tonusining va reflekslarning saqlanib qolganligi hayvonning yashab ketishidan
hayvonni o’limdan saqlab qolish mumkin. Og’ir gipoksiya ko’pincha o’lim bilan
12
Davolash. Nafas yo’llaridagi homila oldi suyuqligini chiqarib yuborish uchun
buzoqni orqa oyoqlaridan ko’tarib bir marta siltab tashlash kerak. Og’iz va tilning
asosidagi suyuqliklar toza sochiq yordamida olib tashlanadi. Buzoqning tanasi 10-
15 daqiqa davomida qattiq mato bilan artiladi va bu bilan qon aylanishini
yaxshilashga erishiladi. Nafas harakatlari aritmik va yuzaki tarzda bo’lsa, ko’krak
qafasini ritmik ravishda bir necha marta bosish bilan sun’iy nafas oldiriladi. Nafas
markazini qitiqlash maqsadida lobelin gidroxloridning 1%-li eritmasidan
buzoqlarga 20 mg, qo’zi va cho’chqa bolalariga 5 mg muskul orasiga inyeksiya
qilinadi. Asidozni yo’qotish maqsadida vena qon tomiriga, teri ostiga yoki qorin
bo’shlig’iga 4%-li natriy gidrokarbonat eritmasidan 3-4 ml/kg dozada yuborish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: