O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Xo’jaliklararo sug’orish tizimlari suvini ishlatish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

6.3. Xo’jaliklararo sug’orish tizimlari suvini ishlatish
chiqimlari va tannarxi 
 
Qishloq xo’jaligidagi sug’orish manbalaridan suv olishdan sug’orishgacha bo’lgan 
jarayonni qamrovchi yagona agromelioratsiya kompleksi bo’lgan sug’orish tizimi ikkita 
mustaqil korxona qaramog’idadir. Sug’orish tizimlarining xo’jaliklararo qismini ishlatishni suv 
xo’jaligi tashkilotlari (KG’SXT)
1
xo’jalik ichki qismini ishlatishni esa suv iste’molchilari 
bo’lgan xo’jaliklar amalga oshiradilar. Yerlarni sug’orish bilan bog’liq sarflarni tegishli 
ravishda (KG’SXT) va qishloq xo’jalik korxonalari qiladilar. Ular tizim xo’jaliklararo qismini 
ishlatish, tizim xo’jalik ichki qismini ishlatish hamda sug’orishlar o’tkazish sarflaridan tarkib 
topadi. 
Sarflarni hisobga olishning mavjud tartibida hamda sug’oriladigan yerlardan olingan 
qishloq xo’jalik mahsulotini tannarxini hisoblashda xo’jaliklararo shaxobchasini saqlash 
xarajatlari qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi chiqimlarida aks ettirilmaydi. KG’SXT Xarajatlari 
byudjet mablag’lari hisobidan qoplanadi. Sarflarni ikkinchi qismi-xo’jaliklar melioratsiya 
shaxobchasini saqlash va sug’orishlar o’tkazish xarajatlari-sug’oriladigan yerlardan olinadigan 
mahsulot tannarxiga kiritiladi. Bunda xo’jaliklararo melioratsiya chiqimlari umumiy sarflarda 
1
+/СХТ - +ишло= ва сув хыжалик ташкилотлари 


134 
anchagina ulushni tashkil etadi. Davlat xo’jaliklararo tizimlarining qishloq xo’jalik 
mahsulotidagi ulushi mahsulot turi, gidrotexnika inshootlari balansli tannarxi, iste’mol 
qilinadigan suv miqdoriga bog’liq holda 10 dan 15% gacha ayrim tizimlar bo’yicha esa 20% 
gacha tebranib turadi. 
Suv xo’jaligi tashkilotlarining xarajatlari mazmuni, hajmlari va tarkibiga ko’ra o’z 
xususiyatlariga egadir. Suv melioratsiya xo’jaligining xususiyati-asosiy fondlarining baland 
qiymatidir, binobarin ishlab chiqarish chiqimlaridagi amortizatsiya ishlatmalari ulushining 
balandligi. Lekin tizim byudjet yo’li bilan moliyalashtirilsa davlat xo’jaliklararo tizimlarida 
amortizatsiya ajratmalari qilinmaydi. Amortizatsiya ajratmalarisiz ishlatish chiqimlari tizimda 
amortizatsiya hisobga olingan summaga nisbatan taxminan 40-50% kamaytirilgan bo’ladi. 
O’zbekiston qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tizimiga kiradigan tizimlarini ishlatadigan 
boshqarmalar va boshqa ekspluatatsion suv xo’jaligi tashkilotlarida sarflarni rejalashtirish va 
hisobga olish kapital ta’mirlash ekspluatatsion xarajatlari hamda sarflari ko’rsatiladigan yagona 
shakl bo’yicha olib boriladi. O’z navbatida eskpluatatsion xarajatlar quyidagi turlardagi 
tadbirlarni o’tkazishga bo’linadi: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin