130
shuki, bunda baholar sof foydani va yana jamg’arma iste’mol fondlarini tarmoqlar orasida
taqsimlanishida qurol bo’lib xizmat qiladi. Har xil mahsulotlar narxlarining cheklanishi qishloq
xo’jalik mahsulotlarining ishlab chiqilishi tarmoqlarda foyda miqdorining notekisligini keltirib
chiqaradi. Narxlar yordamida davlat yaxshi iqlim va iqtisodiy
sharoitlarda ishlaydigan
xo’jaliklardan qo’shimcha sof foyda undirib oladi. Qishloq xo’jaligida mulkchilikning ikki xil
sharti asosida davlat bahosi va bozor baholari bor.
Davlat baholari davlat korxonalari va xo’jaliklarning o’z mahsulotlarini davlat va
kooperativ tizimlari orqali sotganlaridagi o’zaro munosabatlarida taqsimlanadi. Bozor baholari
davlat tomonidan qo’yilmaydi, balki talab va takliflar asosida va davlat kooperativ savdosining
hajmi asosida tarkib topadi. Qishloq xo’jaligida quyidagi narx ko’rinishlari bor:
harid narxi,
ulgurji narx, vosita savdosi narxi, kelishuv narxi, chakana narx, bozor narxi, hisob narxi, smeta
qiymati narxi-rasmiy suratda belgilangan haq miqdori narxlari va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: