O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universitet


Qadimgi Baqtriyaning kushon davri madaniyati



Yüklə 195,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix02.01.2022
ölçüsü195,84 Kb.
#37077
1   2   3   4   5   6   7
kushonlar davlati (1)

Qadimgi Baqtriyaning kushon davri madaniyati  

(miloddan avvalgi I - milodiy III asrlar) 

Miloddan  avvalgi  I  -  milodiy  III  asrlarda  hukmronlik  qilgan  Kushon  podsholigi 

nafaqat  Vatanimiz  tarixida,  balki  butun  Markaziy  Osiyo  tarixiy  o`lkalari  xalqlari 

iqtisodiy  va  madaniy  taraqqiyotida  muhim  o`rin  tutgan  davlatlardan biri  sanaladi. 

Kushon podsholigiga asos solgan qabilalar tarixiy manbalarda yuechji( yovchi) va 

toxarlar  deb  nomlangan.  Miloddan  avvalgi  II  asrning  to`rtinchi  choragida  asosan 

Baqtriyada  hukmron  bo`lgan  Yunon  -  Baqtriya  shohligi  Markaziy  Osiyoning 

shimoliy  hududlarida  istiqomat  qilgan  yuechji  qabilalarining  yurishi  tufayli 

inqirozga  uchragan.  Milodiy  I  asrga  kelib,  Baqtriyada  besh  katta  urug`  (Xyumi, 

Shuanmi,  Guyshuan,  Xeytun  va  Gaofu  -  yoki  boshqa  bir  manbada  Gaofu  o`rnida 

Dumi)  ga  bo`linib  yashagan  yuechji  qabilalari  Kujula  Kadfiz  tomonidan 

Guyshuan-  Kushon  urug`i  qo`l  ostida  yagona  davlatga  birlashtirilgan.  

     Kushon  davlatining  shimoliy  chegarasi  Janubiy  Hisor  tog`  tizmasiga  kirgan 

Boysuntog`  hisoblanib,  Kushon  hukmdorlari  o`z  davlatining  shimoliy 

chegaralarini mustahkamlash borasida ham tinimsiz faoliyat ko`rsatganlar.  

Boysuntog`dagi " Temir darvoza" va uning bilan bog`liq mudofaa istehkomlari ana 

shunday  inshootlardan  biri  hisoblanadi.  Vima  Kadfiz  va  ayniqsa,  Kanishka  I 

hukmronligida bu davlat tarkibiga Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston yerlari 

ham  kiritilgan  va  natijada  Kushon  davlati  Ko`hna  Dunyoning  Rim  imperiyasi, 



Parfiya  va  Xan  Xitoyi  bilan bir  qatorda turgan buyuk  davlatga  aylangan. Milodiy 

III  asr  oxirida  ichki  ziddiyatlar  va  ayniqsa,  sosoniylar  Eroni  qo`shinlarining 

Kushonshahr,  ya'ni  Baqtriyani  egallashlari  tufayli  Kushon  davlati  inqirozga  yuz 

tutgan. 


     To`rt  asr  davomida  markazlashgan  davlatning  mavjudligi  Baqtriyada,  shu 

jumladan, uning tarkibiy qismi bo`lgan Surxon vohasida ham iqtisodiy va madaniy 

hayotning barcha jabhalarida yuksalishga olib kelgan.   

    Miloddan avvalgi I - milodiy I asrlarda Surxon vohasi jadal o`zlashtirilgan, yirik 

kanallar  qazilgan  (Kattanahar),  mavjud  sug`orish  inshootlari  kengaygan  (Zang 

kanali),  yangi  shaharlarga  asos  solingan  (Zartepa)  yoki  Tarmita  (Termiz)  va 

Dalvarzintepa  singari  shaharlar  hududiy  jihatdan  kengaygan.  Kushon  davri 

shaharlari  loyiha  asosida  bunyod  etilgan  ikki  qism,  ya'ni  arki  a'lo  va  unga  tutash 

asosiy  shahar  qisimlaridan  iborat  bo`lgan.  Bu  davr  shaharsozligi  Dalvarzintepa, 

Zartepa,  Ko`hna  Termiz  va  uning  tarkibiy  qismlari  hisoblangan  Qoratepa, 

Fayoztepa, o`rnidagi diniy inshootlar orqali yaxshi o`rganilgan.  

Surxon  vohasining  Kushon  davri  shaharlari  ma`muriy,  iqtisodiy  markaz  bo`lish 

bilan  bir  qatorda  diniy  markazlar  vazifasini  ham  o`tagan  (Ko`hna  Termizdagi 

Qoratepa,  Fayoztepa,  Zo`rmola,  Ayritom  va  Dalvarzintepadagi  buddaviylik 

ibodatxonalari).  Kushonlar  hukmronligining  ilk  bosqichidayoq,  Ko`hna  Dunyo 

davlat va xalqlarini iqtisodiy va madaniy jihatdan bog`lab turgan qit`alararo savdo 

yo`li,  ya'ni  Buyuk  ipak  yo`li  to`liq  shakllangan  va  bu  xalqaro  savdoda  Kushon 

davlati ham muhim o`rin egallagan.  

      Xolchayon, Dalvarzintepa, Ko`hna Termiz, Zartepa, Ayritom kabi obidalardan 

qazib  ochilgan  dunyoviy  va  diniy  yo`nalishlarda  yaratilgan  haykallar,  xilma-xil 

mo``jaz  san'at  turlari,  turli-tuman  hunarmandchilik  buyumlari  o`zining 

takrorlanmasligi bilan ajralib turadi.  

Jizzax  shahri  Sibir,  Qozog‘iston,  Shosh,  Farg‘ona,  Samarqand,  Buxoro,  Xuroson 

kabi  yirik  shaharlar  o‘rtasida  darvoza  vazifasini  bajargan.  Qadimda  Farg‘ona, 



O‘ratepa,  Zomin  orqali  Mirzacho‘lni  kesib,  to‘g‘ri  Qozog‘iston  orqali  Nurotaga 

o‘tgan  uchta    karvon  yo‘li  Jizzaxda  qo‘shilib,  Ilono‘tdi  darasidan  Samarqand 

darasiga, co‘ng vohasiga o‘tgan. Bu yo‘llarning Jizzaxga kiraverishidagi darvoza, 

qal’alar  Kushon  podsholigi  davrida,  ya’ni  I-IV  asrlarda qurilgan.  Demak,  shahar 

nomi ham o‘sha qal’alar nomi bilan bog‘liqdir. 

Bu  qal’aning  asli  nomi  Dizak  bo‘lgan.  X  asrlardagi  yozma  manbalarda  ham 

shunday  deb  yozilgan.  Joy  nomlarini  o‘rganuvchi  olimlarning  ilmiy  xulosalariga 

ko‘ra,  “Diz”  —  qadimgi  so‘g‘d  tilida  “qal’a”,  “istehkom”  demakdir,  “ak”  esa 

bizdagi “cha” qo‘shimchasiga to‘g‘ri keladi. 

Demak,  Dizak “qal’acha” degani. Bu to‘g‘rida yana shuni aytish mumkinki, XII-

XVII  asrlarda  Xurosonda  ham  yuqori  Dizak  va  Quyi  Dizak  degan  qishloqlar 

bo‘lganligi manbalarda qayd etilgan. Dizak shahri haqida arab geografi va sayyohi 

al-Maqdisiy  —    “Katta  shahar,  undan  daryo  o‘tadi,  bozorida  Jome  Masjid  bor”, 

deb  yozgan.  983  yilda  yozilgan    “Hudud  ul-Olam”  asarida  “Jizzax  —  kichik  bir 

shahar,  suv  bo‘yida  joylashgan,  yonida  bozori  bor,  katta  savdo  bo‘ladi”,  —  deb 

ko‘rsatilgan. 



Kushon  davriga  oid  xum,  tog`ora,  ko`za,  xanjar,  qilich,  sopol  idishlar,  oddiy 

taqinchoqlar,  tanga  pullar  haqida  «Surxondaryo»,  «Termiz»  kitoblarida, 

shuningdek, 

o`quvchilarning 

darsliklarida 

batafsil 

bayon 

qilingan.  



Biz bu kitoblardan Surxon vohasining o`tmishi haqida ma'lumotga ega bo`lgandik. 

Arxeolog  M.Masson,  Ye.Pugachenkova  va  boshqa  qadimshunoslarning  ilmiy 

xulosasini bilardik, xolos. Biroq keyingi yillarda Budda diniga doir topilmalar ham 

hammani  qiziqtira  boshladi.  Dalvarzintepa  shahristoni  yaqinidan  Budda 

ibodatxonasi  qoldiqlari,  Buddaning  jahon  xalqlari  e'tibori  shu  topildiqlarga 

qaratildi boshi, Bodisatvaning mahobatli haykali chiqqanidan so`ng. Yaponiyaning 

Nara  shahrida  ana  shu  topildiqlar  ko`rgazmasi  namoyish  etilganda  Kunchiqar 

davlat  fuqarolari  lolu  hayratda  qoldilar.  Negaki,  ular  Budda  diniga  mansub 

kishilardir.  Shuningdek,  Dalvarzintenaga  yaqin  joydagi  Xolchayon,  Budrach 

shaharlari  topildiqlaridagi  Budda  diniga  doir  ashyolar  ularning  hayratini  yanada 




oshirdi.  

Dalvarzintepa, Xolchayon va Budrach topildiqlariga yaponlarning qiziqishi Budda 

ibodatxonasi,  Budda  boshi  va  Bodisatvaning  ulkan  haykali  tufayligina  ortgani 

yo`q. Balki boshqa namunalar ham yaponlarning diqqatini bizga — O`zbekistonga, 

xususan, Surxondaryoga qaratdi. Ular bu yerlardagi xarobalarda Buddaga mansub 

yana 


qancha-qancha 

ma'lumotlar 

topilishiga 

umid 


bog`ladilar.  

 

Fayoztepa  ibodatxonasi  2003-2006  yillarda  Surxondaryoga  Yaponiya,  Rossiya, 



Fransiya  va  Germaniya  qadimshunoslari  kelib,  Dalvarzintepa,  Xolchayon, 

Budrach,  Eski  Termiz,  Kampirtepa,  Fayoztepa,  Qoratepa  va  boshqa  obidalarni 

qazishni  davom  ettirishdi  hamda  ko`p  yillik  tadqiqotlar  “tashxis”ini  qo`yishdi. 

Mirzo  Ulug`bek  nomidagi  O`zbekiston  Milliy  universiteti  hamda  Termiz  Davlat 

universitetining  qadimshunos  olimlari  bu  tadqiqotlarning  boshida  turishdi.  Ular 

safida  O`zbekiston  Milliy  universiteti  aspiranti  Jaloliddin  Annaev,  Termiz  Davlat 

universiteti  o`qituvchisi,  tarix  fanlari  nomzodi  To`xtash  Annaev,  Surxondaryo 

arxeologiya  muzeyi  direktori Ismoil Botirov va boshqa olimlar bor edi.  Shunday 

qilib,  Fayoztepadan  ham  Budda  ibodatxonasi,  Bodisatva  haykali  va  boshqa 

narsalar  topildi.  Eng  muhimi—  bu  ibodatxona  juda  ko`p  maydonni  egallagan, 

shuning  uchun olimlar  Budda diniga oid eng  yaxshi  topildiq  shu, deb tan olishdi. 

Pirovardida Budda dini shu yerdan Xitoy, Hindiston, Yaponiyaga yoyilgan degan 

to`xtamga  kelishdi.  Shuning  uchun  O`zbekiston  Madaniyat  va  sport  ishlari 

vazirligi  hamda  YuNESKOning  respublikamizdagi  vakolatxonasi  va  Yaponiya 

ilmiy-madaniy  markazlari  hamkorligida  Fayoztepada  ana  shu  topilgan 

ibodatxonaning 

kichik 

namunasi 

barpo 

qilindi.  



 

Qoratepa tilga kirdi  Surxon zamini - obidalarga juda boy. Ilmiy tadqiqotlar vohada 

bundan  to`rt-besh  ming  yillar  ilgari  dehqonchilik,  hunarmandchilik  nihoyatda 

rivojlangani, Kushon, Baqtriya  va  Chag`oniyon  davlatlarining san'ati, madaniyati 

nechog`li  yaxshi  darajada  bo`lganidan  xabar  beradi.  Aytishlaricha,  o`sha 

paytlardayoq  sug`orish  inshootlari,  hatto  quvurlardan  foydalanilganki,  bunday 




dalillar  ajdodlarimizning  aql-zakovati  yuksak  bo`lganidan  dalolatdir.  Biroq 

eramizdan  oldingi  2-1  minginchi  yillarda  buddaviylik  ham  kamol  topganligi 

ma'lum.  Fayoztepada  arxeologik  qazilmalar  nihoyasiga  yetmay  turib,  uning 

yonidagi qishloqda, ya'ni Qoratepada tag`in Budda ibodatxonasi, Budda haykali va 

boshqa  ashyoviy  dalillar  topilgani  hammani  hayratga  soldi.  Xususan, 

buddaviylarning  shamchirog`i  yondi.  Ilgari  Dalvarzintepa,  Xolchayon,  Budrach, 

Kampirtepa,  Jarqo`ton,  Eski  Termiz  qazishmalarida  topilgan  ashyolardan  ham  bu 

yerdagilar qadimiy ekanligi isbotlandi. Qadimshunos olim Eduard Rtvladze, yapon 

tarixshunosi  va  arxeologiya  ishlari  bo`yicha  olim  Kyuzo  Kato  ham  shunday 

fikrdalar.  Hatto  Kyuzo  Kato  bu  yerdagi  tikanli  gulni  ko`rib,  quvonchdan  ko`ziga 

yosh  keldi.  U  Yaponiya  davlati  madhiyasini  aytib,  Budda  topildiqlarini  tavob 

kilib,  84  yoshda  bo`lsa  ham  o`zini  yosh  bolalarday  yengil  tutdi.  Nega  deysizmi? 

Chunki, agar shu ibodatxona, haykal va boshqa ashyolar chindan ham dalil bo`lib, 

buddaviylik  shu  yerdan  boshlangani  isbotlansa,  yaponlargina  emas,  hatto 

xitoyliklar,  hindistonliklar  singari  Budda  diniga  mansub  boshqa  kishilar  ham  shu 

yerga 


kelib, 

sajda 


qila 

boshlaydilar.  

Kyuzo  Kato  yangiliklarni  Yaponiyada  ma'lum  qilish,  yiliga  bir  marta  chiqadigan 

“Oyxonum” jurnalida chop etish, yangi topildiqlar asosida ko`rgazma tashkil etish 

niyatida  yurtiga  jo`nab  ketgan  edi.  U  hademay  yana  Surxondaryoga  kelib, 

boshlagan 

ishini 

davom 


ettiradi.  

Kyuzo 


Kato 

vataniga 

jo`nab 

ketayotganida:  

—  Men  sakson  to`rt  yoshga  kirdim,  umrimni  yashab  bo`ldim.  Biroq  Qoratepa 

qazishmalarida qatnashganim bois, vafot etsam ham o`zimni baxtiyor his qilaman, 

— 

degandi.  



Darvoqe, Fayoztepa va Qoratepa tilga kirib, ko`p narsalarga aniqlik kiritar ekan, bu 

o`zbek va yapon xalqlarining juda qadimdan do`stona va ahil yashab kelganligiga 

yaqqol 

dalildir.  

O`rta  Osiyo,  jumladan  Tojikiston  hududida  ibtidoyi  odam  bundan  taxminan  200 

ming yil avval yashagan. Shimoliy va janubiy Tojikistonda so`nggi paleolitga oyid 

qurollar topilgan. Ibtidoyi jamoa tuzumi Tojikiston hududida milloddan avvalgi 8 -



7 asrga qadar mavjud bo`lgan. Milloddan avvalgi 8 -7 asrlarda temir davriga o`tish 

boshlandi. Ijtimoyi va mulkiy tabaqalanish paydo bo`lgan. Milloddan avvalgi 6 – 4 

asrlarda  Tojikiston  hududida  Eron  davlati  xukmronligi  o`rnatildi.  Milodning 

boshlarida yirik sug`orish kanallari qurildi, shahar xayoti, xunarmandchilik yuqori 

darajaga ko`tarildi, ayniqsa boshqa mamlakatlar bilan savdo tez rivoj topdi. Yunon 

yozuvi asosida kushon yozuvi paydo bo`ldi. Bu davrda Tojikistonga Xindistondan 

buddizm,  Erondan  moniylik  kirib  keldi.  Ammo  zardushtiylik  asosiy  din  bo`lib 

qolaverdi. 6 – asr o`rtalarida tojikiston Turk xoqonligi tarkibiga qo`shib olindi. 8 – 

asr  o`rtalariga  kelib  O`rta  Osiyoni  arablar  bosib  oldi.  O`rta  Osiyoning  arablar 

tomonidan bosib olinishi natijasida islom dini hukmron din bo`lib qoldi, ko`pgina 

madaniyat  yodgorliklari,  shaharlar  yoq  qilib  tashlandi.  O`rta  Osiyo  xalqlarining 

iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti vaqtincha sekinlashdi. 

Shimoliy Baqtriya - Ayritomdagi, Fayoztepadagi, Qoratepadagi qator buddaviylik 

yodgorliklardan 

ishonchli  

stratigrafik  sharoitda  topilgan.   Bularning  bari  buddaviylikning  O'rta  Osiyoda 

yoyilishi 

jarayonini 

quyidagi 

tarzda 


qayta 

tiklash  

imkonini  beradi.  Aftidan  ayrim  buddaviy  da'vatchilar  bu  ta'limotni  Baqtriyada 

miloddan 

avvalgi 

II-I 


asrlarda 

yoq 


yoyishni 

boshlagan  

b'olishlari  ehtimol.  Lekin  shimoliy  Baqtriyada  budda  diniy  inshootlarning 

ommaviy  qurilishi,  binobarin,  ta'limotning  mintaqada  yoyilishi  ning  milodiy  I 

asrning  ikkinchi  yarmigagina  bog'lash  mumkin.  Bu  Baqtriyaning  hamda  o'sha 

davrda Hindistonning yagona Kushonlar davlati tarkibiga kirgani bilan izohlanadi.  

Arxeologiya  materiallari  Ko'hna  Termiz  mintaqada  buddaviylikning  eng  yirik 

markazlarida bo`lganligidan dalolat bermoqda . 

topilgan  tangalar  Kushon  podshosi  Kadfiz  I(milodning  1-asri)  davrida  zarb 

qilingan.  II  asr  Kushon  podshosi  Vasudeva  kulohda  o’zi  tasvirlangan  tanga  zarb 

qildirgan.  Dalvarzindagi  ikkinchi  ibodatxona  shahar  tashqarisidagi  budda 

ibodatxonasiga  nisbatan  kattaroq.  Bu  erda  1983-yilda  qazilmalar    boshlangan. 




Topilgan yirik Budda va Badxisatva haykallarini Hindistonning shimoli-g’arbidagi 

Gandxara  budda  haykaltaroshligi  maktabi  buddaviy  dini  tarqalgan  barcha 

hududlarda qabul qilingan an’analar asosida tayyorlangan. 

Miloddan  avvalgi  II  asrning  ikkinchi  yarmida  Xitoy  manbalarida 

ta’kidlanishicha    Sharqiy  Turkiston  hududlarida  yashovchi  yuechji  qabilalari 

(aslida  massagetlar)  o’z  qo’shnisi  xunlar  tazyiqiga  uchrab  ularning  siquviga 

bardosh  berolmay  g’arb  tomonga  siljiydilar.  Yuechjilar  Issiqko’l  atrofida  sak 

qabilalariga  uchrab  ularni  janubi  ga’rb  tomonga  suradilar.  Biroq  yuechjilar  usun 

qabilalari  zarbasiga  uchrab,  janubga  siljib  miloddan  avvalgi  130-yillarda 

So’g’diyona  hududiga  kirib  keladilar.  Yuechjilar  Xitoy  tarixchisi  Chjan  Syan 

ta’kidlashicha  So’g’diyonadan  Baqtriyaga  yuradilar  va  Baaqtriyadagi  yunonlar 

hukmronligini ag’daradilar. 

Xitoy manbalarida ta’kidlanganidek, yuechjilar beshta asosiy xonadonga 

mansub edilar: Guysh uan (Kushon), Xyumi, Shuanmi, Xise,  Dumi. Ularning har 

biri  qariyb  100  yilcha  alohida-alohida  siyosiy  kuch,  hokimlik  bo’lib,  yagona 

hukmdorga  bo’ysunmagan  holda  faoliyat  yuritadilar.  Yunon  manbalarida  esa  bu 

qabilalar toxarlar deb qayd etiladi 

Mil.av.  II  asrning  ikkinchi  yarmida,  xitoy  manbalarida  ta'kidlani-shicha, 

Sharqiy  Turkiston  hududlarida  yashovchi  yuechji  qabilalari  (aslida  massagetlar)  o'z 

qo'shnisi - xunlar tazyiqiga uchrab, ularning siquviga bardosh berolmay g'arb tomon 

siljiydilar.  Yuechjilar  Issiqko'l  atrofida  sak  qabilalari  bilan  to'qnashib  ularni  janubi-

g'arb  tomonga  suradilar.  Biroq  yuechjilar  usun  qabilalari  zarbasiga  uchrab,  janubga 

siljib,  mil.  av.  130—yillarda  So'g'diyona  hududiga  kirib  keladilar.  Yuechjilar,  Xitoy 

tarixchisi  Chjan  Syan  ta'kidlashicha,  So'g'diyonadan  Baq-triyaga  yuradilar  va 

Baqtriyadagi yunonlar hukmronligini ag'daradilar. 

Eski  Termizdan  120  chaqirim  shimoli-sharqda  (hozirgi  Sho’rchi 

tumanida)  joylashgan.  Dalvarzintepadan  topilgan  salkam  36  kg  oltin  xazina, 

ko’hna  shaxmat  donalari,  hunarmand  va  kulollar  uyi  ,  allaqanday  ibodatxonalar, 




dalvarzinliklar  qabristoni  -  novus,  2  ta  ajoyib  budda  inshooti  bu  shaharning  bir 

vaqtlar Kushon saltanatining  

dastlabki  poytaxt  shahri  bo’lganidan  dalolatdir.  Dalvarzinda  budda 

ibodatxonasi birinchi marta 1967-yilda topilgan. Yodgorlikdan  

Xitoy  manbalarida  ta'kidlanganidek,  yuechjilar  beshta  siyosiy  xonadonga  mansub 

edilar: Guyshuan (Kushon), Xyumi, Shuanmi, Xise, Dumi. Ularning har biri qariyb 

100  yilcha  alohida-alohida  siyosiy  kuch,  hokimlik  bo'lib,  yagona  hukmdorga 

bo'ysunmagan holda faoliyat yuritadilar. Yunon manbalarida esa bu qabilalar toxarlar 

deb  qayd  etiladi.  Milodningl  asrida  Kushon  qabilasi  jabg'usi  Kujula  Kadfiz  barcha 

yuechji  (toxar)  qabilalarini  birlashtiradi  va  kushon  podsholigi  (Toxariston)  ga  asos 

soladi. 

Kujula  Kadfiz  qo'shni  hududlarga  yurish  uyushtirib  So'g'diyona,  Marg'iyona, 

Hindistonning shimoli-g'arbiy qismini zabt etadi. Shu tariqa, yirik davlat - Kushonlar 

saltanati  tashkil  topadi.  Kujula  Kadfiz  keyinchalik  Qobul  va  Qandahor  hududlarini 

egallaydi.  Bu  davrda  mam-lakat  poytaxti.Dalvarzintepa  (Surxondaryoning  Sho'rchi 

tumanida) shahri bo'lgan. 

Kadfiz  1  davrida  zarb  etilgan  tangalarda  «Kujula  Kadfiz  Yabg'u»  degan  yozuvlar 

uchraydi. Uning o'g'li Vima Kadfiz podsholigi davri ham  muhim o'zgarishlar bilan 

bog'liq.  Bu  davrga  kelib  shimoliy  Hindistonning  bir  qator  muhim  hududlari 

egallanadi.  Vima  Kadfiz  mamlakatda  pul  islohoti  o'tkazib,  vazni  8  gr  og'irlikdagi 

oltin tangalami zarb qildirib muomalaga chiqartiradi. Bu esa xalqaro savdoda Kushonlar 

davlati  obro'sining  ko'tarilishiga  sabab  bo'ladi.  Xuddi  shu  vaqtda  Rim  imperiyasi 

bilan savdo-sotiq aloqalari kuchayadi. Kushonlar saltanatining kuchayishi Kanishka 

(78-123—  yil)  davriga  to'g'ri  keladi.  Bu  paytga  kelib  Hindistonning  Peshovar, 

Panjob,  Kashmir  va  boshqa  markaziy  hududlari,  shuningdek,  Farg'ona,  Sharqiy 

Turkistonning  ancha  qismi  uning  davlati  tarkibiga  kirgan  edi.  Bu  davrda  mamlakat 

poytaxti  ham  Peshovarga  ko'chirilgan.  Kanishka  mamlakat  ichki  hayotida  muhim 

ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy o'zgarishlarni amalga oshirish barobarida tashqi siyosatda 

ham  g'oyatda  uddaburonlik  bilan  faoliyat  yuritadi.  Uning  din  sohasida  o'tkazgan 



islohoti muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Uning davrida diniy tenglik va bag'rikenglikka 

alohida e'tibor berilgan. Garchand bu vaqtda ma'bu-dalar ichida xudo Nana alohida 

ulug'lansa-da, biroq mamlakatning turli hududlarida mahalliy aholi oldindan e'tiqod 

qilib kelgan boshqa dinlar erkinligi va daxlsizligi saqlanib qoldi. Hatto zarb etilgan 

oltin  va  kumush  tanga  pullarda  Budda  xudosi  bilan  bir  qatorda  mahalliy  xalqlar 

e'tiqod qo'yib kelgan xudolar - Anaxita, Mitra, Veretragna, Vaxsh va boshqalarning 

ham  tasvirlari  tushirilganligi  bunga  yorqin  dalildir.  Bu  davrda  zarb  etilgan  tangalar 

awalgidek  yunon  tilida  emas,  balki  mahalliy  kushon  -  baqtriy  tilida  chiqarilgani 

alohida  e'tiborga  loyiqdir.  Bunday  uzoqni  ko'zlab  oqilona  yuritilgan  siyosat 

Kushonlar  davlatida  turli  aholi  qavmlari,  ijtimoiy  guruhlari  o'rtasida  tinchlik, 

osoyishtalik va barqarorlikni ta'minlashga xizmat qilgan. Biroq Kanishkadan so'ng 

hokimiyatga  kelgan  Vasishka,  Xuvishka,  Vasudevalar  davriga  kelib  Kushonlar 

davlati bir qator obyektiv va subyektiv  sabablar tufayli  asta-sekin  inqirozga uchray 

boshlagan.  Ayniqsa,  III  asr  o'rtalariga  kelib  qo'shni  davlat  -  Parfiya  o'rnida 

yangidan  vujudga  kelib,  tobora  kuchaya  borgan  Eron  sosoniylari  hukmdorlarining 

to'xtovsiz  olib  borgan  urush  harakatlari  natijasida  Kushon  davlati  ziflashib, 

hududlari kichrayib bordi. 

Ayni  paytda,  353—yilda  So'g'diyonaga  Yettisuv  va  Sharqiy 

Turkistondan  o'z  hukmdori  Grumbat  boshchiligida  xioniylar  nomli  ko'chmanchi  

qabilalar  bostirib  kiradilar.    Xioniylar  Kushonlarga  zarba  berib,  Sirdaryodan  to 

Amudaryo  havzasigacha  bo'lgan  hududlarda  o'z  hukmronligini  o'rnatadilar. 

Baqtriyani Sosoniylar egalladi. 

Shu  tariqa,  janubi-g'arbdan  sosoniylar,  shimoli-sharqdan  xioniylar 

zarbasiga uchragan Kushonlar saltanati oxir-oqibatda halokatga uchradi. 

Kushonlar  sulolasi  hukmronligi  davri  ko'hna  tariximizda  katta  iz  qoldirgan  ekan, 

buni  uning  tarkibiga  kirgan  har  bir  hudud  yoxud  elatlar  hayoti  misolida  yaqqol 

ko'rsa  boiadi.  Uning  dastlabki  poytaxti  Dalvarzintepa  (Surxondaryo),  unga  tutash 

Xolchayon  (Denov),  Zartepa,  Fayoztepa,  Qoratepa,  Ayritom  (Termiz  atroflari)  va 

bosh-qalar  Kushonlarning  eng  rivoj  topgan  savdo-sotiq,  hunarmandchilik  sohalari 



o'sgan  gavjum  shaharlari  hisoblangan.  O'lkamizda  sun'iy  sug'orishga  asoslangan 

dehqonchilik  madaniyati  nihoyatda  taraqqiy  etgan,  ko'plab  sug'orish  inshootlari 

barpo  etilgan.  Surxondaryo  vohasida  Eski  Angor,  Zang,  So'g'ddagi  Darg'om 


Yüklə 195,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin