216
Topshiriq
Kirishni aniqlash va oldini olish tizimlari qanday himoyalanganligi to'g'risida tushuncha olish.
SNORT dasturini o’rnatish.
25-Laboratoriya ishi
Mavzu: Tarmoq tuzilmasini xavfsizlik jihatdan monitoringlash
Ishdan maqsad:
Kompyuter
tarmoqlari xatoliklar, nozosliklar aniqlash va monitoringlash haqida
nazariy va amaliy ko’nikmaga ega bo’lish.
Kompyuter tarmog'ining monitoringi - bu raqamli tarmoqdagi nosozliklarni va xatolarni o'z
vaqtida aniqlash uchun ularga tezkor va yetarlicha javob berish maqsadida doimiy ravishda kuzatib
boriladigan jarayon. Tarmoq admini turli xil bildirish vositalaridan
foydalangan holda tarmoq
holatini nazorat qiladi.
Tarmoqqa tashqi kirishni boshqaruvchi tizim vositalari va ichki tarmoq jarayonlarini
boshqarish uchun xizmat qiladigan dasturlar o'rtasida farqlash muhimdir.
Tarmoq ishini nazorat qilish quyidagi printsipi asosida amalga oshiriladi:
-ma'lum chastotali maxsus dasturlar sozlamalarda ko'rsatilgan tarmoq manzillariga so'rov yuboradi.
Bunday so'rov noto'g'ri yoki muvaffaqiyatsiz
yakunlangan taqdirda, monitoring tizimi tarmoq
ma'muriga signal yuboradi yoki avtomatik ravishda tarmoq protokoli bilan tartibga solingan ba'zi
harakatlarni amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: