97
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning umumlashgan ko’rsatkichi fond
samaradorligidir. Fond samaradorligi ko’rsatkichi asosiy fondlar birligiga pul ifodasida ishlab
chiqarilgan foyda miqdori bilan aniqlanadi. Hozirgi sharoitda bu ko’rsatkich rejalashtirish va
asosiy fondlar samaradorligi ucheti praktikasiga nisbatan keng qo’llaniladi.
Sug’orish va zaxini qochirish tizimlari uchun ular unumdorligining ko’rsatkichi
melioratsiya va qishloq xo’jalik fondlari birligiga to’g’ri keladigan qishloq xo’jalik
mahsulotining qiymatidir. 1) f
ot
A
vp
/
f
os
: 2) F
s
p
/
fos.
Bunda: fot fond unumdorligi, so’m.
Avp yalpi mahsulot qiymati, so’m.
Fos asosiy fondlar qiymati, so’m.
Fs fond samaradorligi, so’m.
P fondlardan foydalanish natijasida olingan foyda.
Fond samarasi ko’rsatkichi jami ishlab chiqarish fondlarining ham, ayrim holda asosiy
va oborot fondlarining ham samaradorligini xarakterlaydi.
Fond unumdorligidan tashqari tahlilda unga teskari bo’lgan fond sig’imi ham
qo’llaniladiki, bu mahsulot qiymati birligiga to’g’ri keladigan ishlab chiqarish asosiy fondlari
qiymatini xarakterlaydi.
Fem Fos
/
Avp.
Fond sig’imining kamayishi asosiy fondlarda buyumlashgan
mehnat tejamini
xarakterlaydi.
Asosiy fondlar tez ko’payishi munosabati bilan qishloq va suv xo’jaligida fond sig’imi
darajasi hozirgi vaqtda o’smayotir. Bunga qishloq xo’jalik mahsuloti ishlab chiqarish
sur’atlarining asosiy fondlar o’sishi sur’atlaridan orqada qolayotganligi sabab bo’lmoqda.
Suv-melioratsiya xo’jaligida asosiy fondlardan foydalanish ko’rsatkichlari qo’shimcha
qiymat emas, balki tabiiy ko’rinishda ishlatiladi. Melioratsiya
tizimlari asosiy fondlari
samaradorligini xarakterlovchi ko’pgina xususiy ko’rsatkichlar yer va suvdan foydalanish bilan
chambarchas tutashib ketadi. Shuning uchun yerdan foydalanish,
suvdan foydalanish va
shaxobchaning foydali ish koeffitsiyentlari melioratsiya tizimlari asosiy fondlaridan
foydalanish darajasini xarakterlaydi.
Melioratsiya tizimlari assosiy fondlaridan foydalanishni
xarakterlovchi fond
samarasining tabiiy ko’rsatkichlaridan biri sug’orish manbaidan olingan suv miqdori yoki
fondlar qiymati birligi hisobidagi xo’jalik ajratmasi nuqtasida berilgan suv miqdoridir.
98
Sug’orish tizimlari bo’yicha sug’orish manbalaridan suv olishning
tahlili olingan suv
miqdori oylar bo’yicha ko’p tebranib turishini ko’rsatadi. Melioratsiya fondlaridan oqilona va
samarali foydalanish uchun sug’orish shaxobchasida baravar ish bo’lishiga erishmoq kerak.
Sug’orish tizimi xizmat ko’rsatadigan sug’oriladigan yerlar hajmi melioratsiya
fondlaridan foydalanish samaradorligiga katta ta’sir ko’rsatadi.
4.3-jadval
Dostları ilə paylaş: