3
|
Tug`ruqning kechishi, klinikasi va uni boshqarishda feldsher-akusher yordamchisi
|
Amaliy mashg`ulot tug`ruq majmuaining tug`ruq blokida o`tkaziladi.Tug`ruq majmuaida o`quvchilar homilador va tug`uvchi ayolni qabul qilishni, tug`ruq tarixining pasport qismini to`ldirish va qabul qilinganligi haqida daftarga qayd etishni o`rganadilar. O`quvchilar tug`ruqning birinchi davrida arterial qon bosimini o`lchashadi, pulsni sanashadi, homilaning yurak urishi eshitib ko`rishadi va tug`ruq faoliyatiga baho beradilar.
Tug`ruqning ikkinchi davrida tug`ruqni boshqarish va qabul qilishda akusherkalarga yordam berishadi. Issiqlik zanjirini saqlashda va bolani birlamchi artib-tozalashda ishtirok etishadi. YAngi tug`ilgan chaqaloqning umumiy holati Apgar shkalasi bo`yicha baholashni o`rganadilar. O`quvchilar tug`ruqning uchinchi davrida AQB o`lchash, pulsni sanash, platsenta ajralganligi belgilarini aniqlashda, tug`ilgan plantsentaning butunligini tekshirishda, tug`ruqda yo`qotilgan qon miqdorini aniqlashda qatnashadilar. Mashg`ulot tug`ruq majmuada chilla davri bo`limida o`tkaziladi: o`quvchilar chilla davri bo`limi, palatalarning tartib-qoidalari bilan tanishadilar. Tuqqan ayolarni parvarishlashda qatnashadilar. Ko`krakni ketma ket tutishni ahamiyati to`g`risida suhbatlar o`tkazishadi. SHifokor tomonidan o`tkaziladigan tekshiruvda ishtirok etishadi, ko`rsatmalarni yozib borishadi, tuqqan ayollarni ko`rikdan o`tkazishadi, shifokor ko`rsatmasini bo`lim akusheri bilan birgalikda bajarishadi. Sut bezlarini parvarish qilish, sutni sog`ib olishni o`rganishadi.
Ko`krak uchi yoriqlarini va mastitni davolashda hamda chilla davri gimnastikasini o`tkazishda ishtirok etishadi. O`quvchilar chilla davri bo`limidagi tuqkan ayollar bilan «tug`ruqdan so`nggi davr gigienasi», «sut bezlarini parvarish qilish» mavzularida suhbatlar o`tkazishadi. Mashg`ulot septik kasalliklarini davolashga ixtisoslashtirilgan alohida maxsus palatalarida o`tkaziladi. O`qituvchi o`quvchilarga umumiy parvarish va maxsus bokslarning ish qoidalari bilan tanishtiradi. Bunda asosiy e’tiborni tug`ruq majmuai sharoitida chilla davri kasalliklari, profilaktikasi, tug`ruq majmuai sanitariya tartibini
bajarishga qaratish lozimgini uqtiradi.
|
| |