6.2. Analitik qism
Vaziyatli masalalar.
Topshiriq 1. Bola ko
ʻ rsatilgan namuna asosida va kattalarning iltimosiga
ko
ʻ ra oʻ sha ranglarni topadi, xatlab qadam tashlab, qarshiliklarni yengadi,
qo
ʻ gʻ irchoqni choʻ miltiradi va artadi, ikki va uchta sodda soʻ zli gaplardan
foydalanadi, qisqa hikoyani tushunadi. Bolaning yoshini aniqlang.
Javob: 2 yosh.
Topshiriq 2. Bola ko
ʻ rsatilgan namuna asosida oʻ sha shakldagi
o
ʻ yinchoqlarni tanlaydi (masalan, kubiklar), qoʻ gʻ irchoqni sochini taraydi,
yuvintiradi, qoshiqda suyuq ovqatni mustaqil yeydi. Bolaning yoshini aniqlang.
Javob: 1 yosh-u 6 oylik.
Topshiriq 3. Bola ko
ʻ rsatilgan namuna asosida har xil rangdagi (qizil,
ko
ʻ k, sariq, yashil) 4 ta buyumlarni aniqlaydi, shaxdam qadam bilan bir necha
to
ʻ siqlarni, yerda yotgan va oraligʻ i 20 sm dan iborat boʻ lgan tayoq, arqonni
xatlab o
ʻ tadi, qoʻ gʻ irchoqni ovqatlantiradi, uxlashga yotqizadi, 3 va undan ortiq
so
ʻ zlardan gap tuzadi, oʻ zi kiyinadi, lekin tugmasini taqolmaydi va poyafzal
bog
ʻ ichini bogʻ lay olmaydi. Bolaning yoshini aniqlang.
Dostları ilə paylaş: |