Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash darajalari turlicha bo’lganda mehnat sarfi
tarkibining o’zgarishi
Ko’rsatkichlar
Mexanizatsiya-
lashgacha
Mexanizatsiya-
lashning birinchi
bosqichi
Mexanizatsiyalash-ning
ikkinchi bosqichi
Jami mehnat sarfi
Birlik
shu jumladan
Jonli
avvalgi
Mahsulot ishlab chiqarildi,
birlik
mahsulot birligiga mehnat sarfi,
Birlik
Shu jumladan
jonli
Avvalgi
Jonli mehnat ulushi %
Avvalgi mehnat ulushi %
Ijtimoiy mehnat unumdorligi, %
100
80
20
100
1
0,8
0,2
80
20
100
100
60
40
125
0,8
0,48
0,32
60
40
125
100
30
70
200
0,5
0,15
0,35
30
70
200
Ijtimoiy mehnat unumdorligining oshishi ham jonli ham avvalgi mehnat sarfi
tejalishida ifodalanadi. Binobarin, mehnat unumdorligining oshishi pirovard natijada mahsulot
birligini ishlab chiqarish uchun zarur ish vaqtini tejashdan iborat bo’ladi.
Vaqtni tejash, ish vaqtini ishlab chiqarishning turli tarmoqlari bo’yicha rejali
taqsimlanish kabi kollektiv ishlab chiqarish asosidagi birinchi iqtisodiy qonun bo’lib,
qolaveradi.
Mehnat unumdorligining to’xtovsiz oshib borishi har qanday ijtimoiy taraqqiyotining
asosini tashkil etadi, iqtisodiy qonun shaklida namoyon bo’ladigan ob’ektiv qonuniyat
hisoblanadi. Mehnatning jami sarfi nuqtai nazaridan mehnat unumdorligining o’sishi ayni
vaqtda mahsulot tannarxi pasayishini ham bildiradi.
Jonli va o’tmish mehnat nisbatidagi avvalgi mehnat foydasiga sodir bo’ladigan
o’zgarish jonli mehnat rolini aslo kamsitmaydi. Aksincha, fan-texnika taraqqiyoti sharoitida
uning ahamiyati ko’proq ortadi. Buning ustiga avvalgi mehnat sarflarini o’lchash qiyinligini
112
ham qo’shib ko’rish kerak. Hozirgi vaqtda ijtimoiy mehnat unumdorligi mamlakat halq
xo’jaligi miqiyesidagina aniqlanadi, korxonalar va tarmoqlardagi mehnat unumdorligi darajasi
esa jonli mehnat sarfi bo’yichagina hisoblab chiqiladi.
Jonli mehnat miqdori vaqt bilan o’lchansa, mehnati sifati nima bilan o’lchanadi? Ishlab
chiqarish samaradorligining o’sishi mehnat sifatining oshishi bilan bevosita bog’liqdir. Mehnat
sifati mahsulot sifati bilan belgilanadi. Mahsulot har handay turining sifati uning ijrochilari
ishchilar, texnologlar, konstruktorlar mehnat sifati bilan belgilanadi. Shu tufayli mahsulot
sifatini rejali oshirib borish uchun avvalo bu mahsulotni yaratayotgan kishilar mehnati sifatini
boshqarmoq kerak.
|