Respublikamizda 1999 va 2000 yillarda yetishtirilgan jami o’simlikchilik mahsulotlari
(hamma toifadagi xo’jaliklarda,
ming tonna hisobida)
O’simlikchilik mahsulotlarining turlari
Yillar
1999
2000
Paxta
3600,0
3001,8
Kartoshka
657,8
731,0
Sabzavot
2680,0
2644,7
Meva, rezavor
489,1
790,9
Poliz mahsulotlari
517,5
451,4
Uzum
344,0
624,2
-jadval
Respublikamizda 1999 va 2000 yillarda jami ishlab chiqarilgan chorvachilik
mahsulotlari (hamma xo’jalik kategoriyalarida,
ming tonna hisobida)
Chorvachilik mahsulotlarining turlari
Yillar
1999
2000
Go’sht, so’yilgan vaznda
481,0
501,8
Sut
3543,4
3632,5
Tuxu-M, mln.dona
1239,6
1254,4
Jun, fizik holatda
15,7
15,8
Qorako’l teri, ming dona
712,0
747,6
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2000 yilda 1999 yildagiga nisbatan go’sht,
sut va qorako’l teri yetishtirish biroz ko’paygan.
Shuni aytish kerakki, qishloq xo’jalik mahsulotlarini yanada ko’paytirish uchun
fermer, dehqon va shirkat xo’jaliklarida juda katta imkoniyatlar mavjud.
10.3. Qishloq xo’jalik mahsulotlarining tannarxi, xarajatlarni qisqartirish,
mahsulotlar tannarxini pasaytirish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tarmoqlar, korxonalar miqyosida umumiy qiymat
ko’rsatkichlari bilan birgalikda o’rtacha xarajatlar, ya’ni tannarx ko’rsatkichi ham faoliyat
ko’rsatishi taqozo etiladi. Tannarx bozor iqtisodi sharoitida iqtisodiy kategoriya
hisoblanadi. Uning yordamida qishloq xo’jaligida yetishtirilayotgan mahsulotlar,
bajarilayotgan ishlar va ko’rsatilayotgan xizmatlarning bir birligi xo’jaliklar uchun qancha
so’mga tushganligi aniqlanadi. Ularning darajasi qiymatni ifodalovchi baholar darajasi
bilan taqqoslanishi natijasida olinadigan foyda yoki ko’riladigan zararlar darajasi
aniqlanadi. Bu ko’rsatkich xo’jaliklarning ichki boshqaruvchilari uchun juda muhimdir.
Hozirgi davrda mahsulot (ish, xizmat)ning ishlab chiqarish tannarxi aniqlanadi.
Tannarx deganda bir birlikdagi mahsulot ishlab chiqarish, ish va xizmatlarni bajarish uchun
sarflangan moddiy, mehnat, pul xarajatlari nazarda tutiladi. Uning mutlaq (absolyut)
darajasini aniqlash uchun barcha bevosita va bilvosita ishlab chiqarish xarajatlarining
umumiy summasi shu xarajatlar yordamida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot miqdoriga
taqsimlanadi. Qishloq xo’jaligida 1 s. mahsulotning narxi; 1 etalon gektarning; 1 tonna-
kmG’ning; 1 kvtG’soat elektroenergiyaning tannarxi aniqlanadi. Uni quyidagi formula
yordamida aniqlash mumkin:
)
,
(
Хм
Им
Мм
Их
Тн
;
Bunda: Tn – mahsulot, ish, xizmat tannarxi, so’mda;
Ix – ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy summasi, so’mda;
Mm (Im, Xm) – yalpi yetishtirilgan mahsulot, jami bajarilgan ish, xizmatlar
miqdori sen., tonnada, etalon gektarda…
Yetishtirilayotgan mahsulotlarning:
-
- ishlab chiqarish tannarxi;
-
- to’liq tannarxi, tijoriat tannarxi aniqlanadi.
Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini aniqlash usuli yuqorida keltirilgan. Uning
to’liq yoki tijorat tannarxi jami xarajatlarni (jumladan, sotish xarajatlari bilan) yetishtirilgan
yalpi mahsulot miqdoriga yoki sotiladigan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlari (ishlar va xizmatlar) ning haqiqiy hamda reja
tannarxlari aniqlanadi. Haqiqiy tannarx darajasi yil yakunidagi ma’lumotlar yordamida
hisoblanadi. Reja tannarxi esa normativlar, erishilgan ma’lumotlar asosida aniqlanib,
«Biznes reja»da aks ettiriladi.
Qishloq xo’jaligida barcha xarajatlarni amalga oshirish natijasida turli xildagi asosiy,
qo’shimcha hamda yordamchi mahsulotlar olinadi. Jumladan, paxtachilikda paxta
xomashyosi asosiy mahsulot hisoblansa, g’o’zapoyasi qo’shimcha mahsulot sanaladi.
Donchilikda don asosiy, somoni (poyasi) qo’shimcha mahsulotdir. Qoramolchilikda go’sht,
sut asosiy, buzoq qo’shimcha, go’ng esa yordamchi mahsulot hisoblanadi. Lekin
tarmoqdagi barcha xarajatlar asosiy mahsulotni yetishtirishga qaratilgan bo’ladi. Shundan
kelib chiqqan holda -chizmada aks ettirilgan ob’ektlar tannarx ob’ektlari hisoblanadi.
Mahsulot xarajatlari va tannarxini o’rganish boshqaruv hisobining muhim
bo’limlaridan biridir.
Mehnat va moddiy ko’rinishidagi to’g’ri xarajatlar bevosita aniq bir mahsulot yoki
xizmat turiga oid bo’lishi, umumishlabchiqarish xarajatlari mahsulot turiga qarab faqat
maxsus usullar yordamida taqsimlanishi mumkin.
Xarajatlarni taqsimlash - qilingan xarajatlarning aniq bir xarajat ob’ektiga borish
jarayonidir.
-chizma
|