1.2. Ma’lumotlarni intelliktual tahlil qilishda axborot texnologiyalarining roli
Gartner Group agentligi informasion texnologiyalar (IT) bozorining taxlili bilan shug’ullanib, 1980 yillarda “Business Intelligence” (BI) ish intellekti yoki biznes intellekt terminini kiritdi. Bu termin qaror qabul qilishni qo’llab-quvvatlovchi tizimdan (SPPR) foydalanib yechimli yo’llar bilan biznesni rivojlantiradigan turli xil konsepsiya va uslublarni tasvirlashni taklish etadi.
1996 yilda agentlik bu terminga aniqlik kiritdi: BI – korxona miqyosida funksiyalashtiruvchi va ma’lumotlar omborida joylashgan kirish funksiyalari (funksii dostupa) va informasiya tahlili bilan ta’minlovchi hamda qoidalar va asosli boshqaruvli qarorlarni qabul qilishni ta’minlovchi dasturiy muhitdir.[6]
BI tushunchasi korxona miqyosida ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishning har xil muhitlari va texnologiyalarini o’zida birlashtiradi. Bu muhitlar asosida BI sistemasi tuziladi va boshqaruvchi qarorlarni qabul qilish uchun informasiya sifatini oshirish maqsad qilib olindi.
BI sistemalari ham qarorlarni qabul qilishni qo’llab-quvvatlovchi sistema (SPPR, DDS, Decision Support System) nomi ostida aniqlanadi. Bu sistemalar qaror qabul qilishi mumkinligi, shuningdek, qarorlar qabul qilishni qo’llab-quvvatlash asosidama’lumotlarni informasiyaga aylantiradi.[7]
Gartnet Group BI sistemalari bozorining tuzilishini quyidagi dasturiy maxsulotlar to’plamining sinflari kabi deb aniqlaydi:
Ma’lumotlar omborini qurish ()
Tezkor analitik qayta ishlash sistemasi ()
Informasion-analitik sistema ()
Ma’lumotlarning intellektual tahlili ()
So’rovlarning bajarilishi va hisobotlarni qurish uchun asboblar.
Gartnet klassifikasiyasi (sinflashtirishi) har qaysi sinfning dasturiy maxsulotlari maxsus texnologiyalardan foydalanib, funksiyalar va operasiyalar to’plamlari aniqlanishini bajaradigan funksional masalalar metodlariga tayanadi.
Aberdeen Group kompaniyasining Data Mining mahsulotlariga (Enterprise Data Mining Buying Guide) ega bo’lish haqidagi qo’llanmada shunday fikr bildirilgan: «Data Mining bu ma’lumotlar bazasidan foydali informasiyani kovlab oluvchi texnologiyadir».
Keng ma’noda ma’lumotlar tushunchasi faktlar, matnlar, chizmalar, rasmlar, ovozlar, analogli yoki raqamli video tasvirlarni o’zida aks ettiradi.
Ma’lumotlar o’lchovlar, tajribalar, arifmetik va mantiqiy operasiyalar jarayonlari natijalaridan olinishi mumkin.
Ma’lumotlar saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun foydali bo’lishi uchun formada aks ettirilishi kerak.[8]
Bir so’z bilan aytganda, ma’lumotlar – bu ma’lumotlar asosida informasiyalarni ifoda qilish uchun ta’minotchilarga taqdim etiladigan va iste’molchilar foydalanadigan ishlov berilmagan materiallar hisoblanadi.