Abdullayev Sonmasbek 024 18 EkalogiyAMustaqil ishi
TABIIY RESURSLAR: tushunchasini ta'riflashdan oldin, bu tushunchani ko'pchilik mualliflar tomonidan turlicha talqin qilinishi haqida ba'zi mineral resurslar Tiklanadigan tabiiy resurslar butunlay yo'q bo'lib ketmaydi va qaytadan tiklanadi. Tirik mavjudotlar, o'simlik va hayvonlar, shuningdek, tuproq ana shunday resurslardandir. Chunonchi, tuproq yo'q bo'lib ketmaydi balki, asosiy xossasini umundorligini yo'qotadi. Bunday resurslardan foydalanayotganda shuni esda tutish kerakki, muayyan tabiiy sharoitning buzilishi ularning qayta tiklanishiga halaqit berishi mumkin.
Masalan, hozirgi vaqtda butunlay qirib yuborilgan ko'pgina hayvon va o'simlik turlari, shuningdek erroziya natijasida butunlay buzilgan tuproqlar qaytadan tiklanmaydi. Bunda tiklanadigan tabiiy resurslarning paydo bo'lish protsessi muayyan tezlikda bo'lishini esda saqlash kerak. Masalan, otib tashlangan hayvonlarning qaytadan paydo bo'lishi uchun bir yil yoki bir necha yil kerak. Daraxtni kesib tashlagan o'rmon kamida 60 yildan keyin qayta tiklanishi mumkin. Tarkibi o'zgargan tuproqning yaxshilanishi uchun esa bir necha ming yil vaqt kerak. Shuning uchun ham tabiiy resurslarni ishlatish sur'atiga to'g'ri kelishi kerak. Tiklanadigan tabiiy resurslarga zaruriy sharoit yaratib berilsa kishilarga abadiy xizmat qilish mumkin.
Tugamaydigan tabiiy resurslarga - suv, iqlim va kosmik resurslar kiradi. Suv resurslari- suv barcha jismlar orasida eng ajoyibdir. Suv tabiatda uchta fizik holatda: qattiq, suyuq va bug'simon holatda uchraydi. Dunyodagi suvlarning 92-94 % okeanlardadir. Bevosita foydalanishga yaroqli suv barcha suv zahirasining 1% iga ham etmaydi. Biroq bitmas tuganmas hisoblangan dengiz suvlari ham o'ta ifloslanishi xavfi ostida turibdi. Chuchuk suv esa miqdor jihatidan tugaydigan resurs hisoblanadi, chunki kishilarga ishlatish uchun yaroqli suv kerak. Yer sharining ko'pgina joylarida suvdan noratsional foydalanishi, daryolarning sayozlanib qolishi va boshqalar oqibatida chuchuk suv miqdori keskin kamaymoqda. Xolbuki, sugorish sanoat va kommunal xo'jalik uchun suvga bo'lgan ehtiyoj yildan yilga ortib bormoqda. Iqlim va kosmik resurslar quyosh radiatsiyatsiyasi yorug'lik va issiqlik, atmosfera havosi, shamol erroziyasi ham, iqlim resurslariga kiritiladi. Planetamizga kelgan quyosh nurlarining yarmidan ko'prog'i energiyaning boshqa turiga aylanadi. Quyosh nurlarining muayyan qismi tuproq, suv va havoni isitishga sarf bo'ladi va asta sekin havoga tarqaladi. Bir qismi o'simliklar tomonidan o'zlashtiriladi.
Quyoshning nurli energiya manbai milliard-milliard yilga etishi mumkin. Shuning uchun ham quyosh energiyasi bitmas tuganmasdir.
Atmosfera havosi kishilar, hayvonlar oAsimliklarning nafas olishi uchun zarur. Havo bitmas tuganmas lekin uning tarkibi o'zgarishi mumkin. Havoni ifloslash ishiga sanoat korxonalari va transport mashinalaridan chiqayotgan gazlar sabab bo'lmoqda, bu esa inson organizmi uchun zararlidir.
Tabiatni muhofaza qilish aspektlari . Tabiatni muhofaza qilish aspektlari uzoq vaqt davomida tabiatni muhofaza qilish moddiy farovonlik to'g’risida g'amxo'rlik qilishdangina iborat bo’lib qolgan bo'lsa, endilikda tabiatni muhofaza qilish deganda keng va xilma-xil masalalar ko'zda tutilmoqda. Tabiatni muhofaza qilishning bir necha aspektlari bor:
. Iqtisodiy, . Sog'lomlashtirish - gigiena . Tarbiyaviy . Estetik . Ilmiy aspektlar