S am a l d a — amalda yetkazib berilgan gaz, min m3.
Yetkazib berilgan gaz tannarxining katta salmog’ini gaz yetkazib beruvchilarga gaz uchun to’lovlar tashkil etadi, shuning uchun gaz xo'jaligining haqiqiy xizmatlarini ekspluatatsiya xarajatlari belgilaydi, yani sotib olingan gaz uchun gaz ta‘minoti korxonasi tomonidan amalga oshirilgan to’lovlardan tashqari, korxonada qolayotgan daromad, gaz xo’jaligi tomonidan bajarilgan ish hajmini tashkil etadi. Korxona faoliyatidagi bu ko'rsatkichni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
K3—Rme’yor:Ramalda Bunda: Rme'yor va Ramalda — mos holda me ‘yor bo’yicha va amaldagi ekspluatatsiya xarajatlari ko’rsatkichilari, ming so’mda.
Respublika gaz ta ‘minoti korxonalarining xo'jalik faoliyatlari ma ‘lumotlarini eng kichik kvadratlar uslubi asosida tahlil qilinib gaz taminoti korxonalari ekspluatatsiya xarajatlari meyoriy bir birligi quyidagini tashkil etishi aniqlandi:
Tabiiy gazda ishlaganda:
R Ntabiiy = 20 + 120 * V 0,95 ming so'm.
Suyultirilgan gazda ishlaganda:
R Nsuyul = 80 + 320 * V 0, 95 ming so‗m, bunda PH — gaz xo'jaligi ish hajmi, ming shartli birlikda.
Olingan ushbu formulalarga 3-5 yilda bir marta gaz xo'jaligi korxonalarida erishilgan amaldagi faoliyati ko'rsatkichlari bo'yicha ularga aniqlik kiritish maqsadida tuzatilishi lozim.
Gaz bilan t a ‘minlash tizimining mehnat xarajatlari va ekspluatatsiya qilish tanna rxini belgilovchi asosiy omilla rdan biri gaz xo'jaligida ishchilar soni hisoblanadi. Gaz tizimi faoliyati qiyosiy baholanganda ishchilar sonining har xilligi hisobga olinishi zarur va u quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
К4= l hisobot:lamalda Bunda: l hisobot va l amalda — mos holda rejaviy hisoblab olinganda chiqqani va amaldagi ishchilar soni.
M a ‘lumki, gaz xo'jaligining bosh vazifasi aholi va kommunal
maishiy iste’molchilarga gazni uzliksiz yetkazib berishdir. Gaz xo'jaliklarining ishini baholash uchun aholini va kommunal maishiy korxonalarni uzluksiz gaz bilan taminlanganlik darajasi ko'rsatkichini hisoblashda quyidagi formuladan foydalaniladi: \