118
Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish bo’yicha
tuzilgan dastur mehnat
unumdorligini oshirish yuzasidan katta vazifalarni belgilab beradi. Mehnat unumdorligini jadal
o’stirish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning hal qiluvchi omili bo’lib qolmoqda.
Suv va qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligini oshirish ko’p omillarga bog’liq
murakkab muammodir. Mehnat unumdorligini o’stirish omillarini quyidagi besh guruhga
bo’lish mumkin: moddiy texnika, tashkiliy, iqtisodiy, sotsial va tabiiy.
Mehnat unumdorligini oshirishning barcha omillari o’zaro chambarchas bog’liqdir.
Mehnat unumdorligi agar barcha omillar unga kompleks ta’sir o’tkazsa, tez sur’atlar bilan o’sib
boradi. Bu omillaarni tahlil qilish va o’rganish oson bo’lishi uchungina ayrim-ayrim ko’rib
chiqish mumkin.
Mehnat unumdorligini oshirishning moddiy texnika omillariga melioratsiya tizimlari va
inshootlarining texnika darajasini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirish darajasi, mashinalar,
qudratini oshirish, mehnatning energiya bilan
qurollanishini o’stirish kiradi.
Suv xo’jaligi qurilishidagi fan-texnika taraqqiyoti yuqori KPD ga ega bo’lgan
gidromelioratsiya tizimlarining texnika darajasini izchil o’stira borishi, tizimlar va inshootlarni
boshqarishni avtomatizatsiyalash va telemexanizatsiyalashning ilg’or usullarini joriy qilish
imkonini beradi.
Melioratsiya va qurilish mashinalari hamda uskunalar quvvatini oshirishga alohida
ahamiyat berilmoqda. Suv-melioratsiya ishlab chiqarishni qudratli yuqori unumdor mashinalar
bilan ta’minlash, mehnat sarflari kamayishiga olib keladi.
Mehnat unumdorligi ko’rsatkichi bu o’sish asosiy omillari bilan o’zaro aloqada (fond
bilan ta’minlanganlik darajasi bilan) tahlil qilinishi va fond bilan ta’minlash
bilan birgalikda
mehnat unumdorligi darajalarini asoslashga kompleks yendashishni ta’minlash kerak.
fоотf
r
r/Ф
/
r
Ф
Ф
А
Ф
А
А
В
bunda: F- asosiy ishlab chiqarish fondlari;
fot- fond samarasi;
f v- mehnatning fond bilan ta’minlanganligi.
Fondlardan foydalanish samaradorligini oshirishning eng muhim shart-sharoiti mehnat
unumdorligining, uning fond bilan ta’minlanganligi o’sishiga nisbatan ustun darajada
o’stirishidir.
119
Mehnat unumdorligi o’sish uchun tashkiliy omillar katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Ularga ishlab chiqarishni optimal jamlash va ixtisoslashtirish, mehnatni tashkil etishni
takomillashtirish va mehnatni ilmiy
tashkil etishni joriy qilish, ishlab chiqarish va mehnat
intizomini mustahkamlash kiradi.
Suv xo’jaligi remonti-qurilish va ishlatish tashkilotlarini optimal hajmlariga
yiriklashtirish ma’muriy boshqaruv apparati va yerdamchi ishchilar sonini qisqartirish imkonini
beradi. Yirik ishlab chiqarishda texnikadan yaxshiroq foydalaniladi, ilmiy yutuqlar va ilg’orlar
tajribasi
tezroq
qo’llaniladi,
kapital
qo’yilmalardan
samaraliroq
foydalaniladi.
Ixtisoslashtirishni ijtimoiy mehnat taqsimoti tug’dirgan, mehnat taqsimoti esa doimo uning
unumdorgligi oshishiga olib keladi.
Mehnatni tashkil etishni yaxshilash uning unumdorligini oshirishning zarur shartidir.
Ko’pgina ishlarda ish vaqtini smena ichida yo’qotish hollari tez-tez uchrab turadi. Ular odatda
mehnatni
tashkil etishdagi kamchiliklar, material va xom ashyo bilan o’z vaqtida
ta’minlanmaslik, mehnat intizomi buzilishi hamda boshqa sabablar tufayli vujudga keladi.
Butun smenada to’xtab qolish va kechikishlarga barham berish, ish vaqti smena davomida
yo’qolishini kamaytirish ishlab chiqarishni ancha oshirish imkonini beradi.
Ish vaqtini yo’qotishni kamaytirish muammosi har bir ishlab chiqarish uchastkasidagi
asosiy muammolardan biridir. Ishlab chiqarish intensivlanganligi
munosabati bilan ish vaqti
har bir soati va minutining kadri oshmoqda, ularni yo’qotish esa sekinlik bilan kamaymoqda.
Shuning uchun barcha uchastkalarda vaqtni ochiqdan-ochiq va yashirin yo’qotishga qarshi
kurashish-mehnatni oqilona tashkil qilishdagi asosiy bo’g’in bo’lib qolmoqda.
Mehnat unumdorligi darajasi mehnatni ilmiy tashkil qilishga bog’liqdir. Mehnatni
ilmiy asosda tashkil etishni joriy qilish tajribasi mehnatning eng oqilona usullarini tanlash
asosida mehnat
jarayonlarini takomillashtirib, uning unumdorligi ancha oshishiga erishish
mumkinligini ko’rsatadi.
Mehnat unumdorligi o’sishiga mehnatni me’yorlash va unga haq to’lashni
takomillashtirish, moddiy rag’batlantirish tizimini to’g’ri qo’llanish singari iqtisodiy omillar
ham ta’sir o’tkazadi.
Hozirgi sharoitda ishlab chiqarishni moddiy rag’batlantirish masalalariga juda katta
ahamiyat berilmoqda. Mehnat unumdorligini oshirishda moddiy rag’batlantirishning roli
hozirgi bozor iqtisodi siyosati sharoitida eng to’la namoyen bo’lmoqda. Korxonalarning bozor
iqtisodiga o’z xarajatlarini o’zi qoplashga va o’zini - o’zi pul bilan ta’minlashga o’tkazilishi
120
hamda pirovard mahsulot miqdori va sifatiga ko’ra haq to’lashning amalga oshirilishi mehnat
unumdorligi o’sishining zarur shartidir.
Kadrlar madaniy-texnika darajasi va malakasini o’stirish,
xodimlar madaniy-maishiy
sharoitlarni yaxshilash, ma’naviy rag’batlantirish mehnat unumdorligi o’sishining eng muhim
omilidir.
Yuqori madaniy-texnika darajasiga ega bo’lgan muhim kadrlar yaratish ishning
muvofaqiyatini ta’minlaydi. Yuqori umumiy ma’lumot hozirligi bo’lgan ishchilar o’z
malakalarini tez oshirmoqdalar, unumli ishlamoqdalar. Bu kategoriyada mehnat intizomi
yuqori va kadrlar qo’nimsizligi pastdir.
Qishloq va suv xo’jaligidagi mehnat unumdorligiga tabiiy sharoitlar ta’sir o’tkazadi.
Joy relefidan, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish mehnat
sarflarini tejashga va
qishloq xo’jalik mahsuloti ishlab chiqarishni ko’paytirishga olib keladi.
Mehnat unumdorligini o’stirish muammosi ishlab chiqarishning ko’pgina boshqa
omillari bilan bog’liq kompleks muammodir. Bu omillarning mehnat unumdorligiga ta’siri
ko’p qirrali: ularning ayrimlari mehnat sarflarini kamaytirish va boshqalari mahsulot ishlab
chiqarishni ko’paytirishga olib keladi, uchinchilari ham jonli mehnatni tejashga, ham mahsulot
ishlab chiqarishni ko’paytirishga ayni vaqtda ta’sir o’tkazadi. Bu ko’pdan-ko’p va o’zaro
bog’liq omillardan kompleks foydalanilgandagina eng ko’p samaraga erishish mumkin.
Dostları ilə paylaş: