O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Aylanma mablag’lar tarkibi, tarkibi va me’yorlashtirilishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

 
4.4. Aylanma mablag’lar tarkibi, tarkibi va me’yorlashtirilishi 
 


100 
Har bir korxonaga me’yoriy ishlab chiqarish faoliyati olib borish uchun asosiy fondlar 
bilan birga aylanma fondlari (mehnat predmetlari) ham kerak bo’ladi. Suv xo’jaligi 
tashkilotlarining aylanma fondlari ikki asosiy qismga-ishlab chiqarish zahiralari va ishlab 
chiqarishdagi mablag’larga bo’linadi. 
Aylanma fondlarning birinchi qismi shu bilan shartlanganki, ishlab chiqarishda 
qatnashadigan mehnat predmetlari bitta ishlab chiqarish jarayonida sarflanadi. Shu tufayli 
ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz borishi uchun materiallar, yoqilg’i, xom ashe, ehtiyot 
qismlari kam qimmatli va tez eskiradigan predmetlarning ishlab chiqarish zahiralari hamda 
boshqa mehnat predmetlariga ega bo’lish zarur. 
Ishlab chiqarish zahirasi korxonaning belgilangan ishlab chiqarish topshirig’ini bajarish 
yuzasidan uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun navbatdagi rejali, davrda ko’zda tutilishi lozim 
bo’lgan xom ashe va materiallarning iloji boricha eng optimal miqdoridir. 
Tovar-moddiy boyliklar zahirasini rejalashtirishda kundalik ishlab chiqarish talabi va 
zahira me’yorlari hisobga olinadi. Xom ashyo va materiallarning o’rtacha kunlik sarfi yildagi 
ish kunlari soni hisobida mazkur materialga yillik talabning xususiy ajratmasi sifatida 
aniqlanadi. 
Xom ashyo va materiallarning ishlab chiqarish zahirasi joriy tayyorlov, sug’urta va 
mavsumiy zahiralarga bo’linadi. 
Joriy zahira ishlab chiqarishni zarur materiallar bilan ta’minlashga va ikki safar 
yetkazib berish navbatlari o’rtasidagi davrga mo’ljallangan bo’ladi. Uning kattaligi 
materialning o’rtacha sutkalik iste’moli miqdoriga va navbatdagi yetkazib berishlar o’rtasidagi 
intervalga bog’liq holda belgilanadi. 
Tayyorlov zahirasi ishlab chiqarishga materiallar jo’natish oldidan tayyorgarlik 
operatsiyalari (qabul qilish, yuk tushirish, saralash, quritish, komplektlash va xokazo) o’tkazish 
zarurati tufayli vujudga keladi. 
Sug’urta (garantiyali) zahirasi shaxobcha va gidrotexnika inshootlari avariyalari hamda 
ta’minotdagi uzilishlar xollarida materiallarga joriy talabdan ortiq miqdorda yaratiladi. Amalda 
sug’urta zahirasining me’yori materiallar notekis, yetkazib berish rejali muddatlaridan juda 
kechikib yetkazib berilgan xollarda joriy zahiraning 50% i miqdorida belgilanadi. 
Mavsumiy zahira yetkazib berilishi mavsumiy sharoitlar (qatnov to’xtab qolishi, kuzgi 
va bahorgi loygarchilik) tufayli uzoq tanaffuslar bilan bo’ladigan materiallardan tuziladi. 


101 
Sug’orish va zaxini qochirish tizimlarida ishlab chiqarish zahirasining miqdori ta’minot 
sharoitlariga bog’liq bo’ladi hamda mazkur zahira to’ldiriladigan muddatlar bilan belgilanadi.
Suv xo’jaligi ta’mirlash qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish zahirasi ancha yuqori 
bo’ladi. U ishlab chiqarish hajmi, iste’mol me’yorlari va ishlab chiqarish jarayoni xarakteriga 
bog’liqdir. 
Ishlab chiqarishdagi mablag’lar–tugallanmagan ishlab chiqarish ko’rinishida bevosita 
ishlab chiqarish jarayonida bo’lgan aylanma fondlarining ikkinchi qismidir. Ular 
tugallanmagan ishlab chiqarishni tashkil etadi. 
Ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz bo’lishini ta’minlash ishlab chiqarish soxasidagina 
emas, balki muomala soxasida ham mablag’larga ega bo’lish kerak. Shuning uchun korxona 
aylanma fondlari bilan birga muomala fondlariga ham egadir. Muomala fondlariga tayyor
lekin sotilmagan mahsulot qiymati, bajarilgan, lekin iste’molchi haqini to’lamagan ishlar 
qiymati, shuningdek, pul mablag’lari kiradi. Naqd pul mablag’larining bo’lishi yetkazib 
beruvchilar bilan xisob-kitob ish haqi va majburiyatlari bo’yicha operatsiyalar o’z vaqtida 
o’tkazilishini ta’minlaydi. 
Aylanma fondlari muomala fondlari bilan aylanma mablaglarini tashkil etadi. Qurilish 
tashkilotlarining aylanma mablag’larini tarkibi va (%larda). 
1. Aylanma ishlab chiqarish fondlari – 76. 
a) ishlab chiqarish zahiralari - 67. 
b) ishlab chiqarishdagi mablag’lar - 9. 
2. Muomala fondlari -24. 
a) hisoblardagi mablag’lar -19. 
b) pul mablag’lari - 5. 
Jami aylanma mablag’lar -100. 
Aylanma mablag’lar miqdori va ularning suv xo’jaligi ayrim turlari bo’yicha tarkibi 
keng chegaralarda o’zgarib turadi. Melioratsiya tizimlarida aylanma mablag’lar miqdori asosiy 
fondlarga nisbatan juda kamdir. Aylanma mablag’larining asosiy ulushi materiallar zahiralariga 
to’g’ri keladi. Qurilish-montaj tashkilotlarida aylanma mablag’lari ancha ko’p. Ular miqdori 
asosiy fondlardan ortiqdir. 
Aylanma va asosiy fondlar nisbati sug’orish tizimlarida 1:1.00 ni, qishloq xo’jalik 
korxonalarida 1:1,5 ni, qurilish tashkilotlarida 1:0, 75, 1:0,5 ni tashkil etadi. 


102 
Aylanma mablag’lar miqdori xo’jalik hisobidagi korxonalarda me’yorlashtiriladi. 
Aylanma mablag’lar me’yorlari uzluksiz ishlash uchun zarur bo’lgan eng kam zahiralardir. 
Me’yorlar ishlab chiqarish hajmi, mahsulot tannarxi darajasi va moddiy-texnika ta’minoti 
sharoitlariga bog’liq holda aylanma mablag’lari turlari bo’yicha belgilanadi. 
Aylanma mablag’larni me’yoriylashtirish iqtisodiy va moliyaviy ishning muhim 
uchastkasidir. Me’yorlashtirish yo’li bilan aylanma mablag’laridan oqilona foydalanishga 
erishiladi, ishlab chiqarish va muomala sohalari o’rtasida to’g’ri taqsimot ta’minlanadi. 
Pul ifodasidagi aylanma mablag’lari miqdori moliya rejalari tasdiqlanayotganda 
belgilanadi. Aylanma mablag’lari vujudga kelish manbalariga ko’ra o’z va qarz mablag’lariga 
bo’linadi. Har bir iqtisodiy mustaqil korxona shunday miqdorda o’z aylanma mablag’lariga ega 
bo’ladiki, natijada uzluksiz ishlash uchun ularga bo’lgan doimiy ehtiyojni ta’minlay oladi. Qarz 
mablag’lar (qisqa muddatli qarzlar) aylanma mablag’lariga me’yordan ortiq talab paydo 
bo’lgan mavsumiy yoki vaqtincha ehtiyojni qondirishga mo’ljallangan bo’ladi. 
Aylanma mablag’lar takror ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlashga qaratilgandir. 
Bunga eng tejamli usulda, aylanma mablag’larining eng kam miqdori bilan erishmoq kerak. 
Mablag’lar aylanishi bir ishlab chiqarish jarayoni davomida tugallanadi, ya’ni bir 
safargi doiraviy aylanish hisoblanadi. Aylanish davri mablag’larning ishlab chiqarishda va 
muomalada bo’lgan vaqtidan– tovarlarni ishlab chiqarish uchun olish momentidan ishlab 
chiqarilgan mahsulot haqini to’lash momentigacha bo’lgan vaqtdan tarkib topadi. Shuning 
uchun aylanish qancha tez tugallansa, ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun shuncha kam 
pul mablag’i kerak bo’ladi. Aylanishning sekin lashuvi qo’shimcha mablag’lar talab qiladi.
Aylanma mablag’lardan foydalanish darajasi ikkita ko’rsatkich bilan aniqlanadi: 
1) aylanishda bo’lishning muayyan vaqt ichida (kvartal, yil) aylanishlar sonini 
xarakterlaydigan koeffitsiyenti (Ko) bilan ko’rsatiladi. 
Ko Avp / Sob
Bunda: Avp – yalpi mahsulot qiymati, so’m. 
Sob – aylanma mablag’larning o’rtacha qoldig’i, so’m. 
2) kunlardagi bir aylanishning aylanishda bo’lishi yoki uzunligi bilan (Do) 
Do T. Sot / Avp T / Ko. 
Bunda: T – kunlardagi davrning davomiyligi (30, 90, 360). 


103 
Misol: qurilish tashkiloti bir yil ichida 3000 ming so’mlik ishlar hajmini bajaradi. Aylanma 
mablag’lari kvartal oxirida I–750 ming, so’m; II – 800, III – 850, IV – 600 ming so’m bo’ladi. 
O’rtacha yillik qoldiq–750 ming so’mni tashkil etdi.
Ko 3000 / 750 4 oborot.
Do 360. 750 / 3000 90 kun yoki 360 / 4 90 kun. 
Aylanma mablag’lari aylanishda bo’lishini jadallashtirish katta halq xo’jalik 
ahamiyatiga egadir. 
Aylanma mablag’lari aylanishda bo’lishini jadallashtirishning asosiy yo’llari ishlab 
chiqarish jarayoni davomiyligini kamaytirish, qurilish muddatlarini qisqartirish. Aylanma 
mablag’larining me’yordan ortiq zahiralari bo’lishiga yo’l qo’ymaslik sotiladigan mahsulot va 
bajarilgan ishlar ùisob-kitobini o’z vaqtida qilishdir. 


104 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin