O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO`JALIGI VAZIRLIGI
ANDIJON QISHLOQ XO`JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI
|
|
“TASDIQLAYMAN”
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektor_____________S.T.Iskandarov
“_____” _____________ 2022 y.
|
“Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit” kafedrasi tayanch doktorant
MUFTAYDINOV BOBIR QIYOMIDINOVICHNING
08.00.08 -Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit ixtisosligi bo`yicha
2022 yil uchun
NAZARIY - METODOLOGIK KURS DASTURI
Ilmiy rahbar : i.f.d., professor: Ismanov I.N.
Tuzuvchi: Farg`ona politexnika instituti “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi professori, i.f.d. Ismanov Ibroximjon Nabiyevich
Taqrizchi: Andijon mashinasozlik instituti “Sanoat ishlab chiqarish” kafedrasi professori, i.f.d. A.A.Abdullayev.
Mazkur dastur O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy o`quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida» 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan; Oliy o`quv yurtidan keyingi ta’limga qo`yiladigan davlat talablari 1-ilovaga muvofiq; Oliy o`quv yurtidan keyingi ta’lim to`g`risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq; Oliy o`quv yurtidan keyingi ta’lim to`g`risidagi hujjatlarning - falsafa doktori (Doctor of Philosophy), muvofiq tasdiqlash ko`zda tutilgan.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2017 yil 1 iyuldan boshlab ushbu qaror bilan tasdiqlanadigan talablarga muvofiq attestatsiya ishlarini qabul qilish, ko`rib chiqish va izlanuvchilarga falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajalarini berish qarorda ko`zda tutilgan.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya bilimlarning tegishli tarmog`ida muhim ahamiyatga ega masalaning yangi yechimidan iborat yoki dolzarb ilmiy masalaning yechimiga qaratilgan ilmiy asoslangan ilmiy-texnik yoki ijtimoiy-iqtisodiy tavsiyalar ishlab chiqilgan tugallangan shakldagi ilmiy ish bo`lishi lozim. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qaroriga 2-ilova 3-bobga muvofiq; Ilmiy rahbar doktorant uchun ixtisoslik bo`yicha nazariy-metodologik dastur ishlab chiqadi. Nazariy-metodologik dastur tayanch doktoranturaga o`qishga qabul qilingandan boshlab bir oy muddat ichida ishlab chiqiladi va Kollegial organ tomonidan tasdiqlanadi.
Nazariy-metodologik dastur metodologiyaning umumiy kontseptsiyasi va masalalarini, mazkur ixtisoslik bo`yicha nazariy asoslarni va ilmiy tadqiqot usullarini o`z ichiga oladi. Nazariy-metodologik dastur tayanch doktorant tomonidan o`qishning birinchi yili mobaynida ilmiy rahbarning yordamida o`zlashtiriladi.
Nazariy-metodologik kurs dasturida tanlangan ixtisoslik bo`yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishning umumiy kontseptsiyasi va metodologik masalalari, nazariy asoslar hamda ushbu ixtisoslik bo`yicha tadqiqot usullari bayon etilishi kerak.
“Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit” kafedrasi majlisida muhokama qilindi va tasdiqlashga tavsiya etildi. 202__ yil “ ” ___________dagi ____-sonli bayonnomasi.
“Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit”
Dostları ilə paylaş: |