54
8-Ma’ruza
Mavzu: Transport sathida ma’lumotlarni himoyalash
Transport satxi oxirgi tizimlarda bajarilayotgan amaliy jarayonlarga
xizmatlarni bevosita
taqdim etadi. Transport satxi protokoli turli xostlarda bajarilayotgan amaliy jarayonlar orasidagi
mantiqiy ulanishlarni ta’minlaydi (16.1- rasm). Ilovalar nuqtai nazaridan, mantiqiy ulanish –
jarayonlar orasidagi real ulanish, marshrutizatorlar va turli aloqa
liniyalarining uzundan uzoq
zanjirlari yordamida amalga oshirilishiga qaramasdan, jarayonlarni bevosita bog‘lovchi kanaldir.
Mantiqiy ulanish fizik infrastrukturadan mustaqil ravishda jarayonlarga ma’lumot almashish
imkonini beradi.
16.1.
UDP protokoli
UDP protokoli RFC 768 da keltirib izohlangan. Multiplekslash va demultiplekslash jarayoni
bilan bir qatorda, ba’zi kichik xatoliklarni tekshirish bilan UDP protokoli afsuski xech qanday hostni
IP adresini UDP segmentga qo’shmaydi. Agar ilova yaratuvchilari TCP ni o’rniga UDP ni tanlashsa,
UDP ilova pog’onasidan xabarni qabul qilib oladi, xabarga uzatuvchi
va qabul qiluvchining port
nomerini qo’shadi hamda segmentni tarmoq pog’onasiga uzatadi. Transport pog’onasi tarmoq
pog’onasi segmentini IP deytagrammaga joylashtiradi va qabul qiluvchi hostga segmentni uzatadi.
Qabul qiluvchi hostga yetib kelgan segment, UDP protokoli segmentdagi qabul qiluvchi hostning
port nomeridan foydalanib ma’lumotni mos ilova uzatadi.
Shuni aytish kerakki, segmentni
uzatishdan oldin, uzatuvchi va qabul qiluvchining transport pog’onalari o’rtasida xech qanday aloqa
o’rnatilgani haqida tasdiq yoki kelishuv bo’lmaydi. Shuning uchun ham UDP oldindan aloqa
o’rnatilmagan bog’lanish asosida ishlaydiki, xech qanday ishonchlilikni kafolatlamaydi. TCP esa,
oldin muhokama qilib otilganidek, oldindan aloqa kanalini hosil qilib, shu aloqa kanali bo’ylab TCP
segmentlarini uzatadi, shuning uchun ham bu ishonchli aloqani qo’llab quvvatlaydi.
Ba’zida ko’pchilik tarmoq foydalanuvchilari va ilova yaratuvchilari xayron qolishadi, nima
uchun jiddiy kamchiliklarga ega bu UDP protokolida ilovalar xaligacha yaratiladi.
UDP kafolatsiz
ma’lumot uzatishni ta’minlaydi uning o’rniga ilovalar uchun TCP har doim ishonchli ma’lumot
uzatish xizmatini ta’minlashi afzal emasmi? UDP uchun yaratilayotgan ilovalar soni ko’p hamda
ilova yaratuvchilari haliyam UDP protokolidan mamnun holda ilovalar yaratib kelishmoqda, UDP
ba’zi ilovalar uchun TCP qaraganda juda mos xisoblanadi, quyidagi UDP ning avzalliklarini ko’rib
chiqamiz:
Quyidagi rasmda (16.2-rasm) internet ilovalari va ular qaysi protokol asosida ishlashi
keltirilgan. Ko’rsatilganidek, e-mail, masofada joylashgan terminalga
chiqish imkoniyatini berish
(remote terminal access), Web sahifalar hamda fayllarni uzatish asosan TCP ga asoslangan. Bu
barcha ilovalar ishonchli ma’lumot uzatilishini talab qiladi. Biroq ko’pgina muhim ilovalar TCP ga
emas balki UDP ga moslab yaratilgan. Masalan, UDP dan RIP protokolida marshrutlar jadvalini
yangilab turish uchun foydalaniladi. RIP doimiy ravishda (odatda har 5 daqiqada) yo’qolgan
ma’lumotlarni davomiy yangilash orqali qayta tiklaydi shuning uchun ham marshrutlar jadvaliga
muvofiq eskirgan va yo’qolgan ma’lumotlar doim yangilanib turadi. Shu bilan birga,
UDP dan
tarmoqni boshqarishga tegishli ma’lumot (simple network management protocol, SNMP) larni
tashish uchun ham foydalaniladi. Boshqarish jarayonida TCP ga qaraganda UDP dan foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Masalan, tarmoqda ishonchlilikni ta’minlash, ma’lumot
oqimlari oshib
borishini oldini olish, oshib borayotgan oqimni nazorat qilish hamda stres holatdagi tarmoqlarda
TCP dan foydalanish orqali muvofaqqiyatga erishish juda qiyin. DNS serverlari uchun UDP dan
foydalanish orqali TCP da sodir bo’ladigan kechikishlarni oldini olish mumkin.
55
16.2.-rasm. Mashxur internet ilovalari va ularning quyi pog’onalar transport protokollari
Rasmda keltirilganidek, UDP va TCP bugungi kundagi ko’p qo’llaniladigan
multimedia
ilovalari uchun foydalaniladi, masalan Internet telefoniya, real vaqtda video konferensiya va audio
va video oqimlaridan foydalanish uchun. Bu ilovalar kichik miqdordagi paketlar yo’qolishlariga
bardoshli bo’lib, ular uchun ishonchli ma’lumot uzatish muhim xisoblanmaydi. Shuningdek, real vaqt
ilovalari uchun, masalan internet qo’ng’iroq va video konferensiya jarayonida
TCP protokolining
oqimlarni nazorat qilishi sababli ma’lumot yetib kelishi juda kechikib ketadi va suhbat jarayonini real
bo’lmasligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Shu sabab bo’lsa kerak, multimedia ilovala yaratuvchilari TCP
ga qaraganda UDP ni afzal ko’rishadi. Biroq, TCP dan ko’proq media oqimlarni uzatish uchun
foydalanib kelinmoqda. Masalan, birgina 2004 yilda qariyb 75% jonli va talab bo’yicha video (VoD,
Video-on-Demand) oqimlari uchun TCP dan foydalanilgan.
Dostları ilə paylaş: