128
Tabiat kuchlari in’omi sifatida olingan ortiqcha foyda bahoni takomillashtirish yo’li
bilan bugun halq foydasiga undirilib olinishi kerak. Bu yerda shunday xulosa kelib chiqadiki,
ortiqcha foydani davlat markaziy fondlariga o’tkazish maqsadida
davlat buyurtmasi orqali
xarid qilinadigan qishloq xo’jalik mahsulotlariga bahoni hududlar bo’yicha tabaqalash zarurati
yuzaga keladi.
Tumanlar bo’yicha qishloq xo’jalik mahsulotlari narxlarining tabaqalanishi har xil iqlim
sharoitlarida ish olib borayotgan xo’jaliklar foydalaridagi farqni kamaytiradi. Bunda har xil
qishloq xo’jaligi mahsulotlarining baho munosabatlari shu hudud ichida shunday bo’lishi
kerakki, shu soha, iqlim sharoitiga eng ko’p moslashtirilgan bo’lishi kerak. Masalan:
paxta
ekadigan hududlarda baho munosabatlari paxta tomonida bo’lishi kerak. Shunday qilib davlat
baholari qishloq xo’jaligini ilmiy asosda rivojlanishiga yordam berishi kerak.
Baholarda farq qanchalik ko’p bo’lsa, ular shuncha ko’p vazifalarini bajaradilar. Shu
munosabatlar bilan qishloq xo’jalik mahsulotlari baholarini hududlar ichidagi tabaqalanishi
katta ahamiyatga ega. Qishloq xo’jalik mahsulotlarining hududiy bahosi asosida uning tannarxi
yotadi. Mahsulot sifatini hisobga olish bahoni dalillar bilan iqtisodiy asoslashga yordam beradi.
Agar mahsulotlarning sifati asosiy talablarga javob bermasa, sifati past bo’lsa, unga
to’lanadigan pul kam bo’ladi: Agar mahsulot sifati yuqori bo’lsa, unga qo’shimcha narx
to’lanadi. Bug’doyning qattiq va baquvvat navlari uchun
yumshoq navlariga qaraganda
o’rtacha qirq foiz ko’p pul to’lanadi. Xo’jaliklar tomonidan sotiladigan xom ashyolar narxi
ularning navlariga qarab farqlanadi, tabaqalarga bo’linadi. Masalan,
paxta xom ashesining I, II
navlariga har xil bahoda pul to’lanadi. Qoramollarning narxlari ularning semiz, orriq, katta, kichik,
o’rtacha bo’lishiga qarab belgilanadi. Mahsulotlar sifatiga qarab ularni har xil baholi tabaqalarga
ajratish asosida hammadan ko’proq jamiyat manfaat ko’radi va yuqori
sifatli mahsulot ishlab
chiqarishga ketgan qo’shimcha xarajatlar qoplanadi.
Sabzavot va mevalarga qo’yiladigan baholar ularning sotilish muddatiga qarab farq
qilinadi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarining xususiyatlariga qarab ularning narxini belgilashning
asosiy printsiplari ishlab chiqilgan.
Ular quyidagilar:
a) Qishloq xo’jalik mahsulotlarining narxi qishoq xo’jaligining barcha hududlar va
tumanlarida qishloq xo’jaligining
barcha korxonalari tomonidan, bu mahsulotlarni o’rtacha
shart-sharoitlarda ishlab chikarishga ketgan xarajatlarni qoplash va xo’jalikni boshqarish uchun
129
zarur bo’lgan ijtimoiy zaruriy xarajatlarning o’rnini to’ldirish hamda zarur bo’lgan sof foydani
olishga qarab belgilanishi kerak.
B) Qishloq xo’jalik mahsulotlarining bahosi har xil tumanlarda har xil tabiiy iqtisodiy
sharoitlarda ishlab chiqarishga qarab va qishloq xo’jalik tashkilotlari tomonidan sotilish
shartlarini tenglashtirishga qarab tabaqalarga ajralishi kerak.
V) Baholar vujudga keltirilgan sof foydani qayta taqsimlashning
iqtisodiy richagi
vazifasini bajarishi kerak.
Qishloq xo’jalik mahsulotlariga qo’yiladigan baholarning o’zaro munosabatlari bu
mahsulotlarining har bir birligiga ketadigan xarajatlarini qoplashi kerak,
bu iqtisodiy
asoslangan bo’lishi kerak.
Mahsulotlar bahosining o’zaro munosabatlari tuzilishining asosi uchun qishloq
xo’jaligining asosiy mahsuloti bo’lgan donni yetishtirishga ketgan mehnat olinadi (jonli va
avvalgi mehnat). Donning bahosi boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlari narxini belgilashda juda
muhim o’lchov bo’lmog’i shart deb hisoblanadi.
-Yuqori sifatda va o’z paytida eng zarur mahsulotlarni ishlab chiqarish narxi orqali
moddiy rag’batlantirish kerak.
-qishloq xo’jalik mahsulotlarining talab va takliflarning o’zaro
munosabatlarini
hisobga olgan har xil narxlar orasidagi iqtisodiy asoslangan farqqa amal qilish kerak
-qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda narxning bahosi, qiymatning
bahosiga teng printsipi bajarilishi shart. Qishloq xo’jaligini
iqtisodiy ustuvor yuqori
ko’tarishda, rivojlantirishda baho muhim ahamiyatga ega omildir.
Dostları ilə paylaş: