Tayyor mahsulot tannarxini hisoblashda quyidagi usullarga murojaat qilishadi:
hamma xarajatlarni hisobga olgan holda xarajatlarni kalkulyatsiya qilish yoki ularning bir
qismi bo’lgan o’zgaruvchan xarajatlarnigina hisobga olib, kalkulyatsiya qilish mumkin.
Qishloq xo’jaligida mahsulot birligining tannarxini pasaytirish eng zarur
masalalardan biridir. Mahsulot birligi tannarxini kamaytirish resurslar cheklangan sharoitda
katta ahamiyat kasb etadi. Mahsulot tannarxi to’g’ridan-to’g’ri ikki omilga bog’liq.
Birinchidan, yetishtirilayotgan mahsulotning miqdoriga bog’liq.
Yetishtirilayotgan
mahsulot miqdorining oshishiga nimalar ijobiy ta’sir etsa, ular ustida ishlash lozim bo’ladi.
Bularga dehqonchilikda quyidagilar kiradi:
- yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv resurslaridan samarali foydalanish
orqali hosildorlikni oshirish;
- mintaqa xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan qishloq xo’jaligi
ishlab
chiqarishini joriy etish;
- almashlab ekishni to’g’ri joriy qilish, talab va imkoniyatdan kelib chiqqan holda
ekin turlarini joylashtirishni ratsional tashkil etish;
- urug’chilikni yaxshilash, selektsiya ishlarini jonlantirish;
- mineral va organik o’g’itlardan foydalanishni ilmiy asosga qo’yish,
barcha
kimyoviy vositalardan samarali foydalanish;
- ishchi xodimlarning manfaatdorligini oshirish.
Dehqonchilik tarmoqlarida mahsulotlar tannarxining past bo’lishiga xarajatlarni
tejash ham katta ta’sir ko’rsatadi. Bu boradagi omillarga quyidagilar kiradi:
- ishlab chiqarish jarayonini kompleks mexanizatsiyalashtirish;
- ekinlarni parvarishlashda intensiv texnologiyalarni qo’llash;
- ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va joylashtirish;
- boshqaruv tizimini rivojlantirish hisobiga u bilan bog’liq xarajatlarni tejash va h.k.
Chorvachilik tarmog’ida mahsulot birligi tannarxining pasayishiga quyidagi omillar
ta’sir qiladi:
- chorvachilikning yem-xashak
bazasini mustahkamlash, yem-xashakning sifatini
oshirish va nisbatan arzon bo’lishini ta’minlash;
- chorva mollarining zotini, poda tarkibini yaxshilash;
- chorva mollarini saqlash, boqishda intensiv texnologiyalardan foydalanish;
- chorvachilikda ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirish;
- fondlardan foydalanishning eng maqbul yo’llaridan foydalanish;
- barcha xarajatlarni tejamkorlik
bilan amalga oshirish, bu borada mavjud
texnologiyalardan, ishlab chiqarishni tashkil etish shakllaridan samarali foydalanish;
- mahsulot nobudgarchiligiga yo’l qo’ymaslik.
Ushbu omillarning barchasiga katta e’tibor berish zarurati mavjud.
-
Dostları ilə paylaş: