O’zbеkiston Rеspublikasi Qurilish vazirligi Toshkent arxitektura qurilish instituti qurilishda menejment kafedirasi



Yüklə 112,05 Kb.
səhifə9/16
tarix16.05.2023
ölçüsü112,05 Kb.
#113979
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Baratov Shahobiddin kurs ishi

K ish haqi — ish haqining o'rtacha darajasi. U ma ‘lum davrda bitta ishlovchining o’rtacha amaldagi ish haqining rejaviy ish haqi birligiga nisbati bo'yicha aniqlanadi.
Ular faoliyatining o'ziga xosligini hisobga olgan holda ko'rsatkichlar soni qisqartirilishi, kengaytirilishi yoki ayrim farqlanuvchi ushbu sohalarga taalluqli ko'rsatkichlar boshqa mos ko'rsatkichlar bilan almashtirilishi mumkin. Bunday baholash yil choraklari va bir yillikda o'tkazilishi mumkin. Bu uslubning joriy etilishi respublika uy-joy kommunal xo'jaligi korxonalari ishlab chiqarish faoliyatining haqqoniy miqdori va sifat jihatidan baholash imkonini berib, natijada soha ishlarining samaradorligini oshirishga olib keladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kommunal xizmatlar ko'rsatuvchi korxona va tashkilotlarda o'z -o'zini moliyalashtirish sharoitida ko'rsatilayotgan xizmatlar uchun qilinayotgan sarfxarajatlar mazkur xizmatlarga belgilanadigan to'lov tariflari va to'lovlar miqdoriga katta ta‘sir ko'rsatadi. Kommunal xizmatlar uchun to'lovlar tariflari davlat mahalliy hokimiyat organlari tomonidan belgilansa-da, ularni shakllantirishda mazkur xizmatlar tannarxi kalkulyatsiyasi asos qilib olinadi. Shu sababli monopol hisoblanuvchi xizmatlar ko’rsatayotgan korxonalar tomonidan ko'rsatilayotgan kommunal xizmatlar qiymatining asossiz o’sib ketishining oldini olish engavvalo mazkur korxonalarda aylanma mablag’lardan samarali foydalanishning yo’lga qo’yilishi va xizmatlarning real tannarxini aniqlashga bog'liq.
Kommunal soha korxonalarida ko'rsatilayotgan xizmatlar tannarxi kalkulyatsiyasi odatda hisobot davri boshida, rejalashtirilayotgan davr uchun va hisobot davri yakunida hisoblanadi. Mazkur kalkulyatsiyalar ishlab chiqarish faoliyatini tahlil qilish va resurslardan foydalanishni yaxshilash yo'llarini izlab toppish uchun xizmat qiladi. Yakuniy kalkulyatsiya bilan rejalashtirilgan kalkulyatsiya o'rtasidagi tafovud aylanma mablag'lardan foydalanish darajasini bildiradi. Taqqoslash jarayonida hisobot davri davomida minimal ish haqi miqdorining oshishi va energiya resurslari narxining qimmatlashgani inobatga olinadi.
Rejalashtirilayotgan davr uchun kalkulyatsiya ko'rsatiladigan xizmat birligi uchun sarf-xarajatlar yig’indisidan tashkil topadi. Bu kalkulyatsiyada barcha resurslar sarfi bir birlik mahsulot va xizmat uchun sarflanadigan me‘yor ko'rsatkichidan iborat bo'ladi. Hisobot davri yakuniy kalkulyatsiyasi tuzilishi jihatidan yuqorida keltirilgan kalkulyatsiyadan farq qilmaydi va undagi ko'rsatkichlar haqiqatda qilingan xarajatlardan tashkil topadi. Yakuniy kalkulyatsiyaning xarajatlar qismida, alohida qatorda, ko'zda tutilmagan zarar va yo'qotishlar qo'shiladi. Ikkala kalkulyatsiyalarning solishtirma tahlili tannarxni pasaytirish yo'llarini aniqlash, ishlab chiqarish resurslaridan yanada samaraliroq foydalanish yo'llarini o'rganish imkonini beradi.


Yüklə 112,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin