48
Shuning uchun ushbu qarzlar bilan bog‟liq bo‟lgan
jarayonni uzluksiz ravishda
o‟rganish va tahlil etib turish katta ahamiyatga egadir.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarining tahlili taqqoslash usuli yordamida quyidagi
tartibda amalga oshiriladi.
Birinchi navbatda, debitorlik va kreditorlik qarzlarning
tarkibi va tarkibiy tuzilishi o‟rganiladi. Buning uchun avvalo har bir qarz turi hajmi va
uning hissasi aniqlanadi.Shundan keyin tahlil amalga oshiriladi.
Hisobot davrining oxiridagi qarzlarning hajmini davr boshidagi qarzlarning hajmiga,
davr oxiridagi hissasini davr boshidagi hissasiga solishtirib, o‟zgarishi (ko‟paygan yoki
kamayganligi) aniqlanadi. Ushbu o‟zgarish mutlaq va nisbiy ko‟rsatkichlar
bilan
ifodalanadi.
Qarzlar bo‟yicha mutlaq o‟zgarishini aniqlash uchun davr oxiridagi summasidan davr
boshidagi summasi chegirilib tashlanadi, nisbiy o‟zgarishini
aniqlash uchun mutlaq
o‟zgarish summasini 100 % ga ko‟paytirib, natijasini davr boshidagi summasiga bo‟lish
kerak. Shundan keyin debitorlik va kreditorlik qarzlarning umumiy holatiga baho
beriladi.
Dostları ilə paylaş: