131
Mahsulot yoki ishning tannarxi darajasi yetarli darajada ob’ektiv
va aniq bilib olinishi
mumkin. U jami mehnat sarflari va ishlab chiqarish samaradorligining o’lchagichi rolida
namoyon bo’ladi. Bu sintetik ko’rsatkichda korxonaning butun xo’jalik faoliyati aks etadi:
mahsulot tannarxi qancha past bo’lsa, xo’jalik faoliyati darajasi shuncha yuqori bo’ladi.
Mahsulot tannarxini pasaytirish muammosi qisqa muddatli xodisa bo’lmay, balki katta
halq xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan doimiy vazifadir. Mahsulot tannarxini pasaytirish
jamg’arish va tovarlar narxini tushurishining bosh manbai, shu bilan esa mehnatkashlar moddiy
turmushining sharoiti hamdir.
Tahlil maqsadlari va vazifalariga bog’liq hamda tannarxning bir necha turi farqlanadi.
Sarflar xarakteriga ko’ra ishlab chiqarish tannarxi va to’la tannarx ajratiladi. Ishlab
chiqarish tannarxiga mahsulot ishlab chiqarish va uni saqlash joyiga tashib keltirish bilan
bog’liq barcha sarflar kiritiladi. Xo’jalikda iste’mol qilinadigan
dehqonchilik mahsuloti
(masalan, oziqalar) ishlab chiqarish tannarxigagina egadir. Xo’jaliklararo davlat tizimlarida
ishlab chiqarish tannarxi tizim tannarxi deb ataladi.
To’la tannarxga ishlab chiqarish tannarxi va mahsulotni iste’molchiga yetkazib berish
bilan bog’liq qo’shimcha xarajatlar (tashish, saqlash xarajatlari, yo’qotishlar va xokazo) kiradi.
Sug’orma dehqonchilikning davlatga sotiladigan butun tovar mahsuloti to’la tannnarxga egadir.
Sug’oruv suvining to’la tannarxi xo’jaliklararo (tizimlararo) va xo’jalik ichidagi sarflar
summasi bo’yicha aniqlanadi. U tizim tannarxidan bir necha barovar ko’pdir.
Ishlab chiqarish miqiyosiga ko’ra individual tannarx va tarmoq (yeki ijtimoiy) tannarx
farqlanadi. Individual tannarx-mahsulot ishlab chiqarishga korxona qilgan sarflardir. Tarmoq
tannarxi tarmoq korxonalari bo’yicha mahsulot birligi ishlab chiqarishga
qilingan sarflar
o’rtacha darajasini ifodalaydi.
Ishlab chiqarishdagi ahamiyatiga ko’ra tannarx rejali va haqiqatdagi (xisobot) tannarxga
bo’linadi. Yangi ob’ektlar loyihalanayotganda rejali tannarxning bir turi bo’lgan loyiha
tannarxi belgilanadi. Rejali tannarx me’yorlar bo’yicha, hisobot tannarxi esa korxonaning
haqiqatdagi sarflari bo’yicha hisoblab chiqiladi. Rejali va haqiqatdagi tannarxlar individual va
tarmoq, ishlab chiqarish va to’la tannarx ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Tannarxning sanab o’tilgan har bir turi iqtisodiy ko’rsatkich sifatida mustaqil
ahamiyatga ega bo’lib sarflar hajmini chuqurroq tahlil qilish va ularni kamaytirish yo’llarini
aniqlash imkonini beradi.
132
Buyumning iqtisodiy mazmuniga ko’ra barcha sarflar muayyan guruhlar va turlarga
bo’linadi. Rejalashtirish va hisobga olishda sarflar moddalar va tannarxni hisoblash moddalari
bo’yicha guruhlanadi.
Sarflarni moddalar bo’yicha guruhlash asosida xarajatlar iqtisodiy mazmunining belgisi
tashkil etadi. Moddama-modda sarflar ularni qayerda qilinganligi va mahsulotning qaysi turiga
taalluqligi bo’lishidan qat’iy nazar barcha sarflarni birlashtiradi. Moddalar bo’yicha
guruhlashda suv xo’jaligi korxonalarning sarflari 4 guruhga bo’linadi: ish haqi,
materiallar,
xom ashyo, yonilg’i, elektr energiyasi, amortizatsiya, boshqa pul sarflari. Bunday guruhlash
butun korxona bo’yicha sarflarning mazkur turi umumiy hajmini aniqlash uchun zarurdir.
Mahsulot yoki ishlar ayrim turlari tannarxini aniqlash uchun sarflar ucheti ayrim
kalkulyatsiya moddalari bo’yicha o’tkaziladi. Kalkulyatsiya moddalarining nomenklaturasi har
bir tarmoq uchun uchet, rejalashtirish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiyalash bo’yicha
tarmoq qoidalarida ko’zda tutiladi. Moddama-modda uchet sarflarini ularning ishlab chiqarish
jarayoniga munosabati bo’yicha mahsulot birligiga kiritish usuli bo’yicha va ishlab chiqarish
hajmi bilan aloqa bo’yicha guruhlash maqsadini ko’zlaydi.
Mahsulot yoki ish birligi tannarxini hisoblash tannarx kalkulyatsiyasi deb ataladi.
Mahsulot tannarxini kalkulyatsiyalashda avval barcha moddalar bo’yicha sarflar umumiy
hajmini aniqlab olish, keyin bu sarflarni mahsulot turlari bo’yicha taqsimlash va shu asosda
mahsulot har bir turi tannarxini aniqlash zarur.
Suv melioratsiya xo’jaligida berilgan suvning 1 m
3
i, sug’oriladigan maydonning 1
gektari, yer ishlari va boshqa mexanizatsiyalangan ishlarning 1000 m
3
i, sug’orma
dehqonchilikda esa qishloq xo’jalik mahsulotining 1 sentneri kalkulyatsiyalanadi.
Ishlab chiqarish sarflari tarkibiga ko’ra ikki turli bo’ladi: bir moddadan tarkib topgan
oddiy sarflar, bir necha moddani o’z ichiga oladigan, lekin bir xil ishlab chiqarish ahamiyatiga
ega bo’lgan kompleks sarflar.
Kalkulyatsiyalashda sarflarni mahsulot tannarxiga kiritish usuliga ko’ra ular to’ppa-
to’g’ri bevosita va bilvosita (ustama) sarflarga bo’linadi. To’ppa-to’g’ri sarflar texnologik
jarayon bilan bevosita bog’liq bo’lib, mahsulot tannarxiga bevosita kiritilishi mumkin. Ularga
ishlab chiqarish ishchilarining ish haqi xom
ashyo va materiallar qiymati, amortizatsiya va
hokazolar sarf kiritiladi.
Bilvosita (ustama) xarajatlar asosan ishlab chiqarishni tashkil etish bilan shartlangan
bo’lib, ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish va uni boshqarish bilan bog’liqdir.
133
Bilvosita (ustama) xarajatlar mahsulot tannarxiga proportsional yo’li bilan kiritiladi.
Ular tarkibiga ma’muriy boshqaruv va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar ish haqi, devonxona va
pochta telegraf xarajatlari hamda ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish va boshqaruv bo’yicha
boshqa sarflar kiradi.
Ishlab chiqarish hajmi bilan aloqasiga ko’ra sarflarni shartli o’zgaruvchan va shartli
barqaror turlarga bo’lib qabul qilingan. Bunday bo’lish sarflar
ayrim moddalarining ishlab
chiqarish hajmiga turlicha bog’liqligi bilan shartlangandir. Shartli o’zgaruvchan xarajatlar
ishlab chiqarish hajmiga proportsionaldir: mahsulot qancha ko’p ishlab chiqarilsa, moddiy
mablag’lar va ishlab chiqarish hodimlariga ish haqini shuncha ko’p sarflash kerak bo’ladi.
Shartli barqaror sarflar ishlab chiqarish hajmi o’sgani sari qariyb o’zgarmaydi. Doimiy
xarajatlarga amortizatsiya ajratmalarini, ma’muriy boshqaruv xarajatlarini kiritish mumkin.
Doimiy xarajatlarning mahsulot tannarxidagi ulushi mahsulot qancha ko’p ishlab chiqarilgan
bo’lsa, shuncha kam bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: