Birinchidan, kommunal soha korxonalaridan ijtimоiy infratuzilmani rivojlantirish yangi korxonalarni joylashtirish va butun iqtisodiyotni taraqqiy ettirish uchun zarur qulay shart-sharoitlar yaratadi, mamlakatimizning boy mineral-xomashyo resurslarini o’zlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Ikkinchidan, ishlab chiqarish infratuzilmasi, avvalambor, avtomobil va temir yo’llarning rivojlangan tizimi, ularning samarali faoliyati ishlab chiqarishdagi umumiy xarajatlarni kamaytirishning muhim sharti va omilidir. Bu esa, o’z navbatida, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va butun iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshiradi.
Uchinchidan, kommunal soha korxonalarni rivojlantirish, aholini toza ichimlik suvi, energiya bilan ta’minlash, ijtimoiy soha ob’ektlarini barpo etish, pirovard natijada aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.
To’rtinchidan, kommunal soha korxonalarni rivojlantirish ko’p mehnat talab qiladigan keng ko’lamli soha hisoblanadi. Bu yangi ish o’rinlarini tashkil etish, aholining, ayniqsa, yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlash, odamlarning daromadi va farovonligini oshirish imkonini beradi.
Bundan ko’rinadiki, mamlakatimizda barqarоr iqtisоdiy o’sishni ta’minlash, iqtisоdiyotning real sektоrini yanada rivоjlantirish ko’p Kommunal xo’jaligi korxonalaridan samarali foydalanish ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan ta’minlanganlik darajasiga bоg’liq ekan.
Kommunal xizmatlar ko'rsatuvchi korxonalar faoliyati xarakteridan kelib chiqib ikki guruhga bo'linadi. Birinchi guruhga ko'rsatiladigan xizmatlar turi bo'yicha monopol hisoblanuvchi (elektr energiyasi, gaz, issiqlik energiyasi, suv ta’minoti) korxonalari kirsa, ikkinchi guruhga erkin raqobat muhitida tashkil etilishi mumkin bo'lgan xizmatlarni ko'rsatuvchi korxona va tashkilotlar (qurilish va ta‘mirlash, obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish, sanitariya va tozalikni ta‘minlash va boshqalar) kiradi.
Monopol xizmatlarni ko'rsatuvchi kommunal xo'jaligi korxonalarida iqtisodiy mexanizm boshqa tarmoqlar korxonalaridan keskin farqlanadi. Shu jumladan aylanma mablag'lar tarkibi boshqa korxorialarnikidan farqlanib, ularning hajmi ko'rsatilayotgan kommunal xizmat turi bilan bog'liq bo'ladi. Aylanma mablag'lar korxonaning aylanma fondlari va muomala fondlarini tashkil etadi, shu sababli faoliyati energiya sotib olish va uni uy-joy xo'jaligiga yetkazib berish bilan bog'liq bo'Igan korxonalarda aylanma mablag'lar ulushi korxona salohiyatining asosini tashkil etadi. Aylanma mablag'lar xizmat ko'rsatish jarayonining uzluksizligini ta’minlashda moddiy asos hisoblanadi.
Kommunal xo'jaligi korxonlarida asosiy fondlarning hisobi natura va qiymat ko'rinishida olib boriladi.
Asosiy fondlarni natural baholash — reja asosida asosiy fondlarni yangilab borish. Korxonani texnik jihatdan qayta qurollantirish va zamonaviylashtirish, asosiy vositalarni joriy va kapital ta ‘mirlash ishlarining hisobini olib borish, ularning guruh va turlari bo'yicha grafiklar tuzish, ehtiyot qismlar va ta ‘mirlash materiallariga ehtiyojni aniqlash kabi vazifalarning yechish imkonini beradi.
Asosiy fondlarning qiymat ko'rinishida baholash — ularni qayta tiklashni rejalashtirish, mavjud hajmini aniqlash, amortizatsiya hajmini belgilash, asosiy
fondlar va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini tahlil qilish kabi iqtisodiy ko'rsatkichlarni o'rganish imkonini beradi.
Asosiy fondlar boshlang'ich qiymat bo'yicha, tiklanish qiymati bo'yicha va qoldiq qiymati bo'yicha baholanadi.
Asosiy fondlarning boshlang'ich qiymati — asosiy vositalarni qurish, sotib olish va ishga tushurish xarajatlari qiymati yig'indisidan tashkil topadi. Asosiy fondning boshlang'ich qiymati korxonaning mazkur mashina yoki inshootni ishga tushurgan (sotib olgan) kunda buxgalteriya hujyatlarida qayd qilingan qiymatidir.
Asosiy fondlarning tiklanish qiymati - asosiy fondlarni real vaqtda inflyatsiya, ma’naviy eskirish boshqa omillarni hisobga olgan holda baholash. Tiklash qiymatida baholash obyektning real vaqtdagi qayta ishlab chiqarish davrida qancha turishini ko'rsatadi.
Korxona asosiy fondlarining tiklanish qiymati moliya vazirligi tomonidan asosiy fondlarni qayta baholash koeffitsentlari e’lon qilinganda, auditorlik tekshiruvi va inventarizatsiya o'tkazish jarayonida amalga oshiriladi.
Asosiy fondlarning qoldiq qiymati — asosiy fondlarning boshlang'ich qiymatidan ularning eskirish summasi ayirmasidan iborat bo'ladi. Asosiy fondlarning qoldiq qiymati ularning ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayonida boshlang'ich qivmatini mahsulot tannarxiga o'tkazilmagan qismidir.
Asosiy vositalarning korxona balansi va hisobotlarida aks ettiriluvchi (ishga tushurish davridagi boshlang'ich va qayta baholash koeffitsentlari e ‘lon qilinganda, qayta baholashdan keyingi, tiklanish), qiymati balans qiymati deb ataladi. Asosiy vositalarning qoldiq qiymatini asosiy vositalarning balans qiymatidan eskirish summasini ayirish orqali topiladi.