O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI
VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti
“Optik aloqa tizimlari va tarmoq xavfsizligi” kafedrasi
“(5330300) Axborot xavfsizligi” yo'nalishi 3-bosqich AX-12-21 guruh talabasi
Boymurotov
Zafarning
Pedagogika. Psixologiya
fanidan
Tayyorlagan
6-AMALIY ISH
Topshirdi Boymurotov Z
Baxoladi Mirzayev S
REJA:
1.
Nizolar turlari va ularni yuzaga kelish sabablari.
2.
Nizo jarayonining asosiy bosqichlari.
3.
Nizolarni boshqarish.
4.
Nizolarni tartibga solish va hal etish usullari.
5.
Nizolar natijasida yuzaga keladigan oqibatlar.
6.
Adaptasiya
Kirish
Hozirgi zamon ilm-fani bashariyat tarixining qaysi bir davriga murojaat
qilmasin, ularning barchasida nizolarning mavjud ekanligiga duch
keladi. Aniqroq qilib aytganda, nizo jamiyat rivojining doimiy hamrohi
bo‘lganligiga amin bo‘lamiz. Nizolarning jamiyat hayotidagi o‘rni
qadimdan e’tiborga molik bo‘lib kelgan. Ha, insoniyat nizolar bilan
"bilag’on odam"lar yashagan davrdan buyon hamnafasdir. Shuning
uchun bo‘lsa kerak ilmiy doiralarga nizo haqidagi ilk qarashlar afsonalar
orqali kirib kelgan.
“Nizo” tushunchasi ta’rifi asosida yetarlicha Y.Shepanskiy taklif qilgan
tasnif bor, ya’ni u nizoni “aniq predmet yoki vaziyat sababli vujudga
keluvchi maqsad va imkoniyatning qarama-qarshi yo’naltirishni
chaqiruvchi to’qnashuvi” deb izohlaydi.
Nizo – bu ijtimoiy hayotning barcha sohalaridagi nizolarning
sabablarini, negizini, ularning dinamikasi va shaklini o’rganuvchi hamda
ularni hal etish vositalari va nizolarning boshqarish haqidagi fandir.
Nizoning predmeti – bu nizoning asosida yotuvchi qarama-qarshilikdir.
Qay darajadaligidan qat’i nazar nizoning tushuna olish, F.Bekon ta’rifi
bo‘yicha, - norozilar orasida ularni birlashtira oladigan bosh
bo‘lmasligiga erishish eng "go‘zal fikrdir". Ikkinchi tomonlan esa, xalq
qo‘zgolonlari va tartibsizliklarini bosa oladigan bitta, yaxshirog’i bir
nechta bunday shaxslarning bo‘lishlari vaqti kelib olomon xalqqa
aylanganda ular qanday asosiy sifatga ega bo‘lajagini dastlabki
ehtimollarini beradi. Shuning uchun "... harbiy boshliklar va xalq
fidoyilari ishonarli va obro‘li kishilar bo‘lishi, ajralishlar taraflori va
shuhratparast bo‘lmasliklari, shuningdek, davlatdagi asosiy amaldorlar
bilan har qanday lahzada til topisha oladigan shaxs bo‘lishi zarur. Aks
holda lahzalik malham og’ir kasallikdan ham xavfliroq bo‘lishi
mumkin",- deb yozali Bekon.
“Nizoda hech qanday farqli jihat yo’q, qarama-qarshilikning sinonimi
emas, qarama-qarshilik va cheklanishni yo’qotish usuli, og’ir
tizimlarning o’zaro harakatlanish uslubi”.
Nizo – har doim qiyin va ko’p rejali sotsial fenomen hisoblangan. Unda
juda ko’p taraflar ishtirok etadi: shaxslar, ijtimoiy guruhlar, milli-etnik
birliklar, har turli maqsad va qiziqishlar birashtirgan davlat va davlatlar
guruhi. Nizolar har xil sabab vajlar tufayli vujudga keladi: psixologik,
iqtisodiy, siyosiy, diniy va boshqalar.
Tomas Gobbs ijtimoiy kelishuv nazariyasining shakllaridan birini
batafsil qayta ishlab chiqdi. Birinchi navbatda, tabiiy holatda,
jamiyatning har bir a’zosining tabiiy huquqi, har bir individ
cheklanmagan va har bir inson tabiiy huquqiga egalik qiladi. “Tabiiy
holat” natijada “xaos”ga, ya’ni “hammaning hammaga qarshi urushi”ga
aylanadi.
Dostları ilə paylaş: |