108
Har bir talaba yuqorida keltirilgan ma’lumotlar bo`yicha Cisco
Packet tracer muhitida
Laboratoriya ishini bajaradi. Bunda kommutator va kompyuterlar lokal tarmoq quradi. Kompyuterlar
kommutatorga ulangan portlarni virtual tarmoqlarga ajratiladi.
Bajarilgan ishlari bo’yicha hisobotini tayyorlaydi.
4-Laboratoriya ishi
Mavzu: Tarmoq qurilmalari xavfsizligini tahlil qilish
Ishdan maqsad:
Cisco kommutatorlarida va marshrutizatorlarida parolni olib tashlash (сброс)
bo`yicha amaliy ko`nikmalar
olish
Nazariy ma`lumotlar
Qurilma sozlamalariga kirish uchun kerak bo`ladigan parolning yo`qotilishi
yoki unutilish
holatlari
tez-tez
uchrab turadi.
Ushbu
Laboratoriya
ishida
Cisco
kommutatorlari
va
marshrutizatorlarida parollarni olib tashlash (
Сброс
) jarayoni ko`rib chiqiladi.
Quyida keltiriladigan usullar qurilmaga to`g`ridan-to`g`ri konsol kabel orqali ulanishni ko`zda
tutadi. Shuning uchun ham qurilma joylashgan xonaga faqat kirish huquqiga
ega foydalanuvchilar
kirishi, xavfsizlik nuqtai nazaridan e`tiborga olinishi kerak. Ushbu
metodikalarning mohiyati
quyidagicha: paroli unutilgan yoki yo`qolgan konfiguratsion faylsiz
qurilmaning sozlamalariga
imtiyozli rejimda (Privileged EXEC) kirish va konfiguratsion faylni
almashtirish orqali barcha
parollarni o`zgartirish.
Cisco marshrutizatorlarida parolni tashlab yuborish
Cisco marshrutizatorlarida parolni tashlab yuborish uchun qurilmaga fizik kira olish kerak, ya`ni
konsol kabel orqali ulanish imkoniyati bo`lishi kerak. Marshrutizatorda konfiguratsion registr mavjud
bo`lib, ushbu registr marshrutizatorning ishga tushishini boshqaradi va uning qiymatlari energiya talab
qiluvchi xotirada saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: