
-
52
52
-
Amortizatsiyaning amaldagi me’yorlari jismoniygina emas, balki ma’naviy eskirishni
ham hisobga oladi. Ular avvalgi me’yorlarga nisbatan renovatsiyaga
amortizatsiyaning ancha
oshirilgan me’yorlariga egadirlar. Melioratsiya fondlarining ko’p turlari bo’yicha kapital
remontga amortizatsiya ajratmalari kamaytirilgan. Natijada fondlar xizmat ko’rsatishi muddati
uchun kapital ta’mirlash ulushi qiymati kamaytirildi.
Shuni ham hisobga olish kerakki, amortizatsiya ajratmalari hozirgi vaqtda suv iste’mol
qiladigan xo’jaliklarning ichki xo’jalik melioratsiya fondlari bo’yicha o’tkaziladi.
Xo’jaliklararo melioratsiya fondlari amortizatsiya ajratmalari o’tkazilmaydigan byudjet
tashkilotlari balansida turadi. Bunday holda kapital ta’mirlash byudjet mablag’lari
hisobidan
o’tkaziladi.
Suv–melioratsiya xo’jaligida xizmat qilish muddati katta bo’lgan ishlab chiqarish
ob’ektlari ko’pchilikni tashkil etadi, shuning uchun bunda amortizatsiya ajratmalari o’rtacha
me’yorlari katta bo’lmay 4-6% ni tashkil etadi. Davlat sug’orish tizimlari fondlari bo’yicha
96
amortizatsiya o’rtacha me’yori 4,4% ni, shu jumladan fondlarni ishlatish o’rtacha muddati 38
yil bo’lganda 1,8% ni, ichki xo’jalik fondlari bo’yicha – tegishli ravishda 4,1%, 1,7% va 42
yilni tashkil etadi.
Suv ta’minoti tizimlari melioratsiya
tizimlaridan mashinalar, metal konstruktsiyalari
katta ulushi bilan ajralib turadi, oqibatda o’rtacha amortizatsiya me’yori 5-10% ni tashkil etadi.
Amortizatsiya asosiy fondlar qiymatidan har oyda yillik me’yorning 1:12
qismi
miqdorida yozib boriladi. To’la yillik tiklash (revnotsiya) ga amortizatsiya ajratmalari summasi
davlat byudjetiga o’tkaziladi va kapital xarajatlarni pul bilan ta’minlash manbalaridan biri
hisoblanadi. Xo’jalik hisobiga o’tkazilgan korxonalarda bu ajratmalarning 40% gachasi
korxonaning o’z ixtiyerida qoldiriladi va asosiy fondlarni tiklash
hamda kengaytirish uchun
foydalaniladi. Kapital ta’mirlashga ajratmalar to’la ravishda korxona ihtiyerida qoldiriladi va
ulardan maqsadli ishlarda foydalaniladi. Suv xo’jaligi korxonalarining to’la xo’jalik hisobi, o’z
xarajatini o’zi qoplashga va o’zini–o’zi pul bilan ta’minlashga o’tishi hamda suvdan pulli
foydalanish joriy etilishi munosabati bilan barcha amortizatsiya
ajratmalari kengaytirilgan
takror ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun korxona ixtiyerida qoldiriladi.
Ichki xo’jalik sug’orish shaxobchasining yillik ekspluattsion chiqimlarida amortizatsiya
ajratmalari 50% dan ko’prog’ini tashkil etadi. Bu butun xo’jalikdagidan ancha ko’pdir. Har
yilgi xarajatlardagi amortizatsiya ajratmalarining katta ulushi ularni asosiy fondlardan
foydalanishni yaxshilash hisobiga mahsulot birligi hisobida kamaytirish zarurligini ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: