102
MAC-manzillarga cheklov kiritishning ikkita usuli mavjud:
1.
Statik – administrator qaysi manzillar kirishini ko`rsatadi;
2.
Dinamik – administrator nechta manzil kirishini ko`rsatadi va kommutator qaysi manzillar shu
vaqtda ko`rsatilgan port orqali murojat qilayotganini eslab qoladi.
Windows OS da Ethernet
adapterining MAC-manzilini
ipconfig /all
buyrug`i
yordamida
aniqlanadi. Quyidagi 2.2-rasmga kompyuterning MAC-manzili 00-18-DE-C7-F3-FB ko`rinishda
keltirilgan.
2.2-rasm. Kompyuter qurilmasining MAC-manzilini ko`rish
Kommutator qurilmasining MAC-manzillar jadvalini ko`rish
uchun
show mac-address-table
buyrug`i orqali aniqlanadi (2.3-rasm).
2.3-rasm. Kommutator qurilmasining MAC-manzilini ko`rish
Kommutatorni himoya qilishning oddiy usullaridan biri bu – ishlatilmayotgan portlarni o`chirib
qo`yish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: