IQTISODIY ASPEKT - o'tmishda ham hozirgi vaqtda ham tabiatni muhofaza qilishning asosiy masalalaridir.Agar kishilar o'z hayotlarida tabiiy resurslarsiz yashay olganlarida edi, ularni muhofaza qilish hamda ratsional foydalanish to"g'risida bosh qotirishi shart emas edi. Hozirgi vaqtda turli xil tabiiy boyliklar, o'similk va hayvon resurslari, chuchuk suv, unumdor tuproq, mineral foydali qazilmalar va boshqalarga bo'lgan ehtiyoj tobora ortib borayotganligidan tabiatni muhofaza qilishning iqtisodiy aspektlari ham katta ahamiyat kasb etmoqda.
SOGLOMLASHTIRISH-GIGIENA ASPEKTI- tevarak atrofdagi muhitning kuchli ifloslanishi va meditsina fanining taraqqiy etishi munosabai bilan yaqin vaqtlardagina paydo bo'ldi. Tevarak atrofdagi muhitni toza holda saqlamasdan turib, kishilarning sog'ligi to'g'risida gamxo'rlik qilib bo'lmaydi. Toza havo, suv va tabiatdan bevosita olinadigan oziq- ovqat mahsulotlari kishilarning hayoti uchun zaruriy shartlardir. Xilma xil sanoat va qishloq xo'jalik chiqindilari, atom-vodorod qurollarining sinalishi natijasida muhitning ifloslanishi va zaharlanishi plenetamizning barcha kishilarini tashvishga solib qo'ydi. Fan texnika taraqqiyoti sharoitida bu aspekt juda muhimdir.
TARBIYAVIY ASPEKT - tabiatni muhofaza qilishda katta o'rin tutishi kerak. Kishilarni tevarak atrofdagi dunyoni ehtiyot qilishga o'rgatish zarur. Haqiqatdan ham kishi tabiat bilan bevosita munosabatda bo'lganda oliyjanob va xushfel bo'lib boradi Barcha tirik organizmlarga o'simlik va hayvonlarga daryo suvlarining beto'xtov oqib turishiga, moviy dengiz suviga va tabiatdagi barcha ajoyibotlarga mahliyo bo'lish, ularni sevish va extiyot qilish, yosh avlodlarning eng yaxshi xislati bo'lmog'i kerak.
ESTETIK ASPEKT - kishilar har doim tabiatning go'zalligiga, chiroyli daraxtlar va hayvonlar, ajoyib sharsharalar, go'zal tog'lar, kishilarni maftun qiladigan yer osti g'orlarini ko'rib tabiatga maxliyo bo'lgan va sevgan. Kishi
go'zallikka chanqoq. Tabiat bilan munosabatda paydo bolgan tuyg'ular, ilxomlanish, kishilarni ajoyib muzika asarlari va she'rlar yozishga va suratlar chizishga otlantirgan.