56
jo‘natuvchidan bir nechta qabul qiluvchilarga uzatiladigan ma’lumotlarni keng tarqatishli uzatishni
amalga oshirish mumkin emas.
16.3.1.
Ma’lumotlarni ishonchli uzatishni asosiy qoidalari.
Komp’yuter tarmoqlarida ma’lumotlarni ishonchli uzatish muammosi eng markaziy
muammo bo‘lib, bu nafaqat transport sathida balki tarmoq va amaliy sathlarda ham kuzatiladi.
16.4
–rasmda
ma’lumotlarni
ishonchli
uzatish
sxemasi
ko‘rsatilgan.
16.4
rasm. Ma’lumotlarni ishonchli uzatish: a-xizmat modeli;
b- xizmat modelini
amalga oshirilishi.
Ma’lumotlarni ishonchli uzatish xizmati kanalga xizmat qilib, unda xabarlarni ishonchli
uzatilishi, kommunikatsiya modelining yuqori sathida amalga oshiriladi.
Ishonchli uzatilishda
bitlarni buzilishi ro‘y bermaydi, ya’ni ularni qiymati 0 dan 1 ga yoki teskarisi;
bundan tashqari
ma’lumot shunday qabul qilinadiki, qanday ketma-ketlikda yuborilganidek. Ana shunday model
TCP protokoliga xizmat ko‘rsatishda ishlatiladi. Transport sathi protokolida ma’lumotlarni ishonchli
yuborishda
asosiy muammo shundan iboratki, pastgi sath protokoli ma’lumotlarni ishonchligini
uzatishda ta’minlay ololmasligidir. TCP protokoli uchun bunday xususiyat xarakterlikdir, chunki IP
tarmoq sath protokolida ishonchsiz xizmat uzatishdan foydalanadi. Shunga qaramasdan bunday
muammo faqatgina transport
uchun emas balki tarmoq, hattoki kanal sathida ham uchraydi: ular
tarmoq ma’lumot uzatish xizmatini ishlatib, alohida aloqa simidan foydalanadi,
shuning uchun bu
holat ishonchsizlikni keltirib chiqaradi.
Bu bo‘bda biz ma’lumotlar uzatishni manbadan to qabul qilishni faqat bir yo‘nalishda yoki
yarim dupleks ko‘rinishda chegaralanamiz. Shunga qaramasdan bir yo‘nalishda uzatilishi bilan
paketlarning harakati ikki yo‘nalishda bo‘ladi, ya’ni
16.4-rasmda
ko‘rsatilgandek, qabul qiluvchi va
uzatuvchi tomonlar faqat ma’lumotlar bilan almashinuvidan tashqari har xil boshqarish
ma’lumotlaridan ham foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: