O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


Zanjirli bog’lanish usuli



Yüklə 444,35 Kb.
səhifə17/130
tarix01.01.2022
ölçüsü444,35 Kb.
#50436
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   130
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Sama (1)

Zanjirli bog’lanish usuli. Ushbu usul ham iqtisodiy jarayonlar orasidagi bog’liqlik funksional bo’lgan taqdirda tahlilda qo’llaniladi. Bu usulda har bir ta’sir etuvchi omilning natijaga ta’sirini aniqlash yo’li uslubiy ketma – ketlikka ega. Buning uchun birinchi navbatda rejadagi yoki bazis yilidagi omilli ko’rsatkichlarni hisobot yilidagi omilli ko’rsatkichlar bilan navbatli almashtirish orqali natijaviy ko’rsatkichlarning qatorlari hisoblab olinadi. Ko’rsatkichlarni qatorlashda dastlab miqdoriy ko’rsatkichlar, so’ngra sifat ko’rsatkichlari joylashtiriladi. Bunda, 1-qator rejadagi (bazis yilidagi) dastlabki ko’rsatkichlarni, oxirgi qator hisobot yilidagi ko’rsatkichlarni ifodalaydi. Oraliqdagi qatorlar “Shartli ko’rsatkichlar” bo’lib hisoblanadi. Yonma–yon turgan qatorlar orasidagi farq natijani o’zgarishiga ta’sir etuvchi bir omilni ta’sirini ko’rsatadi. Omillar ta’sirlarini yig’indisi natijaning umumiy o’zgarishiga teng kelish kerak. Buni ish haqi fondining tahlili misolida ko’rib chiqamiz.

Ish haqi fondi hajmining ifodalanishi:

Bunda T- ishchilarning o’rtacha yillik soni

S- 1 ishchining o’rtacha bir yilda ishlagan soatlari miqdori

R- o’rtacha 1 kishi- soat uchun hisoblangan ish haqi summasi

Ish haqi fondining umumiy o’zgarishi:



Demak, ish haqi fondining o’zgarishiga uch omil ta’sir qiladi. Bularning ta’sirini aniqlash uchun quyidagi ish haqi fondi ko’rsatkichlarini (ish haqi fondi qatorlarini) aniqlab olish kerak:

I. T0 S0 P0 – Bazis davridagi ish haqi fondi.

II. T1 S0 P0 – Birinchi shartli ish haqi fondi.

III. T1 S1 P0 - Ikkinchi shartli ish haqi fondi.

IV. T1 S1 P1 – Hisobot davridagi ish haqi fondi.




Yüklə 444,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin