80
Microsoft kompaniyasi boshchiligida va boshqa bir qator kompaniyalar
hamkorligida ishlab
chiqilgan PPTP (Point-to-Point Tunneling protokol) protokoli masofadan turib ulanuvchi
foydalanuvchilarning mahalliy tarmoqqa Internet tarmog’i orqali ulanish imkoniyati bo’lganda
himoyalangan virtual kanallar yaratish uchun mo’ljallangan.
Microsoft kompaniyasi o’zining operatsion tizimlarida PPTP protokolini keng qo’llaganligi
uning tez tarqalishiga sabab bo’ldi. Ba’zi bir tarmoqlararo ekran
va VPN shlyuzlar ishlab
chiqaruvchilar ham PPTP protokolini qo’llab – quvvatlaydilar. PPTP protokoli himoyalangan
kanallarni yaratishda ma’lumot
almashinuvi uchun IP, IPX va NetBEUI protokollarini qo’llashga
imkon beradi.
PPTP yordamida shifrlash Internet orqali ma’lumot almashinuivda hech kim ushbu
ma’lumotlarni qo’lga kirita olmasligini ta’minlaydi. MPPE (Microsoft Point – to – Point Encryption)
shifrlash faqat MSCHAP (1 va 2 - versiyalar) va EAP – TLS bilan mos
keladi va mijoz va server
o’rtasidagi parametrlar mosligi ta’minlangan holda shifrlash kaliti uzunligini avtomatik tanlay oladi.
MPPE shifrlash 40, 56 va 128 bit uzunlikdagi kalitlar bilan ishlay oladi.
PPTP protokoli shifrlash kaliti
qiymatini har bir paket qabul qilinganidan keyin o’zgartiradi.
PPTP protokoli
afzalliklari:
Protocol tez ishlaydi
U allaqachon ko'p platformalarda qurilgan
O'rnatish
va sozlash oson
Dostları ilə paylaş: