5.5. Suv xo’jaligida ish haqi me’yorlari
Bozor iqtisodiyotiga o’tishda iqtisodiyotini rivojlantirish uchun ish haqiga eng muhim
rol ajratiladi. Ish haqi milliy daromadning bir qismi bo’lib, xodimlar o’rtasida mehnat miqdori
va sifatiga qarab taqsimlanadi. Ish haqi suv xo’jaligi xodimlari daromadlarining asosiy
manbaidir. Mehnatkashlarning daromadlari ish haqi bilangina cheklanib qolmaydi. Ishchi va
xizmatchilar ish haqidan tashqari ijtimoiy iste’mol fondlari hisobidan moddiy va madaniy
ne’matlar bir qismini ham oladilarki, ularga sotsial straxovaniye pensiya ta’minoti, pulsiz
o’qitish, pulsiz meditsina xizmati, bolalar muassasalarini ta’minlash va boshqa imtiyoz hamda
to’lovlar davlat sarflarini o’z ichiga oladi. Shuning uchun mamlakatimiz mehnatkashlari
daromadlarining umumiy hajmi ish haqi shaklidagi shaxsiy to’lovlar va ijtimoiy iste’mol
fondlaridan olinadigan qo’shimcha daromadlar bilan belgilanadi.
121
Korxonadagi ish haqini shunday tashkil qilishi kerakki, toki u ishlab chiqarish har
tomonlama yuksalishga, mehnat unumdorligi muttasil o’sib borishiga yerdam bersin.
Ish haqini oqilona tashkil etish asosini quyidagi printsiplar tashkil etadi. Mehnat
miqdori va sifatiga qarab haq to’lash real ish haqi mutasil o’sib borishini ta’minlash, ish haqi
o’sishi va mehnat unumdorligi o’rtasidagi to’g’ri nisbat moddiy manfaatdorlik, mehnatga haq
to’lashni to’g’ri tashkil etish shaxsiy va ijtimoiy moddiy manfaatdorlik uyg’unlashuvini
taminlaydi.
Ish haqi o’sishi darajasi va sur’atlari mehnat unumdorligi o’sishi suratlari bilan
belgilanadi. Mehnat unumdorligi o’sishi suratlarining real ish haqi o’sishi sur’atlaridan ustun
bo’lishi ishlab chiqarish rivojlanishi obektiv konuniyati hisoblanadi. Takror ishlab chiqarishni
kengaytirish va halq turmush darajasini tinmay yuksaltirish uchun sharoitlar shu holdagina
taminlanadi.
Mehnatga ko’ra haq to’lash printsipi mehnatni me’yorlash, tarif tizimi, haq to’lash shakl
va tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Mehnat va ish haqini tashkil etishning umumiy tizimida mehnatni me’yorlashga muhim
ahamiyat beriladi. Me’yorlash vositasida ishlab chiqarish me’yorlari, vaqt me’yorlari, xizmat
ko’rsatish me’yorlari belgilanadi ijtimoiy ishlab chiqarishda har bir xodim sarflagan mehnat
miqdorini o’lchash va baholash amalga oshiriladi. Me’yorlash mehnatning zarur me’yorini
belgilab, taqsimot me’yorini ya’ni ish haqi me’yorini ham belgilaydi. Me’yorlar darajasiga
ularning asoslanganligiga ish haqi ham bog’liq bo’ladi.
Me’yorlash mehnat miqdori o’lchagichi hisoblansa, mehnat sifati va uning intensivligini
hisobga oluvchi asosiy instrument tarif tizimidir.
Mazkur tizim orqali ish haqini davlat tartibga solishi amalga oshiriladi, turli tarmoqlar
ishchilari mehnatiga haq to’lash darajasi hamda turli ishlarning zarur differentsiyasiga
erishiladi.
Tarif tizimiga tarif malaka spravkalari, tarif setkalari va tarif stavkalari kiradi.
Bo’limlarni kollektiv, ijara va oila pudratiga o’tkazishda tarif-malaka spravochnigi va tarif
setkasi rejasi sarflarni shu jumladan texnalogik kartadagi ish haqi fondini belgilash instrumenti
hisoblanadi.
Tarif-malaka spravochnigida ishchilar kasblari va ishlar turlari ro’yxati, ishchilarning
razryadli setkasi bo’yicha xarakteriskasi ishchi nimalarni bilishi kerakligi keltirilgan bo’ladi.
Bundan tashqari unda mazkur kasbda bajariladigan ishlarning har bir razryadi uchun misollar
122
ham keltiriladi. Hozirgi vaqtda ishlar va kasblarning yagona tarif-malaka spravochnigi
(YeTKS) qo’llanilmoqda. Bu spravochnikda ishchilar kasblari vazirlik va idoralardan qatiy
nazar ishlab chiqarishlar hamda turlar bo’yicha guruhlangandir.
Tarif tizimining uchinchi moddasi tarif setkasi bo’lib, u turli razryadlardagi ishchilar ish
haqi darajasini belgilashga mo’ljallangandir. Tarif setkasi shkala bo’lib unda razryadlar va
ularga muvofiq keladigan tarif koeffitsiyentlari mazkur razryad tarif stavkasi birinchi razryadga
to’lanadigan haqdan necha barobar yuqoriligini ko’rsatadi.
Tarif tizimining uchinchi moddasi tarif stavkalaridir. Tarif stavkalari ishbay haq
to’lashda bir me’yor uchun yoki vaqtbay haq to’lashdagi vaqt birligidagi majburiyatlarning
muayyan doirasi uchun mehnat haqi darajasini belgilaydi.
Suv va qishloq xo’jaligida soatlik va kunlik tarif stavkalari qo’llaniladi. Soatli stavkalar
topshiriqlari buyumlar birligiga yoki operatsiyaga vaqt me’yori tariqasida qo’llaniladi. Oylik
stavkalaridan esa mehnatga haq to’lashning vaqtbay shaklida olinadi. Hozirgi kunda
xodimlarga oylik ish haqini hisoblash. Buning uchun 22-razryadli tarif setkasi qabul qilingan.
0-razryadda eng kam miqdordagi ish haqi belgilandi.
Har bir tarmoq uchun birinchi 0-razryad tarif stavkalari mazkur tarmoqning halq
xo’jaligi ahamiyati va mehnat sharoiti (ishlar ogirligi murakkabligi, sharoit zarurligi va
hokazo) hisobga olingan holda belgilanadi. Boshqa razryadlarning tarif stavkalari 0-razryad
tarif stavkasi va tegishli razryadli tarif koeffitsiyenti orqali belgilanadi.
Tarif stavkalari kasblar hamda ishlar turlari bo’yichagina farqlanib qolmay, balki
mehnatga haq to’lash shakllariga ham bog’liqdir. Ancha yuqori tarif stavkalari og’ir ishlarda va
mehnat sharoiti zararli bo’lgan ishlarda belgilanadi. Og’ir ishlarda tarif stavkalari 12%
oshiriladi, ayniqsa og’ir ishlar va ayniqsa zararli ishlarda 24% oshiriladi. Bunday ishlar
ruyxatini vazirlik tasdiqlaydi. Juda murakkab mashina va mexanizmlar mashinistlarga tarif
stavkalari soatiga eng yuqori koeffitsiyent etib belgilanish mumkin.
Ishchilarning ish haqi darajasi ham mehnatga haq to’lash shakl va stavkalarga bog’liq
bo’ladi. Qishloq va suv xo’jaligi korxonalari va tashkilotlarida mehnatga haq to’lashning ikki
shakli qo’llaniladi: ishbay hamda vaqtbay shakllari. Mehnatga ishbay haq to’lash shaklida
daromad ishlab chiqarilgan mahsulot yoki bajarilgan ish miqdoriga ko’ra, vaqtbay haq to’lash
shaklida esa ishlagan vaqt miqdoriga ko’ra aniqlanadi.
Mehnatga haq to’lashning ishbay shakli mehnatni to’la va aniq hisobga olish mumkin
bo’lgan joylardagi ishlarda qo’llaniladi. Suv xo’jaligi qurilishida ishbay haq to’lashda
123
ishchilarning 80% ishlaydi. Vaqtbay haq to’lash ishlab chiqarish me’yorlarini begilash qiyin va
maqsadga muvofiq bo’lmagan joylarda qo’llaniladi. Mehnatga vaqtbay haq to’lash boshqarish
va mashina hamda mexanizmlarga xizmat ko’rsatish, texnikani va sug’orish tizimini remont
qilish xodimlarga joriy qilinadi.
Mehnatga ishbay haq to’lash quyidagi tizimlarga egadir: bevosita ishbay va ishbay
mukofatli tizim. Bevosita ishbay tizimidagi ish haqi me’yorlari bajarilishiga bog’liq bo’lmagan
holda bir xil baholarda ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish) miqdoriga muvofiq
hisoblanadi. Haq to’lash ishlar kompleksi yoki pirovard mahsulot uchun o’tkaziladigan
mehnatga haq to’lash bevosita ishbay haq to’lash turlaridan biridir.
Hozirgi vaqtda mehnatga ishbay mukofatli haq to’lash eng ko’p tarqalgan haq
to’lashdir. Mehnatga nisbatan mukofatli haq to’lash tizimida ishchilar asosiy ish haqidan
tashqari muayyan miqdoriy va sifat ko’rsatkichlariga erishilganligi ishbay boholarda
hisoblangan mukofatlarni ham oladilar. Mukofot materiallar tejalganligi, ishlarni bajarish
muddatlari qisqarganligi ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish) yuqori sifatli bo’lganligi
uchun beriladi.
Mehnatga haq to’lashning ishbai tizimi ishlab chiqarish jarayonining xarakteriga
bog’liq holda individual, zvenoli va brigadali bo’lishi mumkin. Mehnatga zvenoli va brigadali
haq to’lash kollektiv mehnat talab qilinganda hamda ayrim ishchi mahsulotini ajratib ko’rsatish
iloji bo’lmaganda qo’llaniladi.
Gidrotexnika ob’ektlaridagi qurilish va montaj ishlarining katta qismi zveno yoki
brigada bajaradigan kollektiv ishlab chiqarish jarayonlaridan iborat bo’ladi. Shuning uchun bu
yerda akkord naryadlar bo’yicha brigadali haq to’lash qo’llaniladi. Suv xo’jaligi qurilishi
tashkilotlari kollektiv pudratga, qishloq xo’jalik tashkilotlari esa ijara va oila pudratlariga o’ta
boshladilarki, bu yerda mehnatga haq to’lashning asosiy shakli pirovard mahsulot miqdori
hamda sifati uchun haq to’lashdir.
Suv xo’jaligi qurilishi xodimlari mehnatiga haq to’lash barcha qurilish tashkilotlari
uchun belgilangan umumiy qoidalarga muvofiq o’tkaziladi. Qurilishdagi ish haqi summasi
yagona me’yor va baholar asosida belgilanadi. Texnika jihatidan asoslangan me’yor va baholar
"qurilish-montaj va remont-qurilish ishlarining yagona me’yorlari hamda baholari" (YeNiR)
to’plamida keltirilgan.
Bozor iqtisodiga o’tish sharoitida mehnatga haq to’lash ishbay shakli sohasining
qisqarishi va vaqtbay haq to’lashni qo’llanish sohasining kengaytirish sodir bo’lmoqda.
124
Mehnatga vaqtbay haq to’lash oddiy va vaqtbay mukofotli bo’lishi mumkin. Vaqtbay
mukofatli haq to’lash davriy ish haqidan tashqari tizim belgilagan miqdoriy va sifat
ko’rsatkichlari bajarilganligi hamda oshirib bajarilganligi uchun qo’shimcha mukofatlar
to’lashni ham ko’zda tutadi. Mehnatga vaqtbay mukofatli haq to’lash tizimining ulushi muttasil
ko’payib bormoqda.
Mehnatga haq to’lashning vaqtbay shaklida ish haqi tegishli razryadlar soatli tarif
stavkalari yoki maoshlar va ishlab berilgan vaqt miqdori asosida to’lanadi.
Injener-texnik xodimlar, xizmatchilar va kichik xizmat ko’rsatish xodimlari mehnatiga
lavozim maoshlari tizimi asosida vaqtbay haq to’lanadi. Rahbar va injener-texnik xodimlarning
oylik maoshlari egallab turilgan lavozim hamda yillik mahsulot miqdoriga bog’liq holda
belgilangandir, lavozimli maoshlari qurilish hamda ishlatish tashkilotlari ish hajmiga bog’liq
bo’lmagan holda belgilanadi.
Suv xo’jaligi qurilishida qurilish tashkilotlari qurilish-montaj ishlarining yillik hajmiga
bog’liq holda 3 guruhga bo’lingan. Bu guruhlarning har biri uchun o’z lavozim maoshlari
belgilangan.
Mehnatga vaqtbay haq to’lashda topshiriqlar sifati stavkasining 20-25% miqdorida
yozilishi mumkin. Injener-texnik xodimlar va xizmatchilar ishlab chiqarish quvvatlari o’z
vaqtidan va muddatidan ilgari ishga tushirilgani, yangi texnika joriy etilgani va hokazolar
uchun mukofatlanadilar.
Ishlatish suv xo’jaligi tashkilotlarida mehnatga haq to’lashning asosiy shakli vaqtbay
haq to’lashdir. Lekin ta’mirlash - qurilish va boshqa ishlarda qurilish tashkilotlari uchun
belgilangan ayrim haq to’lashda qo’llaniladi. Mehnatga vaqtbay haq to’lash liniyali boshqarish
apparati, shuningdek nasos stantsiyalari mashinistlari, mexaniklar, slesarlar va boshqa xodimlar
uchun qo’llaniladi. Suv xo’jaligi tizimlari rahbar xodimlari va mutaxassislari lavozim
maoshlarining darajasi ishlatish tashkiloti kiritilgan guruhga bog’liq bo’ladi.
|