O`zbekiston respublikasi qishloq xo`jaligi vazirligi andijon qishloq xo`jaligi va agrotexnologiyalar instituti


Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit ixtisosligi bo`yicha nazariy metodologik kursi masalalarining dolzarbligi



Yüklə 63,09 Kb.
səhifə3/9
tarix28.03.2022
ölçüsü63,09 Kb.
#54304
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5 Б. Муфтайдинов Назарий методологик курс дасутри 2

Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit ixtisosligi bo`yicha nazariy metodologik kursi masalalarining dolzarbligi. Ma’lumki, mulkchilik va tarmoq shaklidan qat’iy nazar, barcha korxonalarda buxgalteriya hisobi yuritiladi. U korxonadagi xo`jalik mablag`larining tuzilishi, joylanishi, qaysi manbalardan tashkil topganligi hamda xo`jalik jarayoni va muomalalari ta’siri ostida bo`layotgan o`zgarishlarning borishi ustidan uzluksiz nazorat olib boradi.

Buxgateriya hisobida korxona ixtiyoridagi, xo`jalik jarayoni va uning ta’siri ostidagi xo`jalik mablag`larining hajmi, tuzilishi, joylanish va tayinlanishidagi sodir bo`ladigan o`zgarishlar aks ettiriladi hamda korxonalar xo`jalik faoliyatining moliyaviy natijalari aniqlanadi.

Buxgalteriya hisobi vositasida korxonalar xo`jalik faoliyati jarayoni, mablag`lari, aks ettiriladi hamda ularning tashkil topish manbalari nimalardan iborat ekanligi to`g`risidagi ma’lumotlar olinadi.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimiz iqtisodiyotida yuz berayotgan rivojlanish hamda davlat dasturlarini izchil bajarilishida hisob tizimini xalqaro standartlar asosida tashkil qilish zarur. Jumladan, 2015-2018 yillarda barcha aktsiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotni nashr etishi va Xalqaro audit standartlari hamda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tashqi auditni o`tkazishi belgilandi.4

Shuningdek, hisob tizimini takomillashtirish borasida O`zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to`g`risida”gi Qonuniga o`zgartirishlar kiritildi.5

Bundan tashqari, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o`tishni jadallashtirish orqali xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta’minlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, hisob va audit sohalari mutaxassislarini xalqaro standartlar bo`yicha tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o`tish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”6 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilindi.

2021 yil 1 yanvardan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi va 2021 yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlaydi, shuningdek, 2021 yil yakuniga qadar buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS bo`yicha moliyaviy hisobot” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to`g`risida hujjatga yoxud “Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)”, “Sertifikatlangan diplomli buxgalter (ASSA)”, “Sertifikatlangan jamoatchi buxgalter (SRA)” va “Xalqaro moliyaviy hisobot bo`yicha diplom (DipIFR)” sertifikatlaridan biriga ega kamida uch nafar mutaxassis miqdorida MHXSni sifatli qo`llash uchun yetarli bo`lgan buxgalteriya xizmati xodimlari bilan ta’minlaydi.


Yüklə 63,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin