O`zbekiston respublikasi qishloq xo`jaligi vazirligi andijon qishloq xo`jaligi va agrotexnologiyalar instituti


kafedrasi mudiri, i.f.f.d., dotsent A. T.Mamajonov



Yüklə 63,09 Kb.
səhifə2/9
tarix28.03.2022
ölçüsü63,09 Kb.
#54304
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5 Б. Муфтайдинов Назарий методологик курс дасутри 2

kafedrasi mudiri, i.f.f.d., dotsent A. T.Mamajonov

KIRISH

Oliy ta’lim xizmatlari va mehnat bozorlarini samarali rivojlanishi oliy ta’lim xizmatlari sub’yektlari bo`lgan oliy o`quv yurtlari tomonidan tayyorlanadigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bilan bog`liq. Chunki bozor munosabatlari sharoitida erkin raqobatga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohalarida innovatsiya yangiliklarini kiritish asosidagina mamlakatni jahon xo`jaligi bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash respublikamizni ilmiy salohiyatidan foydalanish darajasiga bog`liq.

Keyingi yillarda mamlakatimizda ta’lim tizimini izchil rivojlantirish borasida keng ko`lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori ta’lim tizimidagi islohotlarning mantiqiy davomi, o`z vaqtida qabul qilingan muhim hujjat bo`ldi.

Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi erkin raqobatga asoslanishi va ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish sub’yektlarini qanday mulkchilik shakllariga asoslanishidan qat’i nazar erkin raqobat asosida har bir mamlakatni jahon bozorida raqobatdosh bo`lishini ta’minlash maqsadida intellektual jarayonni rivojlantirish ularning asosiy muammolariga aylanadi. Bu esa o`z navbatida bozor iqtisodiyoti sharoitida aholini intellektual darajalarini oshirishni ta’minlash uchun bozor talablariga asoslangan holda oliy ma’lumotli malakali mutaxassislarni tayyorlash dolzarb hisoblanadi.

O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mazkur masalalarga to`xtalib “Oliy ta’lim tizimida o`z yo`nalishlari bo`yicha dunyoning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o`rnatish, o`quv jarayoniga ilg`or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalarida stajirovkadan o`tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmayapti”1 deb ta’kidlab o`tdilar.

Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar jarayonlarining tezkor pivojlanish dinamikasi Ta’lim tizimi oldiga ijodkorlik va tashabbuskorlik qobiliyatiga ega, mustaqil qapop qabul qila oladigan va zamonaviy texnologiyalarga tez moslashishga layoqatli, yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash vazifasini qo`yadi. Bu esa zamon talablariga javob beradigan, yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlari samaradorligini tahminlovchi kasbiy Ta’lim mazmunini takomillashtirishni taqozo etmoqda. Mutaxassislarni mazkur talablarga mos keladigan qilib tayyorlashda Ta’lim-tarbiyaning sifati alohida ahamiyatga ega.

Oliy Ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, zamonaviy o`quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash bo`yicha Oliy Ta’lim tizimini 2017-2021 yillarda kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-sonli farmoni bilan O`zbekiston Respublikasi oliy Ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi qabul qilindi. Bunda oliy Ta’lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, Ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash asosida Ta’lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi vazifalar belgilandi2.

Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlar va amalga oshirilish lozim bo`lgan masalalar yuzasidan Prezidentimiz Sh.Mirziyov “O`qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag`ishlangan tantanali marosimdagi nutqida xam quyidagilarga to`xtalib o`tdi: “Bir o`ylab ko`raylik, dunyodagi rivojlangan davlatlar qanday qilib yuksak taraqqiyot va turmush farovonligiga erishmoqda? Eng avvalo, ilm-fan va ta’limga qaratilgan ulkan e’tibor tufayli emasmi?

Shuning uchun ham keyingi yillarda yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, yangi O`zbekistonni yaratish maqsadida barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda.

Bu borada o`nlab muhim farmon, qaror va dasturlar qabul qilingani sizlarga yaxshi ma’lum. Mana, kuni kecha tasdiqlangan “Ta’lim to`g`risida”gi qonun ushbu soha taraqqiyotida, hech shubhasiz, yangi ufqlarni ochib beradi. Qonunga muvofiq, ta’lim olishning masofaviy, inklyuziv shakllari joriy qilindi, ta’lim tashkilotlariga xorijiy muassasalar bilan qo`shma fakulьtet va o`quv markazlari tashkil qilishga ruxsat etildi. Shuningdek, o`qituvchilarga mualliflik dasturi va o`qitish uslublarini joriy etish, zamonaviy pedagogik shakllar, o`qitish va tarbiya usullarini erkin tanlash huquqi berildi.

Biz keng ko`lamli demokratik o`zgarishlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali O`zbekistonda yangi Uyg`onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o`zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik3...

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2020 yilning
24 may kuni Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetiga tashrifi chog`ida izlanuvchan olimlarni rag`batlantirish maqsadida ilmiy ishlanma yaratgan tadqiqotchiga doktorlik va uni amaliyotga tatbiq etgan izlanuvchiga tayanch doktorlik ilmiy darajasini beradigan binar (ikkitalik) himoya tizimini joriy qilish, byudjet mablag`lari hisobidan stajyor-tadqiqotchilar institutini hamda yurtimiz biologik xilma-xilligini o`rganadigan dala-tajriba stantsiyalarini tashkil etishni tavsiya qildi.

Shuningdek, Prezidentimiz joriy yilning 1 sentyabridan barcha davlat tashkilotlarida ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug`ullanayotgan, ta’lim va ilm-fan sohasida mehnat qilayotgan fan nomzodlarining maoshiga


30 foiz, fan doktorlari uchun esa 60 foiz ustama haqi (qo`shimcha ish haqi) belgilashni taklif qildi.

Bundan tashqari Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida tashkil etiladigan Yoshlar akademiyasi ham ilm-fan vakillarini qo`llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Ushbu akademiyaga innovatsion fikrlaydigan iqtidorli talabalar va 40 yoshgacha bo`lgan olimlar, tashabbuskor yoshlar a’zo bo`ladi. Akademiyada sun’iy intellekt, qayta tiklanadigan energiya manbalari, robot texnikasi va mexatronika, farmatsevtika, biotexnologiya, dasturlash, sanoat dizayni, 3D modellashtirish kabi yo`nalishlarda ilmiy ishlar olib boriladi deb o`zining takliflarini berdi.




Yüklə 63,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin